К содержанию
РецензированоUZ2026

O`SMIR YOSHIDAGI O`QUVCHILARDA TOLERANTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK INNOVATSION YONDASHUVLARI

SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK INNOVATSION · Suvonova Sevara Asliddin qizi

Interpretation and researches · 6 · 2026

Аннотация

ushbu maqola orqali tolerantlik tushunchasining o`ziga xosligi, uning aksiologik qadriyatlar tizimidagi o`rni va tolerantlikning bir qancha turlari haqida yoritib o`tadi. Xususan, ushbu qadriyatni yosh avlod ongiga ya`ni, o`smirlik davri egalariga singdirish yo`llarini turli xildagi mashg`ulotlar, tarqatma materiallar hamda tajriba-sinov metodlarini ko`rinishida aks ettiradi. Kalit so`zlari: tolerantlik, gender tolerantlik, mentalitet, oila, o`smirlik, pedagogik metod. Kirish. Fuqarolik jamiyatning amal qilishi tolerant tafakkurga ega bo‘lgan insonlarning o‘z kundalik hayotdagi amaliy say-harakatlariga barobar keladi. Shu bois,bugungi kunda oilaviy tarbiya "inson - shaxs - barkamollik yetuklik - barkaror rivoj - o‘zga inson va jamiyatga tolerant munosabat” kabi tushunchalarning uzviyligi, ular davomiyligi va ustuvorligini talab etadi. Demak, tolerantlik komil shaxs tarbiyasining muhim bo‘g‘iniga, barkamol inson shakllanishining asosiy mezonlaridan biriga aylanadi. O‘zbek tilida nashr etilgan lug‘atlarda “tolerantlik” tushunchasining “bag‘rikenglik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ishlatilish holati ko‘zga tashlanadi. “Bag‘rikenglik - o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvatli, g‘amxo‘r, saxiy, kengfe’lli bo‘lgan ana shunday ma’naviy fazilatlarga ega kishilarni ifodalovchi tushuncha. Asosiy. Bag‘rikenglik o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlariga hurmat- ehtiromda bo‘lish, muomala- munosabatda kamsitish va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma ~ 429 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-ko‘yda bunga rioya etishni anglatadi. Mazkur tushuncha turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, tinch- osoyishta yashashini ifoda etadi”.Xuddi shunday boshqa xalqlarda ham mazkur tushunchaning o‘ziga xos ta’riflari mavjud.О‘zbek tаdqiqоtchilаridаn M.Xаjiyevаning fikrichа, tоlerаntlik turli ijtimоiy vа e’tiqоdiy tаfоvutlаrgа egа insоnlаr vа millаtlаrni bir birigа bоg‘lаb, ulаr о‘rtаsidа dо‘stоnа munоsаbаtni vа muhitni yаrаtish оrqаli ijtimоiy rivоjlаnishni tа’minlаydi.Tаdqiqоtchi Z.Husniddinоv esа, bu tushunchаgа quyidаgichа tа’rif berаdi: «tоlerаntlik umumiy mа’nоdа birоr nаrsа, hоdisаni, о‘zgаchа fikr vа qаrаshni, о‘z shаxsiy tushunchаlаridаn qаt’iy nаzаr, imkоn qаdаr chidаm vа tоqаt bilаn qаbul qilishni аnglаtаdi». G‘аrb оlimi G.Аyzenk tоlerаntlikni chidаmlilik, murоsаsоzlik vа о‘zgа оlаm bilаn mulоqоtgа kirishigа ruhsаt berish, ungа nisbаtаn erkinlik vа tоqаtlilik sifаtidа tа’riflаydi. А.V.Petrоvskiy "tоlerаntlik" tushunchаsini аdаptiv imkоniyаtlаrni kаmаytirmаsdаn uzоq vаqt dаvоmidа nоqulаy tа’sirlаrgа dоsh berа оlish qоbiliyаti deb tа’riflаgаn. Umumiy mа’nоdа bаg‘rikenglik hаr qаndаy ishdа qаt’iyаt vа chidаmlilik vа chidаsh qоbiliyаti sifаtidа tаvsiflаnаdi.[1] Tolerantlikning me`yoriy hujjatlarda ham qonuniy tasdig`i bo`lib xususan, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022 yil dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasida kirib kelayotgan 2023- yilni «Insonni ulug‘lash va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilinishi, shuningdek, murojaatnomada «Millati, tili va dinidan qat’iy nazar, O‘zbekistonni o‘zining vatani deb biladigan, uning ravnaqi uchun hissa qo‘shib kelayotgan har bir fuqaro bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va ardog`ida bo‘ladi»[2] deb bildirgan fikrlari davlatimizda tolerantlik siyosati bugun har qachongidan ham aktuallashganligini ko‘rsatib turibdi. 28.01.2022 yildagi PF 60-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» Farmonidagi • 70-maqsad: «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, sotsial tolerantlik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura ~ 430 ~ Конференсияи илмии байналмилалй “Муаммоҳои илму фан дар шароити ҷаҳонишавӣ” “Globallashuv sharoitida ilm-fan muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash»; • 74-maqsad:«Jamiyatda llatlararo totuvlik va dinlararo sotsial tolerantlik muhitini mustahkamlash». Turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart- sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, sotsial tolerantlikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirish kabilar belgilab qo‘yilgan.[3] Tolerantlikning asosi jamiyatdir. Ularsiz insoniyat mavjud bo‘la olmaydigan fundamental qadriyat hisoblanadi. Tolerantlikni tasniflash ko‘plab mutaxassisliklarning tadqiqot predmeti hisoblanadi. Doimiy o‘zgarib borayotgan jamiyatda din bilan bogʼliq muammolar, nogironlarga munosabat, gender va siyosiy mavzular dolz

Доказательный фрагмент

«ushbu maqola orqali tolerantlik tushunchasining o`ziga xosligi, uning aksiologik qadriyatlar tizimidagi o`rni va tolerantlikning bir qancha turlari haqida yoritib o`tadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqola orqali tolerantlik tushunchasining o`ziga xosligi, uning aksiologik qadriyatlar tizimidagi o`rni va tolerantlikning bir qancha turlari haqida yoritib o`tadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mentalitet, oila, pedagogik metod., gender tolerantlik, tolerantlik, o`smirlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти