К содержанию
РецензированоUZ2025

XORIJLIKLARGA O‘ZBEK TILINI CHOG‘ISHTIRIB O‘QITISH METODIKASI ( KO‘PLIK SHAKLI MISOLIDA)

OrifjonovaUmidaxon Akmaljon qizi · XORIJLIKLARGAO‘ZBEKTILINI CHOG‘ISHTIRIBO‘QITISH METODIKASI

Международный журнал научных исследователей · 14 · 2025

Аннотация

This article presents a comparative analysis of the plural form in English and Uzbek. It also provides methodological recommendations and sample assignments for teaching this topicina comparative manner in bothlanguages. Keywords:comparison, grammar, plural, teaching, language. Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6O84-son Farmonida xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish, davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘zbek tilini o‘rgatishga doir ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish kabi bir qancha vazifalar belgilandi.2 Shu nuqtayi nazardan xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishga qaratilgan o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalarda kamchiliklar borligi hech kimga sir emas. Shu sababdan, bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sifatida xorijliklar uchun darslik, qo‘llanmalar yaratish, mavjudlarini zamonaviy yondashuvlar asosida yangilash kunning muhim masalalaridan biridir. 1Temirov J.Xorijliklarga o‘zbek tiliniqiyoslash orqali o‘rgatish. Toshkent: International Scientific and Preactical Conference, 2024. 2O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tiliningdavlat tili sifatidagi nufuzi vamavqeni tubdan oshirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Ushbu muammoning hal etilishi tilimizning xorijiy millatlar bilan muomala vositasiga aylantirilishi varivojiga sabab bo‘lishimumkin. Ushbu tadqiqotimizda bir-biriga qarindosh bo‘lmagan ikki oila tillari, ya’ni ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘plik shaklining o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlaymiz. Bu qiyosiy tadqiqot biz uchun xorijliklarga (assosan, inglizzabon bo‘lgan o‘zbek tili o‘rganuvchilari uchun) o‘zbek tilini chog‘ishtirib, o‘z ona tillariga qiyoslagan holda o‘zbek tilini o‘rganishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu jihatdan, inglizzabon talabalarga o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida, ot so‘z turkumini atroflicha o‘qitishda bu so‘z turkumining tarkibiga kiradigan va nutqimizda faol ishlatadigan ko‘plik qo‘shimchalarini ingliz tili bilan qiyoslab o‘rgatsak tildagi asosiy farqlar aniqlanadi va chalkashlikni olgan bo‘lishimiz mumkin. Misol uchun, o‘zbek tili ot so‘z turkumida ko‘plik qo‘shichasi -lar hisoblanadi, ingliz tilida esa -s, -es, -ies, kabi qo‘shimchalar ko‘plikni hosilqiladi. Ko‘plikqo‘shimchasiningo‘zbek tilidagimuqobilini o‘rgatishga o‘tadigan bo‘lsak: Til Birlik shakli Ko‘plikshakli O‘zbek tili Kitob Kitoblar Ingliztili Book Books O‘zbek tili Ruchka Ruchkalar Ingliztili Baby Babies Ingliztili Box Boxes Har ikkala tilda ham umumiy qoidalar bilan birga mustasno holatlar mavjud. Masalan, ingliz tilidairregular plural nouns (mustasno ko‘plikotlari)bor: Man Men Tooth Teeth Foot Feet Mouse Mice Goose Geese Person People O‘zbek tilida esa ayrim so‘zlar semantik jihatdan ko‘plikni bildirganligi uchun ularga -lar qo‘shimchasi qo‘shilmaydi: xalq, odamzod. O‘zbek tilida ko‘plik qo‘shimchasi asosiy so‘zning tovush tizimiga ta’sir qilmaydi: daraxt → daraxtlar. Ingliztilidaesa ba’zi so‘zlarning talaffuzi o‘zgaradi: Wife Wives Leaf Leaves Wolf Wolves Knife Knives Life Lives www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 O‘zbek tilida suv, qum, havo kabi so‘zlar odatda birlik shaklda keladi va ularning ko‘plik shakli ishlatilmaydi. Ingliztilidaham bunday so‘zlarmavjud va ularko‘plikshaklga egabo‘lmaydi: water, sand, air. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek va ingliz tillarida ko‘plik tushunchasi bor va u asosan maxsus grammatik qo‘shimchalar orqali ifodalanadi. Lekin ingliz tilida bu tizim murakkabroq bo‘lib, mustasno shakllari va maxsus talaffuz o‘zgarishlariga ega. O‘zbek tilida esa yagona -lar qo‘shimchasi yetarli bo‘ladi va semantikjihatdan ba’zi so‘zlarga qo‘shilmasligi mumkin. Quyida xorijliklarga o‘zbek tilida ko‘plik shaklini qiyoslash orqali o‘rgatishga doir na’munaviy topshiriq beramiz: Topshiriq: “Qoidani o‘zing top!” (Inductive Learning -Mustaqil qoidani chiqarish) Vazifa: Talabalarga ingliz va o‘zbek tillarida ko‘plik shakllari misollari beriladi. Ular

Доказательный фрагмент

«This article presents a comparative analysis of the plural form in English and Uzbek.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents a comparative analysis of the plural form in English and Uzbek. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
comparison, grammar, plural, teaching, language, til., grammatika, qiyoslash, o‘qitish, ko‘plik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники