К содержанию
РецензированоUZ2026

SAMARASIZ YERLARDAN UNUMLI FOYDALANISH: BALIQCHILIK XO‘JALIGI – TABIAT VA IQTISODIYOT UCHUN YANGI IMKON

Xalilova Nigora Ixtiyorovna

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada respublikamiz miqyosida tuproq unumdorligi juda past bo’lgan yerlardan samarali foydalanish maqsadida aholi ehtiyoji mavjud bo‘lgan baliq turlari va baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish chora-tadbirlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: agrotexnika, baliqchilik xo‘jaligi, melioratsiya, baliqchilik hovuzlari, o‘txo‘r baliqlar, oq amur, oq do‘ngpeshona, forel. Respublikamiz miqyosida ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil qilish maqsadida tuproq unumdorligi juda past, sho’rlanishi darajasi yuqori, qishloq xo’jaligi uchun yaroqsiz, hatto tashlandiq deb hisoblangan yerlardan samarali foydalanish mumkin. Bunday yerlarni unumdor yerlarga aylantirish va turli ekinlar ekib foydalanishga yaroqli qilish uchun, yillar davomida agrotexnika xizmati, doimiy ravishda mahalliy va mineral o’g’itlar hamda katta miqdordagi mablag’ va mehnat sarflagandan ko’ra, shunga o’xshash yerlardan foyda ko’rish va foydalanish maqsadida xo’jalik turi va yo’nalishini o’zgartirgan holda samarali natijalarga erishish mumkin. Masalan: baliqchilik xo’jaligini tashkil qilish orqali. Baliqchilikni rivojlantirish va aholini baliq mahsuloti bilan ta’minlash uchun suv ombori, ko’llar, kanallar, baliqchilik xo’jaliklari shu jumladan hovuz baliqchilik xo’jaliklaridan keng miqyosda foydalanish mumkin. Yerlarni melioratsiyalash dasturini keng ravishda amalga oshirish natijasida kanallar, zovurlar va suv tashlaydigan inshootlari yil sayin ko’paymoqda. Xususan suv omborlaridan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish hamda baliqchilikni rivojlantirish maqsadida kompleks foydalanishni nazarda tutish, o’rinlidir. Mamlakatimizda melioratsiya tizimining keng rivojlanishi hovuz baliqchilik xo’jaligining rivojlanishiga imkoniyat beradi. Kanallar, zovurlar, tashlandiq joylarda baliqchilik hovuzlarini qurish mumkin. Ayniqsa, ko’l-hovuz xo’jaligi (Xaticha, Devxona, Sho’r ko’l, Zikri, Qaraqir) tashkil qilish maqsadga muvofiq. Baliq boqish hovuzi kelajakda undan boshqa maqsadda foydalanishni hisobga olib, kichik daryo qirg’oqlarida quriladi. Baliq boqish hovuzini uzoq muddat yaxshi saqlash maqsadida, uning meliorativ holatini yaxshilovchi tadbirlar amalga oshiriladi. Suvni tezroq va osonroq isishi nazarda tutilgan holda bu hovuzlar yo‘zaroq qilib qaziladi. Lekin yozda suvning haddan zuyod isib ketishini ham hisobga olib bir qismini 2 m atrofida chuqur qilish zarur. Hovuzlarda ma’lum me’yorda o’txo’r baliqlarni (oq amur va oq do`ngpeshona) saqlash va ular yordamida hovuzdagi ortiqcha o’tsimon o’simliklarni kamaytirish lozim bo’ladi. Oq do`ngpeshona fitoplankton bilan oziqlanishi tufayli eng ko`p yetishtiriladigan baliq bo`lib qoldi, chunki fitoplanktonni ko`paytirish uchun hovuzga o`g`it solishgina kifoya. Bu baliqni karp va oq amur bilan birgalikda yetishtirish ayniqsa samaralidir. Yirikroq baliqlarni o`stirish maqsadida baliqlashtirish me`yorlarini ishlab chiqish, hamda fitoplanktonlar mahsuldorligini oshirish uchun hovuzlarni o`g`itlashtirish istiqbolli hisoblanadi. 18 Oq amur balig’ga mahalliy bozorda ehtiyoj katta. Hozirgi baliqlchilikda oq do`ngpeshona balig’ga qo`shimcha baliq hisoblanadi. Oq amur potensialidan baliqchilikda tegishlicha foydalanilmayapti. Asosiy sabab-oziqlantirish texnologiyasining mukammal ishlab chiqilmaganligidir. Katta hovuzlar sharoitida oq amurni ozuqa bilan ta`minlash qiyin. Kichik hovuzlarda yetishtirilsa kelajakda bu baliq hovuz baliqchiligining asosiy obyekti bo`lib qolishi mumkin. Undan tashqari sovuq suvlarda yaxshi o‘sadigan baliqlardan biri kamalak gulbalig‘i (forel) balig‘idir. Ushbu baliq faqat tog‘li hududdagi kislorodga boy, past haroratli toza chuchuk suvlarda yashaydi. Kislorodga o‘ta talabchan bo‘lib, suvdagi boshqa ortiqcha moddalarning mavjudligi baliq hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamizning tog‘li hududlaridagi suv havzalarida ushbu baliqning tabiiy populyasiyalarini boqish va ko‘paytirish mumkin. Kamalak gulbalig‘i dunyoning ko‘p mamlakatlarida sun’iy va tabiiy suv havzalarida yetishtirilmoqda va aholi tomonidan sevib iste’mol qilinmoqda. Tog‘li viloyatlar sharoitida kamalak gulbalig‘ini tabiiy suv havzalarida qafas hamda besseyn sharoitida yetishtirilsa, aholini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlash yaxshi yo‘lga qo‘yiladi. Hovuzlarda asosan issiqsevar baliqlar (zog‘ora, xumbosh, oqcha, oq amur, oq do`ngpeshona va b.) boqilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Samaradorligi past yerlardan unumli foydalanish uchun baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etib, aholini ham sifatli baliq mahsulotlari ta’minlash ham baliqlar sonini ko‘paytirishga erishish mumkin. Baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etib unda o‘txor baliqlardan oq amur, oq do‘ngpeshona, gulbaliq va forel baliqlarini ko‘paytirish ayni muddao. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Jumanov Sh., Raximov B. O‘zbekistonda baliqchilik xo‘jaligini rivojlantirish // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. – 2022. – №3 (89). – B. 145-149. 2. Ismoilov I., Xo‘jaev S. Akvakultura va baliqchilikni rivojlantirish masalalari /

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada respublikamiz miqyosida tuproq unumdorligi juda past bo’lgan yerlardan samarali foydalanish maqsadida aholi ehtiyoji mavjud bo‘lgan baliq turlari va baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish chora-tadbirla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada respublikamiz miqyosida tuproq unumdorligi juda past bo’lgan yerlardan samarali foydalanish maqsadida aholi ehtiyoji mavjud bo‘lgan baliq turlari va baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish chora-tadbirla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
baliqchilik xo‘jaligi, agrotexnika, o‘txo‘r baliqlar, baliqchilik hovuzlari, oq amur, oq do‘ngpeshona, melioratsiya, forel.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники