МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
Прекрасные имена Аллаха в традиционных главах поэмы Алишера Навои "Лисон ут-тайр"
Dilshodbek TURAEV
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 346-351 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются аяты, в которых Асмауль Хосна, красивые имена Аллаха упоминаются непосредственно Аллах, в традиционных главах эпоса Алишера Навои «Лисон-ут- Коран, Таир». Особое внимание уделяется стихам, воспетым аят, аят, поэтом, обсуждаются их смыслы и значение в жизни раб. человека. В связи с этим даются комментарии о том, как и с какой целью в эпосе упоминаются имена Аллаха и их роль в художественном творчестве. Alisher Navoiy buyuk mutafakkir turkiy va forsiy tillarda Benazir ijod qilgan so‘z mulkining sultonidir. Uning asarlarini anglab, tushunib o‘qigan har bir ilm ahli haqiqat va ma’rifat sirlari yashiringan xazina deya e’tirof etadi. Chunki tarix va tasavvuf aks etgan, ilm va amallar haqida so‘z yuritilgan, islom va iymon nuri bilan yoritilgan, Allohga bo‘lgan cheksiz muhabbat ila yo‘g‘rilgan bu o‘lmas meros inson tafakkurini teranlashtiradi. Bu borada Ergash Ochilov shunday yozgan edi: “Alisher Navoiy merosi yuksak bir tog‘ga o‘xshaydi. Uzoqdan shundoqqina qo‘l yetguday masofada ko‘rinsada, u beqiyos ijod olamiga kirib borganingiz sari uning naqadar ulug‘vorligini his qilasiz.” Albatta bunday yuksak ma’no mazmun berish insondan g‘oyat chuqur bilim va o‘tkir aql talab etadi. Navoiy mana shunday daholardan biri edi. U adabiyotni ijodida haqiqiy san’at darajasida ko‘rsata bera oldi. Undan shu qadar ko‘p ijodiy meros qoldiki, yozgan asarlari jahon adabiyotining ulkan boyligiga aylandi. Shoir ijodi keyingi o‘tgan davrlar adabiy muhitining shakillanishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Jumladan: Ogahiy, Andalib, Uvaysi kabi yuzlab shoir-yozuvchilar Navoiyni ustoz deb bilib, uning g‘azallariga muxammaslar bitishdi. Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Oybek va Isajon Sulton kabi taniqli yozuvchilar esa shoir hayotini aks ettiruvchi o‘lmas asarlar yozdilar. XX–XXШ asrlarga kelib Alisher Navoiy asarlarini nafaqat chop etish balkim ularni har jihatdan chuqur ilmiy tadqiq qilish olimlar tomonidan keng ko‘lamda amalga oshirildi. Ular orasidan Aziz Qayumov, Abduqodir Hayitmetov,Abdurashid Abdug‘afforov, Alibek Rustamov, Vohid Abdullayev, Ibrohim Haqqulov, Suyima G‘aniyeva, Nazzora Bekova kabi navoiyshunos olimlarning tadqiqotlari ahamiyatga molikdir. Alisher Navoiy ijodida muhim o‘rin tutgan Navoiy gulshanining gavharlaridan biri “Lison-ut-tayr” dostonidir. Doston shoirning keksalik chog‘ida 1499-yilda Farididdin Attorning “ Mantiq-ut tayr” asari ta’sirida yozilgan. Uning hajmi 193 bob 7366 baytni tashkil etadi. Asar jami 9 ta an’anaviy boblardan iborat bo‘lib, Allohga hamd, Allohga munojot, Nuri Muhammadiy tarixi, 4 xalifa ta’rifi, Fariduddin Attor ta’rifiga bag‘ishlanadi. Ananaviy boblarida Allohga bo‘lgan muhabbat va ehtirom chuqur ifodalangan bo‘lib uning turli xil go‘zal ismlari borasida so‘z yurutiladi va shoir bu ismlarning haqiqatlariga nazar tashlaydi. Biz ushbu ananaviy boblardagi Allohning go‘zal ismlari keltirilgan baytlarni topib tahlil qildik. “Asmo-ul husna” bu Allohning go‘zal ismlari bo‘lib, bu haqida “Qur’oni Karim”da shunday deyilgan: “Eng go‘zal ismlar Allohnikidir. Bas unga ular ila duo qiling” (Arof surasi 180-oyat) 347 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 2 (2025) / ISSN 2181-3701 Abu Hurayra roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallollohu alayhi vasallam: “Allohning 99 ta ismi bor. Kim ularni yod olsa jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqlikni yaxshi ko‘radi” dedilar. Alisher Navoiy asarlarining an’naviy boblarida “Asmo-ul husna” haqida, tadqiqotlarda umumiy ma’lumotlar berib o‘tilgan, biz esa, tanlagan mavzuyimiz doirasida kengroq yondashishga harakat qildik. “Lison- ut tayr” dostonida keltirilgan Allohning go‘zal ismlarini o‘rganish, Navoiy shaxsiyati va badiiy mahoratini chuqur anglashga, eng asosiysi Allohni yaqindan tanishga xizmat qiladi. Shoir Allohning go‘zal ismlaridan foydalanib, asarning badiiy jozibasini yanada boyitadi. Bu esa adabiyotda badiiy ifoda vositalarini kengaytirishga sabab bo‘ladi. Dostonning muqaddimaviy boblarda “Asmo- ul-husna”-ni o‘rganish nafaqat diniy bilimlarni balki, ma’naviyatni yuksaltirish va axloqiy tarbiya uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bayt: Ollo-ollo o‘lturur sharmandaliq Yodima kelsa bu yanglig‘ bandaliq Sharh: Ey allohim sanga qilgan bu yanglig‘ bandaligim yodimga tushsa sharmandalik meni o‘ldiradi. Ushbu baytda Robbimizning buyuk Alloh ismi keltirilgan. “Alloh- sherigi va o‘xshashi bo‘lmagan yakka-yu yagona har qanday nuqsonlardan munazzah (xoli), har biri cheksiz xazina bo‘lgan go‘zal ismlarni qamrab olgan ismlarning sultonidir’’. Alloh ismi uning zoti va barcha sifatlarini o‘zida namoyon etadi. Kishi o‘zini musulmon sanar ekan uning borligi va birligini dilida ham tilida ham tastiqlashi shart. Zero “Shahodat kalimasi” mazmuni ham ayni shudir. Baytning birinchi misrasida Alloh ismining ikki marta takrorlanishi uning kuch-qudrati va naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi. Sharmandalik bu ins
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются аяты, в которых Асмауль Хосна, красивые имена Аллаха упоминаются непосредственно Аллах, в традиционных главах эпоса Алишера Навои «Лисон-ут- Коран, Таир».»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются аяты, в которых Асмауль Хосна, красивые имена Аллаха упоминаются непосредственно Аллах, в традиционных главах эпоса Алишера Навои «Лисон-ут- Коран, Таир». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Asmo-ul-husna, Аллах, Asmo-ul husna, bayt, Quran, Alloh, Коран, Асмауль Хосна, verse, раб..., servant..., Qur’on, аят, oyat, Allah, banda…
Смежные источники
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИЛутвия Сулейман кызы Аскерзаде2022
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИСувонова Джумагуль Рашидовна2022
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024