Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH BIOETIKA MASALALARI
J.Dj. Utegenova
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Maqolada yosh avlodni har tomonlama kamol topishida xizmat qiladigan sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda zamonaviy ilm-fan yutuqlari muhim ahamiyat kasb etishi falsafiy tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilgan. Unda yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan bioetikaning bugungi kundagi dolarzb masalalari falsafiy tarzda yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: jamiyat, yoshlar, sog‘lom turmush tarzi, bioetika, ma’naviyat, an’ana, udum, salomatlik, g‘oya, tafakkur. Yoshlar hayoti murakkab voqealar zanjirini tashkil etib, bu zanjirning har bir xalqasi turli- tuman tashqi ta’sirlarning kuchiga qarab muayyan ma’no kasb etadi. Bu tashqi ta’sirlar tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy va yana bir qator yo‘nalishlarga egadir. Bu umumiy, qonuniy o‘ziga xoslikdan tashqari, yana bu ta’sirlar ma’lum omillarning aks ta’sirida o‘z mazmun-mohiyatini ham o‘zgartirishi mumkin. Yoshlar mana shunday turli-tuman, ba’zan ijobiy, ba’zan salbiy, ba’zan kuchli, ba’zan kuchsiz ta’sirlar o‘rtasida asta-sekin shakllanib borar ekan, ayni vaqtda uning o‘zi ham teppa-teng ravishda muhitga ham ta’sir qila boshlaydi. Bu ta’sir va aks ta’sirlarning mohiyatiga etmoq uchun bioetikaning ichki mazmunini bilmoq zarur. Bioetikaning yoshlarga ta’siri jiddiy va mashaqqatli. Yoshlarning bioetikaga aks ta’siri hujumkorlik asosida emas, balki himoyalanish asosida kechadi. Ob’ektiv borliqda bo‘ladigan turli- tuman o‘zgarishlarning yoshlar organizmiga ta’siri, yog‘ingarchilik, qurg‘oqchilik, issiq- sovuqning almashinishi, er qimirlashi, suv toshqinlari va boshqalarning inson faoliyatiga ta’siri ba’zan kuchli va jiddiy bo‘lib, ulardan himoyalanish uchun ko‘plab mashaqqat chekishga to‘g‘ri keladi. Tabiat hodisalarining salbiy ta’siridan himoyalanish uchun inson chora-tadbirlar izlaydi. Tabiat bilan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirda bioetika faqat himoyalanuvchigina bo‘lib qolmasdan, tabiatning stixiyali kuchlarini kuchsizlantirish, ularning yo‘nalishini ma’lum tomonga burib yuborish uchun dadil, aql-idrokka tayanib ish tutsa, ma’lum natijalarga erisha oladi. Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda bioetikaning ijobiy ta’siri juda katta rol o‘ynaydi. Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda bioetikaning roli beqiyos kattadir, bir tomondan, yoshlar o‘rtasida qaror topgan an’analar, odatlar, udumlar, oilaviy munosabatlar, ikkinchi tomondan, yoshlarga bevosita ta’sir qilib turuvchi madaniy, ma’rifiy, ma’naviy jarayonlar, iqtisodiy rivojlanish va, nihoyat, jamiyatdagi hukmron siyosiy, huquqiy, axloqiy me’yorlar ijtimoiy muhit tushunchasining mohiyatini tashkil etadi. Bioetikaning ichki mohiyati, yo‘nalishi, ta’sir qiluvchi vosita va usullariga qarab, yoshlarning turmush tarzi shakllana boshlaydi. Bu ijtimoiy muhit manbalarining turli-tumanligi, rang-barangligi bilan bog‘liq. An’ana, udum, odatlar asrlar davomida shakllanib, turmush tarzining mustahkam tarkibiy qismiga aylanib ketganligi ma’lum. Lekin shuni unutmaslik kerakki, tarixiy an’analar har bir zamonning, davrning o‘ziga xos tomonlari talablarini ma’lum ma’noda aks ettirishi kerak. Ammo bu jarayon osonlikcha kechmaydi. Barqarorlashib qolgan an’analar 449 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi turmush tarzining ich-ichiga shunchalik chuqur singib ketgan bo‘ladiki, ularning o‘zgarishi osonlikcha kechmaydi. Shu tariqa zamon talablari bilan turmush tarzi an’analari o‘rtasidagi ziddiyat ob’ektiv ma’no kasb etadi, bu masalaga ko‘r-ko‘rona yondashib bo‘lmaydi. Bioetika sog‘lom turmush tarzi sub’ektlarining ma’naviy qiyofasi, dunyosi, madaniyati uchun ustivor ahamiyatga ega, biroq sub’ektlarning ana shu hayotiy jarayonlarni yuzaga chiqaradigan salomatlik fazilatlari, shuningdek, ularni tarbiyalash, kamol toptirish masalasi ham o‘ta muhimdir. Qolaversa, tibbiy nuqtai nazardan shaxsning sog‘lom turmush tarzi haqidagi masala ham bu muammo bilan uzviy bog‘langandir. Xalqning, jamiyatning taraqqiyot dasturi – bu bioetika sohasining asosiy mazmunidir. Bioetika jamiyatning ichki mohiyati, uni harakatga keltiruvchi va amalga oshiruvchi asosiy kuchdir, o‘z navbatida maqsad ham inson tafakkurining mahsulidir. Shuni e’tibordan soqit qilmaslik kerakki, yoshlar tafakkuri odatda ichki ziddiyatlar, qarama-qarshi g‘oyalar kurashi asosida rivojlanib boradi. Ezgu maqsad va g‘oyalar inson tafakkurining yorug‘ tomonlarini aks ettirish, ichki ziddiyatlarni oqilona bartaraf etish orqali erishadi. Darhaqiqat, yoshlar tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlarni yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zolvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin [1]. Har bir yoshning tabiatga, jamiyatga, hayotga munosabati uning tafak
Доказательный фрагмент
«Maqolada yosh avlodni har tomonlama kamol topishida xizmat qiladigan sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda zamonaviy ilm-fan yutuqlari muhim ahamiyat kasb etishi falsafiy tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada yosh avlodni har tomonlama kamol topishida xizmat qiladigan sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda zamonaviy ilm-fan yutuqlari muhim ahamiyat kasb etishi falsafiy tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yoshlar, salomatlik, udum, an’ana, ma’naviyat, jamiyat, bioetika, tafakkur., sog‘lom turmush tarzi, g‘oya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026