Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDAGI STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLAR
Isoqjanov Furqat Qodirjon o‘g‘li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1991
Аннотация
1991-2020 yillarda O‘zbekiston, mamlakat ta’lim tizimini milliy g‘oya va qadriyatlar asosida qayta tashkil etishga kirishdi. Islom dini qadriyatlari va o‘zbek tiliga e’tibor qaratish, tarixiy merosni o‘rgatish, milliy ta’lim dasturlarini joriy etish boshlandi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim infratuzilmasini yaxshilashga katta e’tibor qaratilganligi tarihi asoslangan. Kalit so‘zlar. Strukturaviy o‘zgarishlar, ta’lim paradigmasi, interfaol metodlar, ijodiy fikrlash, xorijiy tajribalar, o‘quv dasturlari, zamonaviy texnologiyalar, ta’lim infratuzilmasi, siyosiy kontekst. O‘zbekiston tarixi davomida ta’lim tizimi, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim institutsional rivojlanish jarayonida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlarga uchragan. Mustamlakachilik, sovet modernizatsiyasi va mustaqillik davrlarining har biri boshlang‘ich ta’lim paradigmasiga o‘ziga xos modellarni tatbiq qilgan. Ilk o‘rta asrlardan boshlab Markaziy Osiyo hududida ta’limning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilgan madrasalar, maktablar va mahalliy ta’lim muassasalari mavjud edi. O‘rta asr mutafakkirlari – Farobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa allomalarning ilmiy merosi ta’lim jarayonining tamal toshi bo‘lib xizmat qilgan. Lekin bu ta’lim tizimi diniy bilimlarga urg‘u berish bilan chegaralanib, keng ommaga barobar ta’lim berish maqsadiga to‘liq mos kelmagan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jadidchilik harakati ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga bo‘lgan intilishni ifodaladi. Jadid maktablari an’anaviy ta’lim shaklini tanqid qilar ekan, dunyoviy fanlarga asoslangan boshlang‘ich ta’lim tizimini shakllantirishga harakat qilgan. Biroq, sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan bu harakat bostirildi va boshlang‘ich ta’lim sovet modeliga moslashtirildi. Sovet davrida (1920–1991) ta’lim tizimi markazlashgan holda qayta tashkil etildi. Boshlang‘ich ta’lim majburiylashtirilib, barcha bolalar uchun bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Sovet modernizatsiyasining muhim tarkibiy elementi sifatida ommaviy savodxonlik kampaniyalari olib borildi va boshlang‘ich maktablarda jismoniy va ilmiy-ta’limiy asoslar kuchaytirildi. Shu bilan birga, sovet ideologiyasining ta’siri ostida tarix va madaniy merosga yondashuv mafkuralashtirildi, bu esa ta’lim dasturlarining biryoqliligiga olib keldi. 1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Boshlang‘ich ta’lim tizimi milliy g‘oyalar va qadriyatlarga asoslangan holda qayta shakllantirildi. 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” boshlang‘ich ta’limni isloh qilishning huquqiy bazasini yaratdi. Ushbu islohotlar natijasida o‘quv dasturlari takomillashtirilib, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani mustahkamlashga qaratilgan fanlar kiritildi. O‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar joriy etilib, boshlang‘ich maktablar material-texnik bazasi mustahkamlandi. Shu bilan birga, 2017-yildan boshlab prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta’lim tizimining zamonaviy talablar asosida rivojlanishiga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Xususan, boshlang‘ich ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati yaxshilanib, ta’lim sifatini oshirish maqsadida xalqaro tajribalarga asoslangan darsliklar ishlab 127 chiqildi. 2030-yilgacha mo‘ljallangan O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasida boshlang‘ich ta’limga e’tibor yanada oshirildi, xususan, maktabgacha ta’limni rivojlantirish, boshlang‘ich sinflarda innovatsion yondashuvlarni keng joriy qilish choralari belgilandi. O‘zbekiston tarixida boshlang‘ich ta’lim tizimi jamiyat rivojlanishining muhim elementi sifatida shakllangan va turli davrlarda ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga mos tarzda yangilangan. Milliy mustaqillik davrida esa, ta’limning modernizatsiyasi va xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlari kuchayib, O‘zbekistonning o‘ziga xos ta’lim modeli shakllandi. Boshlang‘ich ta’lim tizimidagi strukturaviy o‘zgarishlar eng avvalo o‘quv dasturlarining modernizatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘ldi. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida maktab darsliklari va o‘quv materiallari sovet mafkuraviy yondashuvlaridan to‘liq xalos qilinib, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlar ishlab chiqildi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan darsliklarda o‘zbek milliy madaniyati, tarixi va an’analariga asoslangan o‘quv materiallarining keng joriy etilishi e’tiborga molikdir. Ta’lim tizimidagi muhim islohotlardan biri – raqamli texnologiyalarning joriy etilishi bo‘lib, bu jarayon 2017-yildan boshlab yanada faollashdi. Elektron darsliklar, interfaol metodlar, masofaviy ta’lim platformalari hamda gamifikatsiya elementlaridan foydalanish boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, pedagoglar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘qituvch
Доказательный фрагмент
«1991-2020 yillarda O‘zbekiston, mamlakat ta’lim tizimini milliy g‘oya va qadriyatlar asosida qayta tashkil etishga kirishdi.»
Образец извлечения
Демо-превью1991-2020 yillarda O‘zbekiston, mamlakat ta’lim tizimini milliy g‘oya va qadriyatlar asosida qayta tashkil etishga kirishdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Strukturaviy o‘zgarishlar, ijodiy fikrlash, ta’lim paradigmasi, ta’lim infratuzilmasi, siyosiy kontekst., o‘quv dasturlari, xorijiy tajribalar, interfaol metodlar, zamonaviy texnologiyalar
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021