К содержанию
РецензированоRU2025

GAMMA NUR BILAN NURLANTIRILGAN LITIY FTOR KRISTALLARIDA BOʻYLAMA AKUSTIK TOʻLQIN TEZLIGINI NURLANISH DOZASIGA BOGʻLIQLIGI

F. B. Tugalov · F. R. Axmedjanov (Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti “Koʻp fazali tizimlar issiqlik fizikasi”)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

D= 1.65106 R, 8107 R va 1108 R dozada 60Со gamma nuri bilan nurlantirilgan litiy ftor kristallarida, boʻylama akustik toʻlqinlar tezligining, nurlanish dozasiga bogʻliqligi 298 K va 423 K temperaturalarda oʻrganildi. Nurlanish dozasi akustik toʻlqin tezligiga sezilarli darajada ta’sir qilmasligi aniqlandi. Kalit soʻzlar: LiF kristalli, akustik toʻlqin, tezlik, nurlanish dozasi, temperatura va akustik xususiyatlar. Akustik, akusto-optik va optoelektronik qurilmalarda ishchi muhit sifatida ishlatiladigan bir qator kristallar, jumladan, litiy ftor (LiF) kristallarining akustik xususiyatlarini oʻrganildi [2]. Biroq, hozirgacha gamma-nurlanishli litiy ftor kristallarining akustik xossalari, xususan, akustik toʻlqinlarning tezligi va soʻnish koeffitsienti oʻrganilmagan. Namunalarning tayyorlanishida nurlanish havoda 320 K da 510 R/s dozali gamma-nurlanish 60Co radioizotop manbasida amalga oshirildi [2]. Nurlanish dozasi taxminan 8 ּ107 R. Namunalar oʻlchamlari 8x10x25 mm boʻlgan silindr va parallellopepid shaklida boʻlib, ularning uzun tomoni bilan [100] kristallografik yoʻnalish boʻylab 1 gradus aniqlik bilan yoʻnaltirilgan. Oʻlchovlar 298 K va 423 K temperaturalarda “Impulsli ultratovush” usuli bilan amalga oshirildi. Raqamli chastota oʻlchagich bilan ketma-ket chastota qiymatlarini hosil boʻlgan impulsning amplitudasi minimal boʻlgan holatida oʻlchash orqali, akustik toʻlqin tezligini V ni aniqlash mumkin [1]: V=2L, (1) bu yerda L - namuna uzunligi,  - qarama-qarshi fazali tovushga mos keladigan yuqori chastotali generatorning ikkita qoʻshni chastotalari orasidagi farq. Koʻrsatilgan farq 10 Hz mutlaq aniqlikdagi raqamli chastota oʻlchagichning koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlandi. Akustik toʻlqin tezligini oʻlchash aniqligi namuna uzunligi oʻlchovlarining aniqligi bilan cheklangan va ~ 1% ni tashkil etgan. 280 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi 1-rasm. [100] kristallografik oʻq boʻylab Litiy ftor kristallarida boʻylama akustik toʻlqinlar tezligining nurlanish dozasiga bogʻliqligi. (1 - 298 K, 2 - 423 K temperaturada boʻylama akustik toʻlqinlar tarqalish tezligi) Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, gamma nurlanish tufayli litiy ftorid kristallarida atom oʻlchamidagi nuqta nuqsonlari, shu jumladan ftor ioni vakansiyalari hosil boʻladi. Ushbu nuqsonlar [100] kristallografik oʻq boʻylab tarqaladigan bo’ylama akustik toʻlqinlarning tezligiga amalda ta’sir qilmaydi (1-rasm). Lekin haroratning ortishi bilan akustik toʻlqin tarqalish tezligini kamaytiradi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. E. Dieulesain., D. Royer., “Elastic Waves in Solids”. Masson & Cie, Paris (1974). Distributed by Wiley, New York, 1980. 2. М. П. Шаскольской., Акустические кристаллы. Справочник /Под ред. - М. Наука, 1982, 632 с. 281

Доказательный фрагмент

«D= 1.65106 R, 8107 R va 1108 R dozada 60Со gamma nuri bilan nurlantirilgan litiy ftor kristallarida, boʻylama akustik toʻlqinlar tezligining, nurlanish dozasiga bogʻliqligi 298 K va 423 K temperaturalarda oʻrganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

D= 1.65106 R, 8107 R va 1108 R dozada 60Со gamma nuri bilan nurlantirilgan litiy ftor kristallarida, boʻylama akustik toʻlqinlar tezligining, nurlanish dozasiga bogʻliqligi 298 K va 423 K temperaturalarda oʻrganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tezlik, nurlanish dozasi, temperatura va akustik xususiyatlar., akustik toʻlqin, LiF kristalli
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники