К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUV JARAYONINI SIFATLI TASHKIL ETISH YUQORI TA’LIM OLISH GAROVIDIR

TA’LIM OLISH GAROVIDIR · Baxridinov Zafar Sharofiddinovich · O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article covers interactive methods being implemented in the educational process at higher military educational institutions, modern forms of teaching, innovations in the system and field, as well as interactive methods and their developments that serve to increase the effectiveness of the educational process. Keywords: educational institution, interactive method, Venn diagram, insertion, systemic thinking, comparison, juxtaposition, analysis. Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va bo‘shliqning oldini olish borasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ilgari surgan g‘oyalari amalda tatbiq etishga qaratilgan qator vazifalarni qo‘ymoqda. “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib 41 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Hozirgi kunda oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kirib keliyotgan interfaol metodlarini, zamonaviy o‘qitish shakllarini, tizimdagi va sohadagi yangiliklar bilan doimiy tanishish ulardan xabardor bo‘lish talab etiladi. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Interfaol metodlar – ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikda harakat qilishlarini ta’minlovchi metodlar hisoblanadi. Bu turdagi metodlarning asosini interfaollik tashkil etadi. Interfaollik ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga ega bo‘lishlari demakdir. Bu turdagi metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quvbilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi (pedagog)lar tomonidan interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadli, samarali qo‘llanilishi talabalarda muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi. Ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash o‘quv materiallarining talabalar tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Bugungi kunda ta’lim amaliyotida 700 ga yaqin interfaol metodlar qo‘llanilmoqda. “Sindikat” strategiyasi. Dastlab tayanch tushunchaning mohiyati haqida so‘z yuritiladi. “Sindikat” (yunon. “birgalikda harakat qilish”, “maslakdoshlik”) strategiyasi o‘quvchilarda muammoni ijodiy o‘rganish, nazariy bilimlarni umumlashtirish, tizimlash asosida fikrni qisqa va aniq bayon qilish qobiliyatini tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir guruh yagona topshiriqni uch xil variantda hal etishi lozim. Masalan: o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini 1-guruh sxema, 2-guruh klaster, 3-guruh esa jadval tarzida ochib berishi kerak. Guruhlar topshiriqni bajarib 42 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 4 (50) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 bo‘lishgach, ular tomonidan taqdim etilgan yechim (ishlanma)lar jamoa tomonidan muhokama qilinadi. Strategiyani qo‘llash tartibi quyidagicha: O‘qituvchi kursantlarni strategiyaning mohiyati bilan tanishtiradi Kursantlar uchta kichik guruhlarga bo‘linadi Kichik guruhlarga to pshiriqlar beriladi Topshiriqni bajarish uchun vaqt h ajmi (10-15 daqiqa) belgilanadi Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, kichik guruhlar o‘z

Доказательный фрагмент

«This article covers interactive methods being implemented in the educational process at higher military educational institutions, modern forms of teaching, innovations in the system and field, as well as interactive m…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers interactive methods being implemented in the educational process at higher military educational institutions, modern forms of teaching, innovations in the system and field, as well as interactive m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
educational institution, interactive method, Venn diagram, insertion, tahlil qilish., interfaol metod, taqqoslash, insert, ta’lim muassasasi, solishtirish, venn diogramma, tizimli fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3