К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDURAHMON JOMIYNING “FAVOIDU’Z-ZIYOYA” ASARINING UMUMIY TAVSIFI VA AHAMIYATI

TAVSIFI VA AHAMIYATI · Naymanov Raximjon Xakimovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Abdurahman Jami (1414–1492) is a thinker and scholar known for his scientific, literary and philosophical works, who left a great mark on medieval Eastern philosophy. His work “Favoidu’z-Ziyoya” specifically analyzes linguistic issues, including the 1559 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 role of word groups, their semantic and syntactic functions. In particular, the study of the word group “Ism”, its composition, functions and principles of expression helps to understand Jami’s contribution to linguistics in a deeper way. This article presents a scientific analysis of the word group “Ism” and its principle of expression in the work of Abdurahman Jami. Keywords: Proper (traditional) Noun, Indefinite (common) Noun, ontological, reference, semantic analysis, pragmatic approach, naming function, descriptive function, traditional (classical) meaning, metaphorical meaning, semantic aspects. Ishning dolzarbligi. Abdurahmon Jomiyning “Favoidu’z-Ziyoya” asari o‘zining ilmiy va pedagogik ahamiyati bilan muhimdir. Bugungi kunda arab tili grammatikasi va sintaksisi, tilshunoslik fanining muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Jomiy asari arab tilining grammatika tizimining rivojlanishi va ilmiy yondoshuvlarida inqilobiy yondashuvni yaratgan. Asar faqat arab tili grammatikasining klassik qoidalarini o‘z ichiga olmay, balki ularni yangi metodologiyalar va ilmiy tahlillar bilan boyitadi. Asarning dolzarbligi shundaki, u arab tili o‘qituvchilari va talabalariga murakkab grammatik tizimni soddalashtirishda yordam beradi, shuningdek, tilni ilmiy ravishda o‘rganishga asos bo‘lishi mumkin. Ishning ilmiy yangiligi. “Favoidu’z-Ziyoya” asarining ilmiy yangiligi, birinchi navbatda, arab tili grammatikasini chuqur ilmiy tahlil qilishda va yangi metodologiyalarni kiritishda ifodalanadi. Jomiy asarida arab tilining sintaktik va morfologik qoidalari yangi yondashuvlar bilan bayon etilgan. Asarda fe’l va ism o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar, so‘zlarning sintaktik vazifalari va o‘rin almashishi kabi masalalar yangicha tarzda tahlil qilingan. Bu ilmiy yangiliklar arab tili grammatikasini o‘rganish jarayonida yangi metodologiyalarni yaratish va bu tizimni yanada tushunarli qilishga yordam beradi. Ishning maqsad va vazifalari. Maqolaning asosiy maqsadi Abdurahmon Jomiyning “Favoidu’z-Ziyoya” asarining ilmiy ahamiyatini ochib berishdir. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: Asarning ilmiy mohiyatini tahlil qilish va uning arab tili grammatikasiga qo‘shgan hissasini aniqlash. Jomiy asarining metodologik jihatlarini o‘rganish, xususan, uning sintaksis va morfologiya sohasidagi yondashuvlarini o‘rganish. Asarning pedagogik ahamiyatini va arab tilini o‘rganishda uning amaliy qo‘llanma sifatida ahamiyatini tahlil qilish. Arab tili grammatikasining rivojlanishi va Jomiy asarining bu jarayondagi o‘rnini o‘rganish. Albatta, Abdurahmon Jomiyning “Favoidu’z-Ziyoya” asari zamonaviy arab grammatikasi bilan juda muhim aloqaga ega. Jomiy, o‘zining asarida arab tilining grammatik tizimlarini chuqur tahlil qilib, shu paytgacha mavjud bo‘lgan grammatika ta’limotlarini yangi, ilg‘or nazariyalar bilan boyitdi. 1560 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Bu o‘rinda zamonaviy arab grammatikasini ham ko‘rib chiqish zarur, chunki Jomiyning asari, bugungi arab grammatikasining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Zamonaviy arab grammatikasi bilan aloqasi. 1. Sintaksis (Gap qurilishi) va morfologiya (So‘z tarkibi). Jomiy asarida sintaksis (gap qurilishi) va morfologiya (so‘z tarkibi)ni chuqur tahlil qilishga katta e’tibor qaratilgan. U o‘z asarida arab tilining gap qurilishi va so‘z shakllarining bir-biriga qanday bog‘lanishini ko‘rsatadi. Zamonaviy arab grammatikasida ham sintaksis va morfologiyaning o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ular o‘zgarmagan. Masalan: Morfologiya: Jomiy o‘z asarida fe’l, ism va boshqa so‘z turlarining shakllanishini, ularning grammatik vazifalarini batafsil yoritadi. Zamonaviy grammatikada ham bu so‘z turlari o‘rganiladi, ammo Jomiyning ilgari surgan nazariyalari morfonologik va morfematik tahlillarda yanada aniqroq va chuqurroq bo‘ldi. Sintaksis: Jomiy arab tilidagi gaplarning tuzilishiga katta e’tibor qaratdi, ayniqsa, fe’l va ism o‘rtasidagi bog‘lanishni muhim deb hisoblab, bu hodisani izohlar. Zamonaviy arab grammatikasida esa sintaksisni shakllantirishda ko‘proq yangi tushunchalar va ilmiy yondashuvlar qo‘llaniladi, ammo Jomiyning asari bu nazariyalarni rivojlantirishga asos bo‘lgan. 2. Arab tilining fonetikasi. Jomiy asarida arab tilining fonetik xususiyatlariga, ayniqsa so‘zlarning talaffuzi va ularning bog‘lanishiga katta e’tibor qaratiladi. U, masalan, so‘zlarning har bir harfi va ularning talaffuzidagi o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Zamonaviy arab grammatikasida ham fonetik tadqiqotlar va fonematik tahlillar mavjud, ammo Jomiyning ishlari bu sohadagi nazariyalarni kengaytirgan va rivojlantirgan. 3. So‘zlarning sintaktik vazifalari. Jomiy asarida, xususan, fe’

Доказательный фрагмент

«Abdurahman Jami (1414–1492) is a thinker and scholar known for his scientific, literary and philosophical works, who left a great mark on medieval Eastern philosophy.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdurahman Jami (1414–1492) is a thinker and scholar known for his scientific, literary and philosophical works, who left a great mark on medieval Eastern philosophy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Proper (traditional) Noun, Indefinite (common) Noun, ontological, reference, Muayyan (an’anaviy) Ism, Noaniq (umumiy) Ism, semantik tahlil, ontologik, semantik jihatlar., referensiya, an'anaviy (klassik) ma’no, nomlash vazifasi, tavsiflash vazifasi, metaforik ma’no, pragmatik yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники