К содержанию
РецензированоUZ2024

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA ISMOIL G‘ASPIRALINING ILM-MAʼRIFAT YO‘LIDAGI HAMKORLIGI

YO‘LIDAGI HAMKORLIGI · Yodgorova Soliha Obidjon qizi · Annotatsiya. Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy · Ismoil G‘aspiralining

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

This article analyzes the role of Mahmudkhoja Behbudi and Ismail Gasprinski in the Jadidism movement, their cooperation in the field of knowledge and enlightenment, and their efforts to lead Turkic peoples toward progress. Additionally, the article explores their activities in the fields of media and education, their mutual interactions, and the legacy they left behind. Keywords: Mahmudkhoja Behbudi, Ismail Gasprinski, Jadidism, knowledge and enlightenment, media, education, “Tarjimon” newspaper, “Oyna” journal. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston va boshqa musulmon o‘lkalari jadidchilik harakati ta’sirida taraqqiyot sari intila boshladi.Ushbu harakatning asosiy maqsadi im-ma’rifatni rivojlantirish, ta’lim tizimini isloh qilish, matbuot orqali xalqni uyg‘otish hamda ularni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish kabi muhim maqsadlarni ilgari surgan. Ismoil G‘aspirali va Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi ziyolilar bu jarayonda asosiy yetakchilar bo‘lib, ular turkiy xalqlarning diniy, ilmiy va madaniy rivojlanishi, ma’rifiy taraqqiyoti uchun matbuot va ta’lim orqali katta hissa qo‘shdilar. Ismoil G‘aspirali Rossiya imperiyasi tarkibidagi musulmon xalqlari uchun jadidchilik g‘oyalarini targ‘ib 186 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 qilgan va “Tarjimon” gazetasini nashr etgan bo‘lsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy bu g‘oyalarni Turkiston hududida amalga oshirishga harakat qilgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy G‘aspiralining izidan borib, uni o‘ziga ustoz deb bilgan. Ular matbuot va ta’lim sohasi orqali bir-biriga fikran yaqinlashib, jadidchilik harakatining rivojlanishida muhim ishlarni amalga oshirishgan. Ismoil G‘aspirali 1883-yilda “Tarjimon” gazetasini nashr etib, unda musulmon xalqlarining rivojlanishi uchun ta’lim, til va matbuot muhim vosita ekanimi ilgari surgan. Uning “Tilda, fikrda va ishda birdamlik” shiori turkiy xalqlar orasida katta e’tibor qozongan va jadidchilik harakatining asosiy tamoyillaridan biriga aylangan. U eski madrasalardagi ta’lim tizimini tanqid qilib, yangi maktablar – usuli jadid maktablarini yaratish zarurligini ta’kidlagan. Uning g‘oyalari qisqa vaqt ichida Qirimdan tashqariga chiqib, Turkiston, Kavkaz va Qozon hududlariga tarqalgan. Matbuot sohasi G‘aspiralining ham Behbudiyning ham faoliyatida muhim o‘rin tutgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy Ismoil G‘aspiralining fikrlarini katta qiziqish bilan o‘rganib, uning “Tarjimon” gazetasiga obuna bo‘lib, unda muntazam ravishda maqolalar chop etgan. 1904–1914-yillar orasida Behbudiy “Tarjimon” gazetasining sahifalarida Turkiston jadidchilik harakati, yangi usul maktablari, ilm-ma’rifatning ahamiyati va matbuotning roli haqida 34 ta maqolasi e’lon qilingan. Bu esa Turkiston ziyolilari orasida jadidchilik g‘oyalarining tarqalishiga katta hissa qo‘shgan. G‘aspirali o‘zining “Tarjimon” gazetasi orqali o‘z yurtining xalqini uyg‘otishga harakat qilgan bo‘lsa, keyinchalik Behbudiy “Oyna” gazetasi orqali xuddi shu maqsadni Turkistonda amalga oshirgan. Behbudiy “Tarjimon” gazetasidan ilhomlanib, 1913-yilda “Samarqand” gazetasini va “Oyna” jurnalini nashr eta boshlagan. Ushbu nashrlar jadidchilik g‘oyalarini ommalashtirish va xalqni uyg‘otish vositasi bo‘lgan. Behbudiy gazeta va jurnallarda ilmga, madaniyatga va taraqqiyotga undovchi maqolalar e’lon qilgan. U bu orqali xalqni o‘z huquqlari, ta’limning ahamiyati va dunyodagi siyosiy voqealar bilan tanishtirgan. Ismoil G‘aspirali o‘z faoliyatida yagona turkiy adabiy til yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratgan bo‘lsa, Behbudiy ham bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan va Turkistonda til islohoti haqida maqolalar yozgan. U G‘aspiralining tilga oid qarashlarini amaliyotga tatbiq etib, “Oyna” jurnalini “turkiy va forsiy” tilda nashr etgan. Behbudiy til birligi orqali turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuviga erishish mumkinligini ta’kidlagan. 187 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 Behbudiy 1903-yilda Samarqandda ilk jadid maktabini ochgan va yosh avlodni zamonaviy ta’lim olishga undagan. Samarqandning Namozgoh jome masjidi atrofida Mahmudxo‘ja Behbudiy ajdodlariga qarashli keng va obod bog‘ bo‘lgan. Katta hududdagi olmazor va tokzorga, albatta, Samarqandning iqlimi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Bog‘dan kelgan daromadni Mahmudxo‘ja samarqandlik bolalar uchun darsliklar olish, yangi maktab qurilishi va zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun sarf qilgan. U o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda G‘aspiralining yondashuvlaridan foydalangan, maktablarda o‘qitish uchun ko‘plab darsliklar yozgan hamda yangi usulda dars beradigan o‘qituvchilar tayyorlashga e’tibor qaratgan [5]. Bu maktablarda Qur’on ilmi, islom tarixi kabi diniy fanlar bilan birga matematika, geografiya, adabiyot, tarix, rus va turkiy tillar o‘qitilgan. Maktablarda she’rlar, maqolalar va sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga, shuningdek, zamon talabiga mos ravishda Turkiston musulmonlarining sha’ni va obr

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of Mahmudkhoja Behbudi and Ismail Gasprinski in the Jadidism movement, their cooperation in the field of knowledge and enlightenment, and their efforts to lead Turkic peoples toward prog…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of Mahmudkhoja Behbudi and Ismail Gasprinski in the Jadidism movement, their cooperation in the field of knowledge and enlightenment, and their efforts to lead Turkic peoples toward prog… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mahmudkhoja Behbudi, Ismail Gasprinski, Jadidism, knowledge and, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ismoil G‘aspirali, “Tarjimon” gazetasi, ta’lim, matbuot, “Oyna” jurnali., jadidchilik, ilm-ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники