Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ENERGIYA SAMARADORLIGI, BARQAROR RIVOJLANISHGA YO’L
Umarova Iroda Hojiqurbonovna · G‘afur Karemov
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada energiyadan samarali foydalanish, energiya tejash bo‘yicha texnik yechimlar, dolzarb muammolar taxlil qilingan va ushbu yechimlarga takliflar bayon qilingan. Energiya tejamkorligi — energiyani samarali foydalanish va undan tejamkorlik bilan foydalanishga qaratilgan strategiyalar yig‘indisi. Bu jarayon qurilish, sanoat va maishiy turmushda energiya sarfini kamaytirishni nazarda tutadi. Energiya tejamkorligiga erishish uchun yuqori samarali uskunalar, yaxshilashgan izolyatsiya va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalaniladi. Bu nafaqat energiya iste’molini qisqartirish, balki ekologik barqarorlik va iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Energiya sarfi, me`yor, indvidul, elektr energiya, Energiya tejamkorligi,energiya resurslari,sanoat energiyasi, uy-joy energiya sarfi, texnologik innovatsiyalar, izolyatsiya, LED yoritish tizimlari, Yashil energiya, gidroelektr stantsiyalarida, issiqlik elektr stantsiyalari,energiya samaradorligi,quyosh energiyasi, qayta tiklanadigan energiya,izolyatsiya,aqlli boshqaruv tizimlari, elektr energiyasini tejash.uglerod chiqindilari.iqtisodiy tejamkorlik, Termostatlar, quyosh panellari,yashil inshootlar. KIRISH. Energiya tejamkorligi bugungi kunning muhim masalalaridan biri bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham hissa qo‘shadi. Bino va inshootlarda energiya tejamkorligini oshirish nafaqat energiya sarfini qisqartirishni, balki atmosferaga uglerod dioksidi chiqarilishini kamaytirishni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada biz bino va inshootlarda energiya tejamkorligini oshirishning samarali usullari va texnologiyalari haqida fikr yuritamiz. Energiya tejamkorligini ta’minlash usullari:Energiya tejamkorligiga erishish uchun qator choralar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. Izolyatsiya va havo o‘tkazmaslik: Bino devorlari, tom va pollari yaxshi izolyatsiya qilingan bo’lsa, issiqlik yo’qotish kamayadi va shu bilan energiya sarfi ham qisqaradi. Energiya tejovchi darcha va eshiklarni o‘rnatish ham havo o‘tkazmaslikka yordam beradi. 2. Energiya samarador asbob-uskunalar: Bino va inshootlarda zamonaviy, energiya samarador asbob-uskunalardan foydalanish energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Masalan, LED yoritish tizimlari, yuqori samarador isitish va sovutish tizimlari katta foyda beradi. 3. Aqlli energiya boshqaruvi: Aqlli termostatlar va sensorlar orqali binolarning energiya sarfini nazorat qilish mumkin. Bu texnologiyalar binodagi insonlar soni va tashqi havo haroratiga mos ravishda isitish va sovutish tizimlarini avtomatik tarzda boshqaradi. 4. Yangi qurilish standartlari: Yangi binolarni qurishda, ularning loyihasini energiya tejamkorlik talablariga muvofiq ishlab chiqish lozim. Masalan, quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatini yaratish, tabiiy yoritish va shamollatish tizimlarini qo‘llash muhimdir. 5. Yashil energiya manbalari: Bino va inshootlarda quyosh panellari, shamol turbinalari yoki geotermal energiya manbalari orqali qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish ham energiya tejamkorligini oshiradi. 234 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi Masalan: Energiya tejamkorligi afzalliklari: Energiya tejamkorligi foydasi faqat iqtisodiy jihatdan emas, balki ekologik jihatdan ham muhim. Ushbu choralar quyidagi afzalliklarni beradi: Iqtisodiy tejamkorlik: Energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish binolarning umumiy ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uzoq muddatli tejamkorlikka olib keladi. Umumiy energiya iste’molini kamaytirish: Binolarda energiya tejamkorligi o‘z navbatida milliy energetik tizimga tushadigan bosimni ham kamaytiradi.Ekologik barqarorlik: Uglerod chiqindilarini kamaytirish atmosferaga zararli gazlarning chiqishini cheklaydi va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda muhim o‘rin tutadi.Ma’lumki, fizika qonunlarigaga ko‘ra, energiya bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmaydi, faqat uning shakli (turi) o‘zgaradi. Bugungi kunda ham elektr energiyasi aylanma mexanik harakat evaziga magnit maydon hosil qilish orqali olinadi (issiqlik elektr stantsiyalari va gidroelektr stantsiyalarida) va iqtisodiyot tilida mahsulotning alohida turi deb ataladi. Albatta, dunyoning ko‘plab davlatlarida elektr energiya taqchilligi kuzatilayotgan va uning narx-navosi oshayotgan bir paytda, energiya samaradorligi va tejamkorligiga erishish ham har bir yurtimiz fuqarosi oldida turgan katta burch va vazifaga aylanishi lozim. Davlatimiz rahbari tomonidan aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash barobarida ushbu manbadan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish chora-tadbirlari belgilanayotgani ham bejiz emas. Negaki, yildan-yilga tabiiy resurslarning kamayib borishi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi kuzatilayotganda, uning samaradorligi va tejamkorligi ha
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada energiyadan samarali foydalanish, energiya tejash bo‘yicha texnik yechimlar, dolzarb muammolar taxlil qilingan va ushbu yechimlarga takliflar bayon qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada energiyadan samarali foydalanish, energiya tejash bo‘yicha texnik yechimlar, dolzarb muammolar taxlil qilingan va ushbu yechimlarga takliflar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektr energiyasini tejash.uglerod chiqindilari.iqtisodiy tejamkorlik, Termostatlar, quyosh energiyasi, yashil inshootlar., texnologik innovatsiyalar, energiya samaradorligi, Energiya sarfi, issiqlik elektr stantsiyalari, gidroelektr stantsiyalarida, uy-joy energiya sarfi, LED yoritish tizimlari, indvidul, Yashil energiya, energiya resurslari, qayta tiklanadigan energiya, quyosh panellari, izolyatsiya, aqlli boshqaruv tizimlari, me`yor, sanoat energiyasi, elektr energiya, Energiya tejamkorligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018