Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
SAMARQAND SHAHRI VA UNING IJTIMOIY SOHADA TUTGAN O‘RNI
Husanov Suxrob Samariddin o’g’li
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article shows the high position of the city of Samarkand in the social sphere of the Samarkand region analyzes and develops a map model. It is also scientifically predicted that if these indicators are maintained in this direction or continue to grow in this trend, a huge demographic pressure will arise in the city and this pressure will cause many environmental, infrastructural and other problems. Key words: sustainable development, demographic pressure, city monopoly, unfavorable geo-urban environment, educational institutions. ГОРОД САМАРКАНД И ЕГО МЕСТО В СОЦИАЛЬНОМ ПОЛЕ ОБЛАСТИ Аннотация: в данной статье показано высокое положение города Самарканда в социальной сфере Самаркандской области, анализируется и разрабатывается модель карты. Также научно прогнозируется, что если эти показатели сохранятся в этом направлении или продолжат, расти в этом направлении, то в городе возникнет огромное демографическое давление и это давление вызовет множество экологических, инфраструктурных и других проблем. Ключевые слова: устойчивое развитие, демографическое давление, городская монополия, неблагоприятная геоурбанистическая среда, образовательные учреждения. Dunyo miqyosida har bir rivojlangan mamlakatning rivojlanish sabablarini o’rganmaylik, taraqqiyot sabablari orasida albatta mamlakatda joylashgan shaharlarning barqaror rivojlanishdagi o’rni katta ekanini ko’ramiz. Chunki, shaharlar bugungi global dunyoda mamlakatlarning iqtisodiy qudratini belgilab beruvchi asosiy vositalardan biri sanaladi. Shuningdek, shaharlar - bizning o'tmishimiz, hozirgi kundagi qudratimiz va istiqbolda rivojlanish quvvati va imkoniyatimizdir [1]. Shu sababdan shaharlarning demografik roli va urbanizatsiya darajasining barqaror rivojlanishdagi ahamiyatini o’rganishning yildan-yilga dolzarbligi oshmoqda. Ammo ko’pchilik avtoritar mamlakatlarda shaharlar rivojlanishi sun’iy dinamikada hamda rejalashgan holda amalga oshadi. Shaharlar 78 o’rtasida o’zaro iqtisodiy raqobat bo’lmaydi hamda rivojlanish jarayoni bir xil suratda, xuddi oldindan chizib qo’yilgandek amalga oshadi. Bunda shaharsozlik rivojida eng katta e’tibor markaz shaharga qaratiladi. Natijada, ma’muriy birlik doirasida shahar monopoliyasi vujudga keladi. Mustaqillik davrining dastlabki 20-30 yili davomida ko’plab Markaziy Osiyo mamlakatlari shaharlarida ham ushbu jarayon kuzatilgan va mana shu noqulay geourbanistik muhitning ta’siri hali ham shaharlarimiz rivojlanishiga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Xususan, Samarqand viloyatida ham juda katta ijtimoiy va demografik ko’rsatkichlariga ko’ra o’zi joylashgan viloyatda yaqqol yetakchi rolini bajarmoqda. Mazkur muammo oid masalalar A.S. Soliyev, S.K. Tashtayeva, M.M.Egamberdiyevalar tomonidan o‘rganilib, tarixiy, madaniy, turistik, demografik va urbanistik jihatlari ochib berilgan. Ammo, fikrimizcha Samarqand viloyatida joylashgan shahar va shaharchalarni mamlakat va viloyat hayotidagi ijtimoiy ta’siri va rolini o‘rganish, chuqur tadqiq qilish bosh vazifa sifatida qaralmog‘i lozim. Samarqand shahri viloyatdagi asosiy ma’muriy hududiy birliklardan biri hisoblanib, ijtimoiy sohalar bo’yicha ham viloyatning oldi ma’muriy birliklaridan biri sanaladi. Xususan, ta’lim sohasida ushbu juda yirik shaharning viloyatda ancha ustun ko’rsatkichlarga ega ekanligini ko’ramiz. Misol tariqasida, 2022-yil holatiga ko’ra, Samarqand shahrida viloyat aholisining 13.9 % qismi yashagan holatda viloyatdagi jami maktabgacha ta`lim tashkilotlari sonining 17.2 %i, ya’ni 921 tadan 159 tasi aynan markaz shahar hududida joylashganini ko’rish mumkin. Shuningdek, viloyatda jami tarbiyalanuvchilar soni 155835 nafar bolani tashkil bo’lib, shundan 18 %i ya’ni 28128 nafar aynan viloyatning markaz shahri bog’chalari tomonidan qamrab olingan [2]. Shuningdek, 2022-2023-o’quv yili mobaynida Samarqand viloyatidagi jami 1310 ta umumta’lim muassasasining 103 tasi aynan Samarqand shahrida ekani va bu mos ravishda viloyat umumta’lim muassasalarining 7.8 %ini tashkil etgan. 79 1-rasm. Samarqand viloyati ta’lim muassasalari xaritasi Qo’shimcha qiladigan bo’lsak, o’quv yili davomida viloyatda jami 766856 nafar o’quvchi maktablarda ta’lim olgan bo’lsa, shundan 13.9 %i ya’ni 107276 nafar aynan viloyatning markaz shahri maktablaridan ta’lim olgan. Bu ko’rsatkichlar shahar maktablarida o’quvchilar zichligining yuqori ekanini ham bildiradi. Tadqiqot davomida o’rta maxsus ta’lim tashkilotlarining (kasb-hunar maktabi, kasb-hunar kolleji, texnikum va litseylar) ham katta qismi birgina Samarqand shahrida joylashtirilganini ko’rish mumkin. Jumladan, Samarqand viloyatida jami 88 ta o’rta-maxsus ta’lim muassasalari mavjud bo’lgan holda, shundan 22 tasi viloyatning birinchi raqamli shahrida joylashgan. Muassasalarning deyarli 1/4 qismi birgina Samarqandda joylashgani shaharning viloyatdagi ijtimoiy-ta’limiy obrusi nihoyatda yuqorilab ketganini anglatadi. (1-rasm.) Albatta, oliy ta’lim tashkilotlarini joylashtirishda shaharlarning demografik, infratuzilmaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlari asos
Доказательный фрагмент
«This article shows the high position of the city of Samarkand in the social sphere of the Samarkand region analyzes and develops a map model.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article shows the high position of the city of Samarkand in the social sphere of the Samarkand region analyzes and develops a map model. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sustainable development, demographic pressure, city monopoly, demografik bosim, noqulay geourbanistik muhit, shahar monopoliyasi, ta’lim muassasalari., barqaror rivojlanish
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025