Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MARKAZIY, PARALLEL PROYEKSIYALASH VA ULARNING XOSSALARI
Turdiyeva Aziza Xamid qizi
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada alohida yordamga muhtoj shaxslar uchun yaratilayotgan inklyuziv ta’lim tizimining mohiyati, asosiy tamoyillari va ularning jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki aqliy cheklovlarga ega bo‘lgan shaxslar uchun teng ta’lim olish imkonini yaratish g‘oyasiga asoslanadi. Maqolada inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari, didaktik yondashuvlari hamda o‘qituvchi va jamiyatning bunday ta’limdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, inklyuziv muhitda ta’lim jarayonini tashkil etishdagi dolzarb muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar berilgan. Kalit soʻzlar: Inklyuziv ta’lim, alohida yordamga muhtoj shaxslar, teng imkoniyat, ta’limda inklyuziya, maxsus pedagogika, ta’lim muhitini moslashtirish, differensial yondashuv, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy integratsiya, pedagogik tamoyillar. Kirish: Insoniyat taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri – bu har bir shaxsning huquq va erkinliklarini to‘laqonli ta’minlash, ayniqsa, ijtimoiy tenglik, ta’lim olish imkoniyati va jamiyat hayotida faol ishtirok etish huquqidir. Shu jihatdan qaralganda, alohida yordamga muhtoj shaxslar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, ularning ta’lim olishi va ijtimoiy integratsiyalashuvi bugungi global jamiyatning e’tibor markazida turibdi. O‘zbekiston Respublikasida ham ijtimoiy inklyuziya va inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida turli xildagi cheklovlarga ega bo‘lgan shaxslar uchun umumiy ta’lim muassasalarida boshqa tengdoshlar bilan birgalikda, moslashtirilgan sharoitlarda, o‘ziga xos ehtiyojlari inobatga olingan holda ta’lim olish imkonini beruvchi ta’lim shaklidir. Bu tushuncha nafaqat pedagogik jarayonni, balki ijtimoiy, psixologik va madaniy muhitni ham o‘z ichiga oladi. Inklyuziv ta’limning asosida insonparvarlik, tenglik, hurmat, hamkorlik, xilma-xillikni qadrlash kabi tamoyillar yotadi. Bugungi kunda ta’lim tizimida alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim maktablariga qo‘shish, ular uchun moslashtirilgan o‘quv rejalarini ishlab chiqish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ota-onalar bilan tizimli ish olib borish kabi masalalar dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, bu sohada muayyan muammolar, to‘siqlar va qarama-qarshiliklar mavjud: moddiy-texnik baza yetishmasligi, malakali kadrlar tanqisligi, ijtimoiy stereotiplar va boshqalar. Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning nazariy asoslari, konseptual tamoyillari, amaliy qo‘llanilishi, xalqaro tajriba va O‘zbekistonda mavjud holat tahlil qilinadi. Shuningdek, alohida yordamga muhtoj shaxslarni ta’lim jarayoniga samarali jalb etish yo‘llari, mavjud muammolar va ularning yechimlariga doir ilmiy-amaliy takliflar ham bayon etiladi. Asosiy qism: 1. Inklyuziv ta’lim tushunchasi va mohiyati Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalar, shu jumladan alohida ehtiyojlarga ega shaxslar uchun umumiy ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim olish imkonini beradigan tamoyil va amaliyotlar yig‘indisidir. Bu konsepsiya 1994- yilda qabul qilingan Salamanca deklaratsiyasida alohida e’tirof etilgan bo‘lib, unda har bir bola o‘ziga qulay, moslashtirilgan va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlangan muhitda ta’lim olish huquqiga 114 ` ega ekani ta’kidlangan. Inklyuziv ta’limning asosiy g‘oyasi – bu ta’lim tizimini bolaga moslashtirish, emaski bolani tizimga moslashtirish. Inklyuziv yondashuv ta’limga faqat nogironligi bo‘lgan bolalarni emas, balki til, irq, madaniyat, ijtimoiy kelib chiqishi bilan ajralib turadigan barcha guruh vakillarini jalb qilishga qaratilgan. Bu esa ijtimoiy adolat, insonparvarlik va tenglik g‘oyalari asosida qurilgan zamonaviy ta’lim modelidir. Alohida yordamga muhtoj shaxslar toifalari alohida yordamga muhtoj shaxslar deganda, doimiy yoki vaqtinchalik jismoniy, aqliy, hissiy yoki ijtimoiy rivojlanishida muayyan cheklovlarga ega bo‘lgan bolalar tushuniladi. Ular quyidagi guruhlarga ajratiladi: Jismoniy cheklovlari bor shaxslar: nogironlik aravachasida yuradiganlar, qo‘l-oyoq harakatida muammosi bor bolalar; Ko‘rish/eshitish cheklovlari: ko‘zi ojiz yoki qulog‘i eshitmaydiganlar; Aqliy yoki intellektual rivojlanishdagi muammolar: aqliy zaiflik, autizm spektridagi buzilishlar; Davranish va hissiy buzilishlarga ega bo‘lgan bolalar; Ijtimoiy noqulay muhitda yashovchi yoki o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan bolalar. Bu toifalarning har biri o‘ziga xos yondashuv, pedagogik metodika va psixologik qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari Inklyuziv ta’lim quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi: Teng imkoniyatlar: har bir bola bir xil sharoitda sifatli ta’lim olish huquqiga ega; Individuallashtirilgan yondashuv: ta’lim dasturlari va uslublari har bir bola ehtiyojidan kelib chiqib moslashtiriladi; Hamkorlik: o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, ota-onalar birgalikda ishlaydilar; Moslashtirilgan muhit: maktab infratuzil
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada alohida yordamga muhtoj shaxslar uchun yaratilayotgan inklyuziv ta’lim tizimining mohiyati, asosiy tamoyillari va ularning jamiyatdagi o‘rni yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada alohida yordamga muhtoj shaxslar uchun yaratilayotgan inklyuziv ta’lim tizimining mohiyati, asosiy tamoyillari va ularning jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- proyeksiya yo‘nalishi., ortogonal proyeksiya, perspektiva, parallel proyeksiyalash, proyeksiya markazi, Markaziy proyeksiyalash
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021