ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
O‘zbekistonda prokuratura organlari tashkil topishining tarixiy zaruriyati
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O‘ZBEKISTONDA PROKURATURA ORGANLARI TASHKIL TOPISHINING (in-academy.uz/index.php/si) · TARIXIY ZARURIYATI (in-academy.uz/index.php/si) · Dexkanova Maftuna Shavkatovna (in-academy.uz/index.php/si)
in Library · 2026
Аннотация
prokuratura organlari tushunchasi va uning tarixiy jihatdan shakllanish asoslari atroflicha tahlil qilingan. Kalit so`zlar: prokuratura, ogohlantirish, qoralash, jismoniy jazo. Prokuratura deganda nazoratni amalga oshiruvchi davlat organini yoki bunga vakolat berilgan mansabdor shaxslar faoliyat olib boruvchi maxsus idorani tushunamiz. Lotin tilida “procuratio (procuro)” so‘zi g‘amxo‘rlik qilish, boshqarish, “procurator (procuro)” so‘zi boshqaruvchi, idora qiluvchi, rais, ishonchli vakil, vakolatli, prokurator, imperator daromadlarini boshqaruvchi va nihoyat “procuro” so‘zi esa g‘amxo‘rlik qilmoq, parvarishlamoq, asrab-avaylamoq, ta’minlamoq, sodir etmoq, boshqarmoq, boshlab bormoq degan ma’noni anglatadi[1]. Lug‘aviy ma’nosining o‘zi ham prokuraturaning nazoratni amalga oshiruvchi, jamiyatning har bir a’zosiga va davlatning qonun hujjatlariga g‘amxo‘rlik qilishini, ularning manfaatlarini har qanday tajovuzlardan himoya qilishini bildirmoqda. Albatta, prokuratura nazoratni amalga oshirish, huquqlarni himoya qilish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan choralar ko‘rish huquqiga ega bo‘lishi lozim. Prokuratura bunday vakolatga ega bo‘lmasdan turib o‘ziga yuklatilgan bunday keng ko‘lamdagi vazifalarni ado qila olmaydi. Davlatimiz tarixida prokuratura institutining vujudga kelish zaruriyatlarini aniqlash uchun tarixga nazar solamiz. Yurtimiz tarixida Islom dini alohida mavqega ega bo‘lib, davlat boshqaruvi qonun-qoidalari shariat hukmlari asosida olib borilgan. Bugungi kundagi prokuratura institutining o‘z davriga xos va mos bo‘lgan, shariat ahkomlari asosida faoliyat yurituvchi, funksiyalari jihatidan bugungi prokuraturaga o‘xshash va yaqin bo‘lgan, ya’ni shariatda belgilangan qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilib boruvchi lavozim mavjud bo‘lib, u “Muhtasib” lavozimi edi. Ushbu lavozim Islom dini bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Muhtasiblikning vujudga kelish tarixi haqida qarashlar turlichadir. Ayrim olimlar muhtasib lavozimi Arabiston yarim orolida payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hayotlik chog‘laridayoq vujudga kelgan va bevosita ularning hayotlari bilan bog‘liq deb biladilar. Bir kuni payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Madina shahridagi bozorda chiroyli bug‘doy sotayotgan odamning oldiga kelib, bug‘doy solingan xaltaning ichkarirog‘iga qo‘llarini solib bir hovuch chirigan bug‘doyni olib chiqib bu nima deb sotuvchidan so‘raydilar. Shunda sotuvchi bu yomg‘ir tufayli shunday holga kelgan deb javob beradi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) nega eng yaxshilarini tashqi tomonga, yomonlarini esa ichkari tomoniga qo‘yganligini so‘raydilar va qo‘shimcha qilib, musulmonlar orasida hiyla-nayrang bo‘lmasligi kerakligini hamda kim aldasa, u musulmon emasligini aytadilar. Ushbu voqeadan keyin Madina bozoriga nozir biriktirib qo‘yadilar. Makka fathidan keyin esa Sayyid bin Os bin Umayni bu shaharga muhtasib ya’ni nazoratchi qilib tayinladilar[2]. Shundan bilib olamizki, muhtasib lavozimining asosiy vazifasi jamiyat a’zolari orasida shariat hukmlariga amal qilinishini, belgilangan qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘lgan. Shunday ekan, musulmon huquqida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun joriy qilingan qonun-qoidalarning 20 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bajarilishi ustidan nazorat olib borish dastlab savdogarlarning faoliyatini nazorat qilish sifatida paydo bo‘lgan deb hisoblaymiz. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra esa, muhtasiblik faoliyati xalifa Umar ibn Xattob (r.a.) davrida davlat boshqaruviga olib kirilgan deb hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda Abbosiylardan xalifa Mahdi (775-785) hukmronligi davrida ularning vakolatlari yanada kengaydi[3]. Muhtasiblikning vujudga kelishi to‘g‘risidagi qarashlarning qay biri to‘g‘riligi unchalik katta ahamiyat kasb qilmaydi, muhimi o‘sha davrlarda nazorat qiluvchi institutning joriy qilinishi edi. O‘rta Osiyo xonliklari (Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari)da muhtasib (rais) lavozimida ishlagan shaxslar xalq orasida yurib, jamiyatdagi kundalik holatdan xabardor bo‘lib turganlar. O‘zlari uchratgan noqonuniy voqelikni joyida tugatish choralarini ko‘rganlar. Ular umumiy nazorat ya’ni sog‘liqni saqlash, jamoatda sodir qilinishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish, atrof-muhitning tozaligiga, ozodaligiga rioya qilinishini ta’minlash va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish kabi vazifalarni bajarganlar. Bundan tashqari ularning vazifalariga zaif va faqirlarni himoya qilish hamda ojizlarning huquqlari poymol qilinmasligini ta’minlash ham kirgan. Fikrimizcha, aynan mana shu vazifa va funksiyalarining o‘xshashligi ularni bugungi kundagi prokuratura institutining “qondosh birodari” bo‘lgan deb hisoblashimizga asos bo‘ladi. Muhtasib (rais)lar tomonidan huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan jazo choralarini “axloq tuzatish” ishlari toifasiga kiritilgan. Ushbu toifadagi jazo choralarini to‘rt guruhga ajratishimiz mumkin: 1. Ogohlantirish va qoralash; 2. Jismoniy jazo; 3. Tashxir (eshakda
Доказательный фрагмент
«prokuratura organlari tushunchasi va uning tarixiy jihatdan shakllanish asoslari atroflicha tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюprokuratura organlari tushunchasi va uning tarixiy jihatdan shakllanish asoslari atroflicha tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jismoniy jazo, преследование, физическое наказание, ogohlantirish, qoralash, reprimand, corporal punishment, prokuratura, предупреждение, prosecution, warning, выговор
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
Журнал вестник врачаИ Ахмедов, Ш Кодирова +22022
Междисциплинарный диалог науки и общества в эпоху экологических переменРЕФОРМИРОВАНИЕ АНТИКОРРУПЦИОННОГО, ФРАНЦУЗСКОЙ РЕСПУБЛИКИ +12026