К содержанию
РецензированоUZ2026

PROFESSIONAL TA’LIM O‘QUVCHILARI KASBIY KOMPETENSIYALARINI WORLDSKILLS STANDARTLARI ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI

Sharapov Ilxom Baxodir o‘g‘li

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada professional ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini WorldSkills xalqaro standartlari asosida shakllantirishning dolzarbligi, afzalliklari va amaliy yondashuvlari yoritilgan. Xususan, zamonaviy o‘quv dasturlarining WorldSkills mezonlariga muvofiqlashtirilishi, o‘qituvchilarning malaka oshirish tizimi, innovatsion texnologiyalarning o‘quv jarayoniga tatbiqi va musobaqalarning o‘quvchilar kompetensiyalariga ta’siri tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: WorldSkills, professional ta’lim, kasbiy kompetensiya, xalqaro standartlar, o‘quv dasturi, innovatsion texnologiyalar, raqobatbardoshlik, malaka oshirish, amaliy ko‘nikma, mehnat bozori. Hozirgi kunda kasbiy ta’limning samaradorligini oshirish va mehnat bozorining talablariga mos kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda xalqaro standartlarga mos yondashuvlar zarur. WorldSkills standartlari global miqyosda tan olingan bo‘lib, ular o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini xalqaro darajaga ko‘tarishga yordam beradi. Bugungi kunda global iqtisodiyotning tezkor rivojlanishi sababli malakali kadrlar yetishtirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarni mehnat bozoriga tayyorlashda WorldSkills standartlari xalqaro mezon sifatida e’tirof etilgan. Mazkur standartlar o‘quvchilarga kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni xalqaro talablar asosida shakllantirishga yordam beradi, bu esa ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashga zamin yaratadi. WorldSkills standartlari va ta’lim dasturlarining ahamiyati shundaki, WorldSkills xalqaro tashkiloti butun dunyo bo‘ylab yoshlarni kasbiy mahoratga o‘rgatish va kasbiy bilimlarini oshirishda faoliyat yuritadi. WorldSkills musobaqalari turli kasbiy sohalarda yuqori darajadagi ko‘nikmalar va mahoratni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu standartlar yordamida o‘quvchilar mehnat bozorida kerakli bo‘ladigan amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar. WorldSkills xalqaro tashkiloti kasbiy ta’lim va malaka oshirish borasida jahon miqyosida yetakchi hisoblanadi. 1950-yilda tashkil etilganidan buyon, WorldSkills turli mamlakatlarda kasbiy mahorat bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkazadi, bu esa yoshlar o‘rtasida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni targ‘ib qilishda katta rol o‘ynaydi. WorldSkillsning asosiy vazifasi – kasbiy ta’lim sifatini oshirish, global raqobatbardoshlikni ta’minlash va mehnat bozorida talab etiladigan malakali kadrlarni tayyorlashdir. WorldSkills standartlari o‘quv dasturlariga integratsiya qilinganda, o‘quvchilar uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishni ta’minlanadi. Ular quyidagi yo‘nalishlarda o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi mumkin:  o‘quv dasturlari WorldSkills talablariga muvofiqlashtiriladi va turli kasb turlari bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, axborot texnologiyalari, avtomobilsozlik, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda WorldSkills standartlari asosida maxsus modullar kiritiladi; 50  o‘qituvchilar uchun muntazam ravishda treninglar va malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi. Bu dasturlar orqali pedagoglar WorldSkills standartlari va yangiliklari bilan tanishadi, o‘quvchilarga eng zamonaviy usullar asosida ta’lim berishadi. Buning natijasida o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarlikni yanada yuqori darajada olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;  WorldSkills standartlari asosida o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar va innovatsion asbob-uskunalar bilan tanishadi. Bu esa ularning texnik bilimlarini oshiradi va raqobatbardoshligini ta'minlaydi. Masalan, virtual reallik texnologiyalari, 3D-printerlar va dasturlash asbob-uskunalarini o‘rganish o‘quvchilarning zamon talablariga moslashishini ta’minlaydi. Bugungi kunda global iqtisodiyotning tezkor rivojlanishi sababli malakali kadrlar yetishtirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarni mehnat bozoriga tayyorlashda WorldSkills standartlari xalqaro mezon sifatida e’tirof etilgan. Mazkur standartlar o‘quvchilarga kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni xalqaro talablar asosida shakllantirishga yordam beradi, bu esa ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashga zamin yaratadi. WorldSkills xalqaro tashkiloti kasbiy ta’lim va malaka oshirish borasida jahon miqyosida yetakchi hisoblanadi. 1950-yilda tashkil etilganidan buyon, WorldSkills turli mamlakatlarda kasbiy mahorat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazadi, bu esa yoshlar o‘rtasida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni targ‘ib qilishda katta rol o‘ynaydi. WorldSkillsning asosiy vazifasi – kasbiy ta’lim sifatini oshirish, global raqobatbardoshlikni ta’minlash va mehnat bozorida talab etiladigan malakali kadrlarni tayyorlashdir. Aslida, WorldSkills assotsiyatsiyasi o‘zining ta’lim standartlarini integratsiya qilishni tavsiya etmaydi, shuning uchun WorldSkills ta’lim dasturlarini milliy ta’lim dasturlariga moslashtirmasdan ma’lum bir kasb yoki mutaxassisliklar uchun boricha olib tadbiq etilganda samarali va sifatli bo‘ladi hamda o‘quvchilar uchun zam

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada professional ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini WorldSkills xalqaro standartlari asosida shakllantirishning dolzarbligi, afzalliklari va amaliy yondashuvlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada professional ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini WorldSkills xalqaro standartlari asosida shakllantirishning dolzarbligi, afzalliklari va amaliy yondashuvlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
professional ta’lim, xalqaro standartlar, malaka oshirish, amaliy ko‘nikma, kasbiy kompetensiya, raqobatbardoshlik, o‘quv dasturi, WorldSkills, mehnat bozori., innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники