К содержанию
РецензированоRU2026

QIRQBO’G’IMTOIFALAR BO’LIMI TAVSIFI TUZILISHI TARQALISHI SISTEMATIKASI

Jamoliddinova Robiya Fazliddin qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis provides information on the systematics, distribution, importance, habitat, and reproductive types of representatives of the phylum ( Eguisetophyta) Kalit so’zlar: Ildizpoya , vegetative organ, generative organ, sporangiy, spora sporafit, anteridiy, arxegoniy. Кючевые слова: Корневище, вегетативный орган, генеративный орган, спорангий, спора, спорофит, антеридий, архегоний. Keywords: Rhizome, vegetative organ, generative organ, sporangium, spore, sporaphyte, antheridium, archegonium. Qirqbo’g’im (Eguisetophyta). Bu oilaga birgina qirqbo’g’im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari barcha joylarda o’sadi. Suv havzalarida juda ko’plab uchraydigan dala qirqbo’g’imi( Equisetum arvense) esa asosiy vakillardan biri hisoblanadi. Qirqbo’g’im poyasining pastki qismi yerda o’sib, ildizpoyaga aylanadi. Ildizpoya ham, yer ustidagi novda singari bo’g’imlarga bo’lingan bo’ladi. Ildizpoyaning bo’g’imlaridan bir talay mayda ildizlar chiqadi. Poya bilan ildizpoyaning uchlarida o’sish nuqtasi bo’ladi. O’sish nuqtasi bir biriga zich taqalib turadigan qinlar bilan qoplangan. Qirqbo‘g‘im toifa o‘simliklar bo‘limning sistematikasi ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular 4 ta sinfga bo‘linadi: 1. Gieniyasimonlar(Hyeniopsida). Bu sinfga devon davridagi yotqiziqlarda topilgan eng qadimiy vakillar kiradi.Bu o‘simliklar bukilgan past bo‘yli butalar bo’lib, shoxlari mayda, barglari halqasimon joylashgan.Sporangiylari yumshoq boshoqchaga to‘plangan.Sporafillari dixatomik tipda shoxlangan bo‘lib,sporangiylari orqaga qayrilgan ayrisimon shoxchalarning uchida joylashgan.Gieniyasimonlar psilofit va bo‘g‘imlilar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in hisoblanadi 2. Ponabargsimonlar (Sphenophyllopsida). Bu sinfga kiruvchi o‘simliklar dastlab devon davrida paydo bo‘lgan, toshko‘mir va perm davrining boshlarida avj olgan, perm davrining oxiri trias davrining boshlariga kelib yo‘qolib ketgan.Ular past bo‘yli o‘simlik bo‘lib, o‘rmon botqoqliklarida o‘sgan.Barglari bandsiz bo‘lib, chetlari butun yoki dixotomik tipda bo‘ladi. Ko‘payish organi sporangiylardan iborat bo‘lib, sporalar bir xil kattalikda, har qaysi sporafilda 3-4 tadan sporangiy bo‘ladi.Paleobataniklar ponabargsimonlar botqoqliklarda o‘sganligi uchun ularni suv o‘simligi deb hisoblashadi. 131 3. Kalamitsimonlar(Calamitopsida) Bu sinf nafaqat qazilma qirqbo‘g‘imlarni balki hozirgi zamon qirqbo‘g‘imlarning ham dastlabki ajdodi hisoblangan. Morfologik jihatdan kalamitlar qirqbo‘g‘imlarni eslatadi, lekin 10 barobar katta bo‘lgan.Qazilma qoldiqlarga ko‘ra, kalamitsimonlar daraxtsimon o‘simliklar bo‘lgan.Novdalari monopadial shoxlangan.Paleozoy erasining sernam va iliq iqlimli sharoitida ularning vegetatsiyasi yil bo‘yi davom etganligi uchun poyasida yillik halqalar hosil bo‘lgan. Balandligi 8-10 m, ba'zan 20 m gacha yetgan.20 metrgacha yetganlarining poyasida bo‘g‘in oraliqlarining ichi g‘ovak bo‘lgan.Kalamitlarda ham kuchli ildizpoya rivojlangan. Ularda sporafillar qalqonsimon shaklga ega bo‘lgan. Kalamitlar sporalardan ko‘payadi, sporalar esa sporangiyli boshoqlarda yetiladi. Kalamitlar paleozoyning oxiri mezozoyning boshlarida iqlimning o‘zgarishi tufayli yo‘q bo‘lib ketgan. Kalamitlarning toshga aylangan qoldiqlari Primoriya, Koreya yarim oroli, Vyetnam, O‘rta Osiyoda topilgan. 4. Qirqbo‘g‘imsimonlar(Eguisetopsida). Bu sinfining bitta oilasi qirqbo‘g‘imdoshlar- Eguisetaceae boplib, turkumi ham bitta qirqbo‘g‘im Eguisetum hisoblanadi. Oilaning O‘zbekistonda 2 ta turi o‘sadi.Qirqbo‘g‘imning lotincha nomini birinchi bo‘lib Rim tabiatshunosi Pliney ishlatgan. U qirqbo‘g‘imning shoxlangan novdasini otning dumiga o‘xshatgan(lotinch genius- ot, setaqattiq tolasi). Qirbo‘g‘imlar tashqi ko‘rinishi jihatidan o‘zlarining ajdodlari bo‘lgan kalamitlarning miniatyura shaklini eslatadi.Hozirgi qirqbo‘g‘imlarning ayrimlarini bo‘yi 12 m ga yetishiga qaramay o‘tsimon o‘simliklardir.Masalan Janubiy Amerikaning tropik o‘rmonlarida o‘sadigan, poyasining uzunligi 10-12 m ga yetadigan E.giganteumni olish mumkin.Ularning poyasi ingichka bo‘lganligi uchun atrofidagi buta, daraxtlarga chirmashib o‘sadi. Qirqbo‘g‘im sporafitining yer ostidagi ildizpoyasida ildizi va tuganaklari joylashgan.Ildizpoyalari 2 xil bo‘ladi:gorizontal va vertikal.Gorizontal ildizpoyasi kuchli rivojlangan, bo‘g‘im oraliqlarining uzunligi 25 sm gacha yetadi.Yer ostida 0,5 m dan 2 m gacha chuqurlikda joylashgan bo‘ladi.Vertikal ildizpoyasi gorizontal ildizpoyalarning ayrim yon kurtaklaridan tuganaklar hosil bo‘ladi. Bu tuganaklar kelib chiqishi jihatidan qisqargan va yo‘g‘onlashgan novda bo‘lib, o‘zida kraxmal to‘playdi va vegetativ ko‘payish vazifasini bajaradi. Qirqbo‘g‘im turkumining vakillari yer ustki poyasining morfologiyasiga ko‘ra 2ta guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh turlarining poyalari bir xil tuzilishga ega. Ularda spora boshoqlari poyasining O‘zbekistonda o‘suvchi dala qirqbo‘g‘imi (E. arvense)da spora hosil qiluvchi poya erta bahorda o‘sib chiqib, spora hosil qilgandan so‘ng quri

Доказательный фрагмент

«This thesis provides information on the systematics, distribution, importance, habitat, and reproductive types of representatives of the phylum ( Eguisetophyta) Kalit so’zlar: Ildizpoya , vegetative organ, generative…»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis provides information on the systematics, distribution, importance, habitat, and reproductive types of representatives of the phylum ( Eguisetophyta) Kalit so’zlar: Ildizpoya , vegetative organ, generative… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rhizome, vegetative organ, generative organ, sporangium, spore, sporaphyte, arxegoniy., sporangiy, spora sporafit, Ildizpoya, anteridiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники