МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
Типы изобразительных средств в китайском переводе произведения "Где есть свет, есть тень"
Dildora UMAROVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 215-219 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В качестве важнейших особенностей художественного художественный язык, языка нами выделены образность и эмоциональность. изобразительное Средства, служащие для живого изображения предметов средство, художественного произведения и яркого выражения художественное выражение, чувств и переживаний, обобщенно именуются «средствами образность, художественного изображения и выражения». Как художественный перевод, отмечалось в статье, эти средства не являются изобразительные средства определяющими чертами художественного языка, а в переводе. выступают в качестве элементов, усиливающих образность и эмоциональность, которые, в свою очередь, являются его ключевыми характеристиками. Badiiy asarda muallif o‘z muddaosini ro‘yobga chiqarish uchun tasviriy va ifodaviy vositalardan foydalanadi. Asardagi tabiat manzaralari kitobxonning biror narsa haqida tasavvur hosil qilishi, muayyan tuyg‘uni his etishi, ko‘rish, eshitish mumkin bo‘lgan narsa va obrazlarni inson ongida hosil qiluvchi unsurlar tasviriy vositalar hisoblansa, asarda so‘z va iboralarning turli ma’no tovlanishlari, majoziy xususiyatlari, voqea-hodisalarni turli yo‘llar bilan ifodalash usullari – ifodaviy vositalar sanaladi. Badiiy tarjimada tasvir vositalarining qayta yaratilishi va bunda so‘z tanlash muammosi tarjimondan zo‘r mahorat talab etadi. “Tarjimon – asarni boshqa tilda, ya’ni ona tilida qayta yaratish uchun muallif fikrini ancha pishitadi, o‘ziga singdirib oladi, keyin matn xarakteriga qarab muqobil so‘z tanlaydi, bu so‘zlar ma’nosi, jarangdorligi, shakli, uslubiy muqobilligi, asl nusxadagi fikrni iloji boricha to‘laroq ifodalash tashvishida yonadi” – deb yozadi G‘aybulla Salomov. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-estеtik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi natijasida yuzaga kеladi, ular tasvirning jonli va to‘laqonli bo‘lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. Badiiy obrazning metaforiklik bilan chambarchas bog‘liq yana bir muhim xususiyati assotsiativlik hisoblanadi. Aslida assotsiativlik – umuman inson tafakkuriga xos xususiyat. Zero, tashqi olam ta’sirida ongimizda biror narsaning aksi paydo bo‘lishi hamono u bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ham uyg‘onadi. Masalan, “qish” deyilishi bilan xayolimizda assotsiativ tarzda “qor”, “sovuq”, “po‘stin”, “chana” kabi u bilan bog‘liq tushunchalar gavdalanadi. Umuman tafakkurga xos bu xususiyat obrazli tafakkurda yuksak darajada namoyon bo‘ladi, deyishimizning sababi shundaki, reallikda ko‘rilgan bir narsa san’atkor xayolida butunlay boshqa bir narsani, u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan narsani uyg‘otishi mumkin. Jumladan, yuqorida ko‘rib o‘tilgan misollarda metaforiklik assotsiatsiyalar asosida yuzaga chiqqan. Masalan, sassiq hovuzdagi baliq assotsiativ tarzda biqiq muhitdagi inson bilan mazmuniy bog‘lanadi. Semantik satxdagi og‘ishlar. Ma’lumki, nutq jarayonida biz so‘zlarni o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda qo‘llashimiz mumkin. So‘zning odatiy ma’nosidan o‘zga ma’noda qo‘llanishi semantik satxdagi og‘ish sanaladi. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarning umumiy nomi trop (ko‘chim) deb yuritiladi. So‘z ma’nosi ko‘chishining, tropning 216 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701 metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya singari bir qator ko‘rinishlari mavjud. Badily asarda qo‘llanilgan ko‘chimlar ishlatilish jiddiy farqlanadi: darajasi, badiiy bo‘yoqdorligi, ta’sirchanlik darajasi kabi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. a) ko‘chimlarning bir qismi allaqachon til hodisasiga aylanib ulgurgan. Masalan, “kun botdi”, “soat yuryapti” kabi birikmalarda so‘z ma’nosi ko‘chganligi aniq, biroq biz ularga shu darajada ko‘nikib ketganmizki, hozirda ularga ko‘chim sifatida qaramaymiz ham. Badily asar matnida mazkur ko‘chimlar qo‘llanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estetik maqsad bilan semantik satxda og‘ishga yo‘l qo‘ygan deya olmaymiz, zero, ular yozuvchi tomonidan tayyor holda olingan. Baski, bu xil ko‘chimlar matnda estetik funksiya bajarmaydi, ularni badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib bo‘lmaydi; b) asar matnida badiiy adabiyotda an’anaviy tarzda ishlatilib kelayotgan ko‘chimlar ham kop uchraydi. Masalan, “shakar lab”, “gul yuz”, “bulbul”, “sarvqomat”, “qoshi kamon” va hokazo. Bu xil ko‘chimlar ham yuqoridagilar singari tayyor holda olinadi, biroq ulardan farqli o‘laroq, matnda estetik funksiya bajaradi: tasviriylikni, ifodaviylikni kuchaytiradi; v) badiiy-estetik funksiyadorligi, tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirishi jihatidan muayyan matndagina ko‘chma ma’noda qo‘llangan, muallifning assotsiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq, dunyoga kelgan ko‘chimlar alohida o‘rin tutadi. Ularni shartli ravishda “xususiy muallif ko‘chimlari” deb atashimiz mumkin. Shu xildagi ko‘chimlargina yozuvchining muayyan badiiy-estetik maqsadni ko‘zlab yo‘l qo‘ygan semantik satxdagi og‘ishi natijasi bo‘lib, uning badiiy t
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В качестве важнейших особенностей художественного художественный язык, языка нами выделены образность и эмоциональность.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В качестве важнейших особенностей художественного художественный язык, языка нами выделены образность и эмоциональность. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Artistic language, enhance imagery and emotionality, which in turn are its key, imagery, artistic expression, tarjimada tasvir vositalari, изобразительные средства в переводе, badiiy ifoda, obrazlilik, художественный перевод, artistic translation. image tools in translation, Badiiy til, visual means, изобразительное средство, художественное выражение, образность, badiiy tarjima, Художественный язык, tasviriy vosita
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019