К содержанию
РецензированоUZ2026

Arab va O‘zbek tillarida rang-tus leksemalarining lingvomadaniy tadqiqi

Рисолат Равшанова (Восточный университет) · Н Ахмедова (Восточный университет)

Инновации в современной лингвистике и преподавании языков · 2026

Аннотация

Maqolada arab va o‘zbek tillarida rang-tus leksemalari lingvomadaniy jihatdan tahlil qilingan. Ranglarning til va madaniyatdagi ahamiyati, ularning semantik xususiyatlari, shuningdek, bu ranglarning madaniy va falsafiy ma’nolari o‘rganilgan. Arab va o‘zbek tillaridagi asosiy rang nomlari, ularning konnotatsiyalari va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Ranglar va 253 ularning ramziy ma’nolarini o‘rganish orqali har ikki xalqning madaniy merosi va dunyoqarashi tavsif qilindi. Arab va o‘zbek tillarida rang bildiruvchi leksemalar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar atroflicha aniqlandi. Kalit so‘zlar: lexemes denoting color, color names, linguocultural analysis, symbolic meaning of colors, language and culture, semantics of colors. Til madaniyat tashuvchisi bo‘lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Til madaniyatning quroli, vositasi sanalib, xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi. Demak, til va madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, til birliklari o‘zida madaniyatni aks ettiradi. Rang-tus bildiruvchi leksemalar har bir tilning lingvistik va madaniy merosini aks ettiradi. Ranglar tilda xalqning hayot tarzini, madaniyatini, an’analarini va falsafiy qarashlarini ham ifodalaydi. Arab va o‘zbek tillaridagi rang nomlarini o‘rganish hamda ularning mazmun-mohiyatini tushunish madaniy o‘ziga xosliklarni anglashga yordam beradi. Ushbu maqolada biz arab va o‘zbek tillarida ishlatiladigan rang-tus bildiruvchilarni tahlil qilib, ularning o‘xshashlik va farqlari, semantik xususiyatlari hamda madaniy ahamiyatini ko‘rib chiqamiz. Ranglar qadimiy davrlardan beri turli xalqlarning til va madaniyatida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Shuningdek, tarixiy sharoitlar, iqlim va geografik joylashuv ham rang nomlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, ranglarning tilda qanday ishlatilishi va madaniy kontekstda qanday ma’no kasb etishi har bir xalqning o‘ziga xos dunyoqarashini aks ettiradi. Arab va o‘zbek tillarida ishlatiladigan asosiy rang nomlari quyidagilardir: ضيبأ (abyad) – arab tilida oq rangini bildiradi va u arablarda poklik, tinchlik va nur ramzidir. Islom dinida oq rang poklik va jannat ramzi sifatida muhim o‘rinni egallaydi. O‘zbek tilida ham xuddi shunday: oq - poklik, tinchlik va quvonch ramzidir. Masalan, oqlik, oq o‘rar, ona sutidek oq, oq ot yoki kelinlarning oq libos kiyishlari. Oq rang tushayotgan yorug‘lik oqimini to‘liq aks ettiradi va yutib, shu darajada qaytaradi. Shu bois cho‘llarda badaviylar oq kiyim kiyishadi. Ibn Mandzur (1232–1311) tuzgan “Lison al- Arab” (“Arablar tili”) lug‘atida eng ko‘p ishlatiladigan ranglar so‘zlari izohlab berilgan. دوسأ (aswad) – arab tilida qora rangni ifodaydi va bu rang qorong‘ulik va kuch ramzidir. Arab madaniyatida qora rang kuchli va mustahkam shaxsni ifodalash uchun ham ishlatiladi. O‘zbek tilida ham qora rang qorong‘ilik, kuch, ba’zida motam ramzi. Alisher Navoiy ijodida qora rang ham o‘z o‘rniga ega. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulning “Yana qora rang talqini haqida” maqolasida keltirilishicha, Navoiy asarlarida “qora” buyuklik, ulug‘lik ma’nolarini bildirgan. Filologning ta’kidlashicha, oq rang umumiy yaxshilik va hayotiy zarurat g‘oyasini aks ettiradi. Qora rang esa qorong‘ilik va maksimal salbiylikni ifodalaydi. Misrliklar hasadgo‘y va qo‘rqoqlarga “Qalbuhu asvad” (“Yuragi qora”) deb aytishadi, ochiqko‘ngil, yaxshi odamga esa “Qalbuhu abyad” (“Yuragi oq”) deyishadi. Oq rang yorqinlik, tozalik, poklik ma’nosini anglatadi. Biroq arab mamlakatlarida oq rang ajrashgan ayollar uchun motam rangi hisoblanadi. Oq rang boshqa barcha ranglarni yutib, ularni neytrallashtiradi va bo‘shliq, tana yo‘qligi, muzdek sukunat bilan bog‘lanadi, oxir-oqibat o‘limni anglatadi. Shuningdek, arablarda “ko‘zning qorasi” sevgilisini anglatadi, “yurakning qorasi” esa muhabbatni bildiradi. Ayol erkakning qovurg‘asidan 254 yaratilgan deb hisoblangani uchun u erkakning soyasi deb qaraladi. Shuning uchun, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda ayollar to‘liq qora libos kiyishadi. رمحأ (ahmar) - qizil rang. Arablarda olov va jasorat ramzi. Shuningdek, u muhabbat va hayot bilan ham bog‘liqdir. Yaqin Sharqda boshqa madaniyatlar singari sevgi bilan bog‘lanadi. Shu bilan birga, ehtiyotkorlik yoki g‘azabni ham ifodalaydi. O‘zbek tilida esa qizil yorqinlik va hayot, shuningdek, energiya ramzi hisoblanadi. Xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida qizil rangga bo‘lgan alohida munbosabatni kuzatish mumkin. “Qizil” faqatgina go‘zallik emas, Sharq madaniyatida quyosh ramzi hamdir. Bu hodisani yapon, koreys, xitoy mifologiyasi va adabiyotida ham kuzatish mumkin. رضخأ (akhḍar) - yashil rang. Arab olamida hayot, tabiat va din ramzi. Yashil rang Islom olamida muhim o‘rinni egallaydi, chunki u jannat va poklikni ifodalaydi. Ko‘pchilik arablar bu rangni uyg‘unlik va ma’naviyat bilan bog‘lashadi. Yashil rang bir qancha davlatlar bayroqlarida Islom ramzi sifatida ishlatiladi. Bular Afg‘oniston,

Доказательный фрагмент

«Maqolada arab va o‘zbek tillarida rang-tus leksemalari lingvomadaniy jihatdan tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada arab va o‘zbek tillarida rang-tus leksemalari lingvomadaniy jihatdan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
семантика цветов, til va madaniyatni, color names, lexemes denoting color, символическое значение цветов, названия цветов, symbolic meaning of colors, ranglarning ramziy ma’nosini, обозначающие цвет, лексемы, lingvokultural tahlilni, язык и культура, ranglar nomini, semantics of colors, linguocultural analysis, language and culture, rangni, ranglar semantikasini ifodalovchi leksemalar, лингвокультурный анализ
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияUZРецензированоОткрытый доступ
ALISHER NAVOI’S LOVE FOR THE TURKISH LANGUAGE

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИАбдурахмон Гузель2022

3
[2]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3