Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
O’SIMLIKLAR JAMOALARINI KLASSIFIKATSIYALASH VA UNING AHAMIYATI
Obidova Niluzar Jo’raqo’zi qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This thesis provides information about plant classification or syntaxanomy - the process of distributing and organizing all plant communities in a given area based on hierarchical classification criteria that are subordinate to each other. Classification of plant cover (syntaxanomy) is one of the main sections of geobotany, while syntaxanomy is used only for organizing plant communities. It is noted that such division into groups has a number of advantages in studying plant communities. Keywords: classification, syntaxanomy, genetics, taxonomy, floristics, inductive direction, deductive direction. O‘simliklar jamoasi – muayyan hududda o‘suvchi o‘simliklarning o‘zaro bog‘langan majmuasidir. Ularni to‘g‘ri klassifikatsiyalash geobotanika, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Klassifikatsiya - muayyan hududdagi barcha o'simliklar jamoalari, tur tarkibi, morfologik va floristik jixatdan tartibga solinadi. Bunda jamoalarni tartibga solishda jamoalarni ifodalovchi sintaksanomik birliklar, yani sintaksonlardan foydalanadi. Fitotsenalogiyadagi o'simliklar qoplamini uni tashkil qiluvchi o'simliklar jamoalarini tasniflovchi sintaksanomiya keskin farq qiladi. Taksanomiya – o'simlik turlarini ularning morfologik, anatomik, genetik va geografik belgilar va mezonlarga asoslangan holda tizimlashtirirsh va tartibga solish jarayoni. Taksanomiya o'simliklar sistematikasining ajralmas bir bog'ini hisoblanadi. Muayyan hudud fkorasi tur, turkum qabila, oila, sinf va bo'lim kabi taksanomik birliklardan iborat. Masalan muayyan flora tarkibida uchraydigan turlarning soni 90 ta bo'ladigan bo'lsa demak u holda hudud florasi 90 taksondan iborat bo'lishi kerak. Turlar ular bo'ysinuvchi yuqoriroq taksonlarga birlashadi. O'simliklar qoplamini klassifikatsiyalash bir qator tamoyillarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu tamoyillarni rus olimi A.A.Nitsenko (1959) quyidagi 7 guruxga birlashtirgan: 1. Ekologo-morfologik; 2. Floristik; 3. Ekologo-floristik; 4. Genetik; 5. Ekologik; 6. Ekologo-fiziologik; 26 7. Xo'jalik; Bu tamoyillar asosiga qurilgan barcha metodlar ham geobotanika fani amaliyotida keng qo'llanib kelinadi deb bo’lmaydi. Faqat ularning ayrimlarigina yer sharining turli qit'alarida tadqiqotchilar tomonidan qo'llanadi. Klassifikatsiyalashdagi metodik yo'nalishlar: agar o'simliklar qoplamini klassifikatsiyalash bo'yicha metodik yo'nalishlar haqida gapiriladigan bo'lsa, bu borada klassifikatsiyalashning aosan 2 ta yo'nalishi mavjud: 1. Deduktiv yo’nalish; 2. Induktiv yo’nalish; Deduktiv yo'nalishda tasniflash yuqoridan quyiga tomon boradigani mavjud ob'ektlarni kichikroq sinflarga ajratish orqali amalga oshiriladi. Bunda tadqiqotchiga o'rganilayotgan obyektning xilma xilligi uning belgilari kabi ma'lumotlar haqida oldindan xabardor bo'lishi talab etiladi. Deduktiv yo'nalishdagi klassifikatsiyaga misol tariqasida o'simliklar qoplamini ko'plab fizigonomik metoddagi klassifikatsiyalashlarni keltirish mumkin. Yer sharini va uning aloxida hududlarini geobotanik rayonlashtirish deduktiv yo'nalishdagi klassifikatsiyalardan sanaladi. Induktiv yo'nalishdagi tasniflash sxemasi quyi darajadi taksonomik birliklarni tuzish orqali boshlanadi. Bu holatda tadqiqotchi u yoki bu taksonlarni ajratish uchun asos bo'ladigan belgilarni bilmaydi. Bu ma'lumotlar jamoalarni o'rganish orqali ular orasidan asta sekinlik bilan to'planib boradi. O'simliklarni klassifikatsiya qilishdagi induktiv yo'nalishga geobotanikadagi Braun- Blanke, miqdoriy va boshqa metodlarni kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi. Har bir klassifikatsiyalash yo'nalishida o'ziga xos metodlardan keng foydalanadi va har bir metodlarning eng ko'p qo'llaniladigan sintaksonlari mavjud. Masalan, klassifikatsiyalashning bir metodida asosiy sintaksion sifatida assotsiyalar qabul qilingan bo'lsa, boshqa metodda esa farmatsiyalar asosiy sintaksion sifatida e'tirof etiladi. Dominantlar bo'yicha klassifikatsiya mo'tadil iqlimli o'rmonlardagi o'simlik jamoalarini tizimga solish natijasida vujudga kelgan. Bu klassifikatsiyaning asosiy birligi sifatida farmotsiya qo'llanadi. Farmotsiya - ustun hayotiy shakllardagi bir xil dominantlarga ega bo'lgan o'simliklar jamoalaridir. Masalan, O'zbekiston tog'li mintaqalari siyrak o'rmonlardagi yong'oq (jugladenta), sariq do'lana (crataegeta ponticae), namatak (rosaeta caninae), sivers olmasi (maleta sieversiae) formatsiyalarini misol keltirish mumkin. Xulosa qilib aytganda o‘simliklar jamoalarining to‘g‘ri klassifikatsiya qilinishi tabiiy ekotizimlarni tushunish, ularni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv ekologik muammolarni hal qilishda va atrof-muhitni boshqarishda samarali vosita hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. SH.Tojiboyev, M.U.Tojiboyev, J.S.Matkarimov, A.A.Imirsanova Geobotanika Toshkent 2020. 2. S.M.Mustafayev, O'.A.Axmedov, M.S.Mustafayeva, M.T.Yulchiyeva Botanika Toshkent- 2012. 3. https://www.uznature.uz/uz 27
Доказательный фрагмент
«This thesis provides information about plant classification or syntaxanomy - the process of distributing and organizing all plant communities in a given area based on hierarchical classification criteria that are subo…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis provides information about plant classification or syntaxanomy - the process of distributing and organizing all plant communities in a given area based on hierarchical classification criteria that are subo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- classification, syntaxanomy, genetics, taxonomy, floristics, inductive, sintaksanomiya, taksanomiya, genetik, induktiv yo'nalish, klassifikatsiya, floristik, deduktiv yo'nalish.
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025