Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийPAGE NO. -, Ethnographic Insights Into +62025
TARIXIY ROMANLARDA INGLIZ MALIKALARI BILAN BOG`LIQ TARIXIY HAQIQAT
Usmanova Sevara Sultanovna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada davlat tarixida hukmdorlar bo‘lgan, ular iqtisodiy tiklanishga va boshqa o‘zgarishlarga o‘zlarining hissalarini qo‘shgan, odatda ularning ismlari qatorida o‘sha davrning yorqin kishilarining nomlari ham bo‘lgan, ular insonlar ongida yirik inqilob yaratadigan islohatchilar bo‘lgan. Ayniqsa Angliya malikalar mamlakati desak mubolagʼa boʼlmaydi. Qirolicha Elizabetta1, Mariya Tyudor, Viktoriya, Anna Boleyn kabi malikalar nafaqat mamlakat tarixida balki jahon adabiyotining durdona asarlari orqali ham iz qoldirishgan. Kalit so`zlar: Qirolicha Elizabetta, F.Shiller, Mariya Styuart, Evropa adabiyoti, Joanna Seymur. Sharq va Gʼarb adabiyotini oʼrganar ekanmiz, buyuk xukmdorlarga rafiqalik yoki qizlik mavqeiga tayanib davlat boshqaruvida ulkan tadbirlarni oshirgan va ana shu say-xarakatlari tufayli tarixda koʼplab ayollar nom qoldirgan. Yevropada ham Turon kabi koʼplab malikalar faoliyat olib borishgan. Ayniqsa Angliya malikalar mamlakati desak mubolagʼa boʼlmaydi. Qirolicha Elizabetta1, Mariya Tyudor, Viktoriya, Anna Boleyn kabi malikalar nafaqat mamlakat tarixida balki jahon adabiyotining durdona asarlari orqali ham iz qoldirishgan. Angliya qirolichasi Elizabetta l (1558-yildan) Genrix VIII va Anna Boleynning qizi. Elizabetta l davrida absolutizm mustahkamlandi, ingliz cherkovlari qayta tiklandi va ispancha Yengilmas Armada vayron qilindi. Irlandiyada mustamlakachilik keng tarqaldi. Har qanday davlat tarixida hukmdorlar bo‘lgan, ular iqtisodiy tiklanishga va boshqa o‘zgarishlarga o‘zlarining hissalarini qo‘shgan, odatda ularning ismlari qatorida o‘sha davrning yorqin kishilarining nomlari ham bo‘lgan, ular insonlar ongida yirik inqilob yaratadigan islohatchilar bo‘lgan. Britaniyaliklar uchun bunday hukmdor Elizabetta l edi. Qirolicha Shekspirda katta taassurot qoldirdi: Vatan baxti uchun, U yetuk keksalikka qadar yashaydi, Va ko‘p kunlar uning ustidan uchib o‘tadi, Va usiz hech kim zarba berolmas, Yaxshi ish bilan toj kiyolmas. Ammo, Shekspir Elizabetta l haqida shunday fikrda bo‘lgan yagona inson emas, balki aksariyat zamondoshlari ham shunday fikrda edi. Elizabetta hayoti davomida xalqining sevimlisi bo‘la oldi va insonlarda o‘ziga bo‘lgan katta qiziqishni uyg‘otishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, uning hukmronligi oqilonaligi va davlat ravnaqi uchun bo‘lgan g‘ayrati bilan ajralib turardi. Haqiqatan ham u g‘ayratli edi. Ko‘ngilchan qirol Genrix VIII, Elizabettaning otasi, taxt meros huquqlari bo‘yicha chalkashlikka duch keldi. U Elizabettani taxt vorisi deb e'lon qildi, ikki yildan so‘ng Joanna Seymur va uning sobiq rafiqasi Anne Boleynni Elizabetta onasi qatl qilindi. Keyin bechora qiz tojga bo‘lgan barcha huquqlarini yo‘qotdi. Biroq, o‘limidan oldin Genri yana qizlarining huquqlarini tikladi. 33 Atoqli nemis dramaturgi F.Shiller (1759-1805) ijodida Shotlandiya qirolichasi Meri Styuart (1542-1587) hayoti va o‘limi bilan bog‘liq voqealar talqinining o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqiladi. Kristian Geynrix Spiess (1755-1799). X.X.Shpis va F.Shiller tomonidan malika Mariyaning so‘nggi kunlari tasvirining o‘ziga xosligi tasvirlaydi [1]. Darhaqiqat, ikkala nemis yozuvchisining turli adabiy va estetik pozitsiyalari haqida savol tug‘iladi. Spiess va Shiller tomonidan Meri Styuartga bag‘ishlangan turli janr va san'at turlaridagi asarlarni ko‘rib chiqishga e’tibor qaratiladi. Birinchidan, nemis va Evropa adabiyoti doirasida ikkinchi darajali bo‘lgan yozuvchi asarining tahlili taqdim etiladi, chunki Spiess o‘z tragediyasini buyuk nemis dramaturgidan ko‘p yillar oldin yozgan. Shiller tragediyasi voqelikni epik yoritishga oʻziga xos ishtiyoq bilan yozilgani, Shpisning sahna asari esa Meri Styuart hayotining soʻnggi kunlaridagi voqealarga koʻproq yoʻnaltirilganligi va mashxur asarga aylangani koʻrsatilgan. Yangi ingliz cherkovi protestantizmda ta'lim berish bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin marosimlarda katolikda edi, bu esa Puritanlardan tashqari hammani qoniqtirdi. Lekin hukumat o‘limga tahdid soladigan qonun qabul qilib, ularning og‘zini yopishga muvaffaq bo‘ldi, qirolichani «Bid'atchi» deb atashga jur'at etgan har qanday odamning qatl etilishi uning tojga bo‘lgan huquqlarini shubha ostiga qo‘yilishiga yoki bu huquqlarni boshqa odamga tegishli bo‘lishini bildirar edi. Qudratli qirolicha Elizabetta I ko‘plab tarixiy romanlar va ilmiy asarlar mavzusi bo‘lgan. Uning hukmronligi an’anaviy gender faoliyatii va siyosiy mafkuralarga qarshi chiqdi, chunki u xaqiqatni diniy va siyosiy kuch bilan birlashtirdi [2]. Margaret Irvine trilogiyasi kabi tarixiy romanlarda Elizabettaning qizlikdan to toj kiyishgacha bo‘lgan sarguzashtlari tasvirlangan, u yosh kitobxonlarni buyuklik haqidagi tasavvurlar bilan o‘ziga tortgan [3]. Elizabettaning xususiy mulkchilikdan strategik foydalanishi va uning moliyaviy qobiliyatlari Britaniya imperiyasining asoslarini yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynadi va unga raqiblaridan «qaroqchi malika» laqabini oldi [4]. Darhaqiqat, Elizabettaning hukmronligi Angliyaning iqtisodiyot va siyosatdagi muv
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada davlat tarixida hukmdorlar bo‘lgan, ular iqtisodiy tiklanishga va boshqa o‘zgarishlarga o‘zlarining hissalarini qo‘shgan, odatda ularning ismlari qatorida o‘sha davrning yorqin kishilarining nomlari ham…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada davlat tarixida hukmdorlar bo‘lgan, ular iqtisodiy tiklanishga va boshqa o‘zgarishlarga o‘zlarining hissalarini qo‘shgan, odatda ularning ismlari qatorida o‘sha davrning yorqin kishilarining nomlari ham… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qirolicha Elizabetta, Evropa adabiyoti, Joanna Seymur., F.Shiller, Mariya Styuart
Смежные источники
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchPAGE NO. -, Harobotiy's Enlightened Words +22025
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchRo’zmetova Farangiz Azamatovna2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021