К содержанию
РецензированоUZ2026

QADIMGI O‘RTA OSIYO XALQLARINING MADANIYATIDA HUDUDIY-MINTAQAVIY TUSHUNCHASI

MINTAQAVIY TUSHUNCHASI · Muxamedziyanov Kamil Taxirovich

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanʼati va madaniyatida baxshilarning ijro yo‘llari insoniyat madaniyati rivojlanishiga muhim oʻrin tutgani haqida ma’lumotlar keltirilgan Kalit so‘zlari: Madaniyat, Sharq, urf-odatlar, cholg‘ular, baxshi, doston. Mahalliy-mintaqaviy musiqa inson hayotining ba’zi elementlarini meros qilib olganlar. Keyinchalik “Kitobi Qo‘rqut” turkumiga kirgan ko‘pgina epik afsonalar O‘rta Osiyo xalqlarining eposini shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, xalq ijodi va mahalliy professional an’ana kelajakda og‘zaki an’anandagi professional musiqiy asarlar yaratilishiga asos bo‘ldi. Ayrim keng tarqalgan maqom kuy tuzilmalarining turkcha, masalan “Avji turk” deb atalishi ham bejiz emas. Ehtimol, vafot etgan kishining jasadi tepasida go‘yandalar tomonidan ijro etiladigan marsiya aytib, yig‘lash odati ham qadimgi turk qabilalaridan qolgandir. Ehtimol, o‘zbek baxshilari turk xalq xonanda- azonchilarining ijodiga mansub ifoda uslublaridan foydalanishgandir, zero buni o‘zbek folklorining rang-barangligi, uning kuy, lad va ayniqsa ritmik tuzilishida ko‘rish mumkin. O‘zbek musiqasining turk musiqasi bilan o‘zaro bog‘liqligini professor Abdurauf Fitrat o‘zining “O‘zbek klassik musiqasi tarixi” risolasida asosli tarzda yoritib borgan edi. Ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. O‘zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari O‘rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog‘langandir. O‘rta Osiyo musiqa asboblarining asosan urma-zarbli cholg‘ulari, puflama cholg‘ulari va torli sozlar turlari cholg‘ulari paydo bo‘lgan edi. Urug‘chilik jamiyatining yemirilishi Baqtriya, Sug‘diyona va Xorazm davlatlarining paydo bo‘lishi, Ahmoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvi, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-Baktriya podsholigining vujudga kelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrgacha bo‘lgan katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Qahramonlik afsonalari, epik qo‘shiqlar O‘rta Osiyo xalqlarining o‘z mustaqilliklari uchun olib borgan kurashlarini madh etuvchi dastlabki musiqiy asarlar turkumiga mansubdir. Xudolarga sig‘inish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil marosimlarda ham qo‘shiqlar aytilgan. Bu haqda Avesto kitobida bayon qilingan xudolarga sig‘inish bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo‘shiqlar aytilib, raqsga tushishgan. O‘rta Osiyo tarixida antik davr (eramizdan oldingi IV asrdan eramizning III asrigacha) madaniyati alohida ahamiyatga ega bo‘lib, arxeologik topilmalarda grek musiqa asboblarining tasviri saqlanib qolgan. Masalan, Ayritom qazilmalarida qo‘sh avlosni uchratish mumkin. Qadimgi O‘rta Osiyodagi antik madaniyatning ko‘pgina xususiyatlarini aniqlagan holda atoqli sharqshunoslar uni bilishning o‘ziga xosligini, aytaylik, musiqa asboblarida (nay, ud, 39 ` doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatib berdilar. Mahalliy an’analarning yunon, hind va boshqa xalqlar an’analari bilan chatishib ketishi so‘zlarda ham o‘z aksini topganligi o‘sha davr madaniyatining o‘ziga xosligidan dalolat beradi. Garchi Gresiyaning O‘rta Osiyo musiqa madaniyatiga ta’sirini o‘rta asrdagi olimlarning musiqaga doir risolalarida uchratish mumkin. Lekin, keyinchalik bu ta’sir asta - sekin yo‘qola bordi. Afrosiyobdan topilgan ko‘pgina haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirini ko‘rish mumkin. Sharq mamlakatlarida bo‘lgan barcha asboblarda chalib xalq marosimlarida ishtirok etardilar. Shu davrda ko‘zga ko‘ringan musiqa asboblaridan chang (arfa), dapp (doira), nay - xalq orasida tarqalgan edi. Bundan tashqari sharq allomalari ham o‘z asarlarida musiqa ilmiga to‘xtalib insonlarga ruxiy quvvat beradigan hamda uni kuylash va tinglash bemorlarni sog‘lomlashishiga olib kelishi haqida aytib o‘tganlar. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Qodirov P. Jahon mamlakatlari. 53 b. T., 2009. 2. Мирхайдарова З.М. Жақон халқлари мусика санъатининг ривожланиш жараёни. 42 б. Т.; 2009. 3. Эолян И. Традиционная музыка арабского Востока. М.; 1990. 4. O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. V jild, 484-488 betlar. T., 2003. 5. Музыкальная энциклопедия. Иранская музыка. II т. с.561-569. М., 1974. 6. Matyoqubov O. Og‘zaki an’nanadagi professional musiqa asoslariga kirish. 6-7 b. T., 1983. 7. Барбад: Эпоха и традиции культуры. с. 10-17. Душанбе., 1989. 8. Ғофурбеков Т. Сайланма. 21 б. Т., 2009. 9. Виноградов В. С. Классические традиции иранской музыки. с. 105-115. М., 1982. 10. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T., 2017. 11. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, Demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatasining qo‘shma majlisid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sharq, Madaniyat, urf-odatlar, baxshi, doston., cholg‘ular
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники