Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
NEVROLOGIK VA RUHIY KASALLIKLARNI DAVOLASHDA ZAMONAVIY KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARNING O’RNI VA ISTIQBOLLI USULLARI
Atahanov Sanjarbek Anvarovich · Rasulova Farzona Gʻayratjon qizi (Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Biotibbiyot muhandisligi,)
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Nevrologik va ruhiy kasalliklarni davolashning istiqbolli usullari zamonaviy tibbiyotda jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali o‘smirlarda nevrologik va ruhiy kasalliklarni aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda davolashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali shifokorlarga qulayliklar yaratish va buning istiqbollari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: MRT, autizm, EEG, epilepsiya, parkinson sindromi, kompyuter tomografiyasi. Kirish. Hozirgi kunda o‘smirlar va bolalarda nevrolik kasalliklarni aniqlash va davolash uchun ko‘plab istiqbolli usullardan foydalanamiz. Nevrologik va ruhiy kasalliklarni davolashning istiqboli usullari sohasida so‘ngi yillarda katta yutuqlar kuzatilmoqda. Neyrobiologiya, pisixiatriya va nevrologiya sohalaridagi yangiliklar, ilg‘or tadqiqotlar va texnologiyalar kasalliklarni aniqlash va davolashda yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Bu usullardan foydalanish aholi va shifokorlar uchun juda qo‘l kelmoqda. Bungi kunda tibbiyot olamida nevrologik kasalliklarda aniqroq tashxis qoʻyish va muayyan davolash qanchalik samarali ekanligini tekshirish uchun kuchli va aniq vositalardan foydalaniladi .Bugunga kelib oʻsmirlar va bolalar orasida nevrologik kasalliklar juda koʻp uchramoqda. Bu kasalliklarni davolashda va reabilitatsiya jarayonlarini yaxshilashda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Deyarli chekka hududlardagi shifoxonalarni ham eng soʻnggi rusumdagi boʻlmasada, kompyuter texnologiyalar bilan jihozlashga harakat qilinmoqda. Chunki hozirgi oʻsmirlar orasida juda koʻp nerv kasalliklari uchramoqda. Asosiy qism: Hozirgi kunda oʻsmirlar nevrologik kasalliklarni davolashda foydalaniladigan texnologiyalarga quyidagicha misollar keltirish mumkin: MRT (magnit - rezonas tomografiya) apparati juda muhim hisoblanadi. U miya tuzilishini juda batafsil koʻrsatib beradi va bu shifokorlarga turli xildagi kasalliklarga aniq tashxis qoʻyish va davolashda yordam beradi. Shifokorlar MRT orqali oʻsmirlardagi miya shishi, qon tomir kasalliklari, miya yalligʻlanishlari miya qobigʻidagi turli nevrologik kasalliklarni aniqlaydilar. Bunday tashqari MRT orqali kasalliklarni ogʻirlik darajasini aniqlash va davolash samaradorligini ham kuzatish mumkin boʻladi. Davolash usulini tanlashda ham MRT muhim rol oʻynaydi. Masalan, agar miya shishi aniqlansa, MRT uning joylashuvini va hajmini aniqlashga yordam beradi. Bu esa jarrohlik amaliyoti yoki radiatsiya terapiyasi kabi davolash usullarini tanlashga imkon yaratadi. Shuni ta'kidlash kerakki, MRT xavfsiz va ogʻriqsiz tekshirish usuli hisoblanadi. Biroq, ba'zi hollarda, masalan, metall implantlar mavjud boʻlsa, MRTini amalga 87 ` oshirish mumkin emas. Hozirgi kunda oʻsmirlar orasida oʻsma kasalliklari koʻp uchramoqda. MRT esa bu kasalliklarga aniq tashxis qoʻyishda va davolash rejasini tuzishda yordam beradi. Oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklarni aniqlashda EEG(elektroensefalogiya) dan foydalaniladi. EEG asosan, miya faoliyatini oʻlchash uchun ishlatiladi. Bu miya toʻlqinlarini tahlil qilish orqali epilepsiya, uyqu buzilishi, migren va boshqa nevrologik kasalliklarni aniqlashga yordam beradi. U miyaning turli qismlaridan kelib chiqadigan elektr signallarni yozib olish orqali amalga oshiradi. Bu signallar miyaning turli holatlarini, masalan, uyqu, uygʻonish, konsentratsiyasi va boshqalarni aks ettiradi. Bundan tashqari EEG epilepsiya xurujlarini aniqlashda juda samarali vosita hisoblanadi. U miyaning gʻayritabiiy elektr faoliyatini aniqlashga yordam beradi, bu epilepsiya xurujlarining sababi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari EEG boshqa nevrologik kasalliklarni, masalan, miya shishi, ensefalit, meningit va boshqalarni aniqlashga yordam beradi. Bu kasallik miyaning elektr faoliyatidagi oʻzgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin va buni EEG orqali aniqlash mumkin. EEG tekshirish jarayonida bemorga hech qanday ogʻriq yoki zarar yetkazmaydi. Bundan tashqari EEG tekshiruvi boshqa tasvirlash usullariga qaraganda arzonroq tushadi. EEG tekshiruvi tez va oson amalga oshiriladi. Hozirgi kunda bemorlarda koma holatidagi miyaning ish faoliyatini baholashda ham ishlatish mumkin. EEG tekshirish jarayonining tez va oson amalga oshirilishi bu holatda qoʻl kelmoqda. Oʻsmirlarda bosh ogʻrigʻi keng tarqalgan muammo. Ba'zi bosh turlari miyaning gʻayritabiiy elektr faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. EEG tekshirish usuli esa bunda juda qoʻl keladi. Xullas oʻsmirlarda uchraydigan nevrologik buzilishlarda EEGning ahamiyati katta. TMS (transkranial magnit stimulyatsiya) bu miya faoliyatini oʻzgartirish uchun ishlatiladi. Qisqacha qilib aytganda u miyaning ma'lum qismlarini ragʻbatlantirish uchun ishlatiladi. Bu degani, depressiya, xavotir, obsesif-komelsiv buzilish va boshqa nevrologik kasalliklarni davolashda qoʻllaniladigan. TMS oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklarni aniqlashda hali ham yangi texnologiya hisoblanadi va keng qoʻllanilmaydi. Ammo depressiya jarayonida dori-darmonla
Доказательный фрагмент
«Nevrologik va ruhiy kasalliklarni davolashning istiqbolli usullari zamonaviy tibbiyotda jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюNevrologik va ruhiy kasalliklarni davolashning istiqbolli usullari zamonaviy tibbiyotda jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- epilepsiya, autizm, MRT, parkinson sindromi, EEG, kompyuter tomografiyasi.
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020