Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ПАМЯТЬ В СОЦИАЛЬНЫХ ПРОЦЕССАХ ХАРАКТЕРИСТИКИ
Jabborova Nilufar Ro‘ziyevna (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada xotirani ishlash prinsiplari, xotira turlari,jaronlari,individual xususiyatlari haqida batafsil yoritilgan. Kalit so‘zlar: Xotira, assotsiatsiya, tasvir, tasavvur, oerativ xotira, fenomenal xotira. Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish. Xotiraning yuzaga chiqishi, rivojlanishi kishining faoliyati bilan bog`liq. Ma`lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya`ni shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog`liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma`lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoki faoliyatidan tushib qolishi uni esdan chiqarib quyishga olib keladi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi. Biz ko‘pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, o‘quvchilar hamma fanlarni bir xil o‘zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o‘qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta'sirlansak, o‘sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Shunday qilib, xotiraning nerv- fiziologik asosida bosh miya po‘stida hosil bo‘ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog‘lanishlar yotadi. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi: - Faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emosional, obrazli va so‘z mantiq xotira. - Faoliyatning maqsadlariga ko‘ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira. - Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira. Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezligida, aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Bu farqlar malum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog‘liqdir. Xotiradagi individual farqlar shunday hollarda namoyon bo‘ladiki ba'zan obrazli materiallarni (tasvirlar, tovushlar, ranglar v.h.) bir muncha samarali esda olib qoladiganlar, boshqa birovlar esa so‘zli materiallarni (tushunchalar, fikrlar, sonlar v.h.) yaxshi saqlab qoladilar, uchinchi toifa odamlarda esa eslab qolishda yaqqolusullik sezilmaydi. Shunga muvofiq ravishda psixologiyada xotiraning ko‘rgazmali, obrazli, so‘z-abstrakt va orqali turli farqlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar xotirasidagi individual farqlarni hisobga olish zarur, shuning bilan birga o‘quvchilarning xotirasini har tomonlama rivojlantirish kerak. O‘quv Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 457 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. materiali xilma-xilligining o‘zi shuni talab qiladi, o‘quv materiallarining xilma- xilligi o‘quvchilar xotirasini har tomonlama rivojlantirish uchun maksimal sharoit yaratadi. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko‘ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud: 1) tez esda qoldirib, sekin unutish; 2)tez esda qoldirib, tez unutish; 3) sekin esda qoldirib, sekin unutish; 4) sekin esda qoldirib, tez unutish. Xotira insonning asosiy kognitiv jarayonlaridan biridir. U kognitiv qobiliyatlar va yuqori aqliy funktsiyalarni o‘z ichiga oladi, bu odamga ko‘nikma va bilimlarni to‘plashga, ularni saqlashga va ko‘paytirishga yordam beradi. Biz tez -tez o‘zimizning yoki boshqa birovning xotirasi haqida gapiramiz, uni bir so‘z bilan ta'riflaymiz - "yaxshi" yoki "yomon". Xotiraning individual xususiyatlari bilan yaxshiroq tanishish orqali siz (va nafaqat) xotirangiz haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin. Xotiraning u yoki bu xossalari ma'lum bir shaxsda qanchalik ifodalanishi ko‘p omillarga bog‘liq. Ular orasida, masalan, neyrodinamik xususiyatlar; shaxsning ehtiyojlari, motivlari va yo‘nalishi; kasbning o‘ziga xos xususiyatlari; aqliy faoliyatning yaroqlilik darajasi; sezgi tizimlarining xususiyatlari va holati. Qoidaga ko‘ra, psixologiyada xotiraning individual xususiyatlari quyidagi xususiyatlarga qarab guruhlanadi: 1. Xotiraning etakchi xususiyatlari nimalardan iborat. 2. Inson xotirasining qaysi turi ustunlik qiladi (bu aqliy faoliyatning ustun turiga bog‘liq). 3. Shaxsning m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada xotirani ishlash prinsiplari, xotira turlari,jaronlari,individual xususiyatlari haqida batafsil yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada xotirani ishlash prinsiplari, xotira turlari,jaronlari,individual xususiyatlari haqida batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ассоциация, image, воображение, A memory, imagination, operativ xotira, tasavvur, Воспоминание, assotsiatsiya, изображение, association, tasvir, working memory, рабочая память, Xotira
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026