К содержанию
РецензированоUZ2026

XITOY VA O‘ZBEK INTERNET TILLARIDAGI QISQARTMALARNI QIYOSIY TATQIQ QILISH

TATQIQ QILISH · Djurayev Dilshod Mamadiyorovich · Sayfiddinova Marjona Turg‘un qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

This article is dedicated to the comparative analysis of abbreviations in Chinese and Uzbek internet language. It examines the concept of abbreviations, their role, and features in internet communication. Furthermore, the article analyzes the formation of abbreviations in the Chinese and Uzbek internet space, their main types, and usage characteristics. As a result of the study, similarities and differences in the abbreviation systems of both languages are identified, leading to significant conclusions from the perspective of internet linguistics and translation studies. Keywords: abbreviations, internet language, Chinese language, Uzbek language, comparative analysis, linguistics So‘nggi yillarda internet insonlarning kundalik hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib, global muloqot vositasiga aylanmoqda. Bu jarayon natijasida til hodisasi sifatida internet tili ham shakllanib, unga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida internet tili alohida til hodisasi sifatida shaklanib kelmoqda. Internet foydalanuvchilari tezkor va ixcham aloqa o‘rnatish maqsadida qisqartmalardan keng foydalanadilar. Bunday lingvistik hodisa nafaqat internet muloqotini osonlashtiradi, balki har bir til tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini ham aks ettiradi. Xitoy va o‘zbek internet tillari ham qisqartmalar yaratish jarayonida o‘ziga xos usullarni qo‘llaydi. Ushbu maqolada har ikkala til tizimidagi qisqartmalarning shakllanish tamoyillari, ularning funksional xususiyatlari va lingvistik jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. 99 ` Ikki davlat internet qisqartmalarining ta’rifi va turlari haqida Qisqartmalar – insonlar tomonidan muloqotni yanada ixcham, tushunarli va qulay qilish maqsadida ba’zi so‘z yoki iboralarning maxsus qisqartirilgan shaklida qo‘llanishidir. Internet muhitida shakllangan qisqartmalar esa foydalanuvchilarning tezkor va samarali muloqot ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan tildagi ixcham birliklar hisoblanadi. Internet tilida ishlatiladigan qisqartmalarning aksariyati harflar va raqamlardan tashkil topadi. Xitoy internet tilida Pinyin qisqartmalari alohida fenomen sifatida shakllangan bo‘lib, ular asosan xitoycha so‘z yoki iboralarning dastlabki harflari asosida yaratiladi. Ushbu qisqartmalar ilk bor internet foydalanuvchilari, xususan, turli fan-klublar va muxlislar jamiyatlari o‘rtasida ommalasha boshlagan. Internet tilidagi pinyin asosidagi harf qisqartmalari so‘z yoki iboralarning xitoycha pinyin transkripsiyasining bosh harflari birikmasi shaklida hosil bo‘lib, muayyan so‘z yoki iboralarni anglatadi. Bunday til shakli dastlab mashhurlar va san’atkorlarning muxlislari orasida ommalashgan. 汉语网络用语中的缩略语 排序 汉语缩略语 汉语原词语 乌兹别克语对应词语 1 NSDD 你说得对 Sen to`g`ri aytayabsan 2 SJB 神经病 Jinni; axmoq 3 DLRB 迪丽热巴 Dilrabo 4 DDDD 懂的都懂 Tushungan tushundi 5 YYSY 有一说一 Rostini gapirish 6 GG 哥哥 Aka 7 GKD 搞快点 Tezroq qiling 8 YYDS 永远的神 Hudo abadiy 9 XSWL 笑死我了 Kulaverib o`lib qolaman 10 DBQ 对不起 Uzur Xitoy internet tilida ba’zan ayrim raqamlar kombinatsiyasi orqali ularning talaffuzi xitoycha so‘z yoki iboralarga fonetik jihatdan o‘xshashligidan foydalanib, muayyan ma’nolar ifodalanadi. Bu hodisa “xitoycha fonetik raqam qisqartmalari” deb ataladi. Biroq bunday qisqartmalar soni nisbatan kam bo‘lib, ularning ishlatilish imkoniyatlari cheklangan. Chunki raqamlar orqali ifodalangan so‘z yoki iboralarning ma’nosi aniq bo‘lishi talab etiladi. Shu sababli, bunday qisqartmalar boshqa qisqartma turlariga qaraganda kamroq uchraydi. Bundan tashqari, xitoycha fonetik raqam qisqartmalaridan foydalanadigan auditoriya bir- biridan sezilarli farq qiladi. Shu bois, ularning tarqalish doirasi ham keskin farqlanadi. Quyida eng ko‘p uchraydigan xitoycha fonetik raqam qisqartmalarining namunaviy misollari keltirilgan. 汉字谐音数字缩略语 100 ` 排序 汉字谐音数字缩略语 汉语原词语 对应的乌兹别克语词语 1 886 拜拜了 Xayr 2 520 我爱你 Men seni sevaman 3 1314 一生一世 Seni umrbod sevaman 4 885 抱抱我 Meni quchoqla 5 771 亲亲你 Seni o‘paman 6 778 吃吃吧 Ol-ol ye 7 7456 气死我了 Meni jahlim chiqdi 8 3113 想你一生 Seni butun umr so‘g‘inaman 9 531 我想你 Men seni so‘g‘indim 10 987 对不起 Uzur O‘zbek internet tilida ko‘p bo‘g‘inli so‘z va iboralar, ayniqsa, salomlashuv shakllari, ot va fe’l birikmalari tezkor va qulay muloqot uchun qisqartirilgan holda ishlatiladi. Ushbu qisqartmalar so‘z tarkibidagi muayyan tovush yoki harflarni qisqartirish orqali shakllanadi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday qisqartmalar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratilishi mumkin: 1. Bosh va oxirgi harflar asosida qisqartirish – So‘zning birinchi va oxirgi harflari olinib, ixcham shaklga keltiriladi. 2. Bosh va o‘rta qism harflari asosida qisqartirish – So‘zning boshlang‘ich va markaziy qismidan harflar olinadi. 3. Bosh, o‘rta va oxirgi harflarni qo‘shish orqali qisqartirish – So‘zning turli qismlaridan harflar tanlanib, yangi qisqartma hosil qilinadi. 4. Raqam va harflar kombinatsiyasi orqali qisqartirish – Ba’zi so‘zlar sonlar bilan almashtiriladi yoki harflar bilan birga qo‘llanadi. Quyida ushbu qisqart

Доказательный фрагмент

«This article is dedicated to the comparative analysis of abbreviations in Chinese and Uzbek internet language.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is dedicated to the comparative analysis of abbreviations in Chinese and Uzbek internet language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
abbreviations, internet language, Chinese language, Uzbek language, Xitoy tili, qiyosiy tahlil, qisqartmalar, internet tili, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники