Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРИЧИНЫ И ФАКТОРЫ ВИРТУАЛЬНОСТИ В ЖИЗНИ МОЛОДЫХ ЛЮДЕЙ.
Madaminjonova Ruhshona
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Maqolada yoshlar, xususan, o‘smirlik davridagi bolalar virtuallashuv sabablari, omillari va bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar:Virtual olam, akseleratsiya, ma’naviy tahdid, dunyoqarash, ijtimoiylashuv, o‘smirlik, ta’lim, tarbiya. Insoniyat ta’rixida aloqa almashinuv vositasi hisoblanmish nutqning rivojlanishi– bu odamda hayvonot olamidan farqli ravishda odamiyliktuyg‘ularining shakllanishiga xizmat qildi. O‘zaro munosabat orqali nafaqat axborot almashish, balki fikr va hissiy barqarorlik ham ta’minlanadi. Ammo axborot almashinuv jarayoni inson aql kuchining takomillashuvi natijasida yangi ko‘rinishlarni kasb etdi. Oddiygina xat orqali uzoqdagi yaqinlar bilan qilingan muloqot, bugungi kunga kelib virtual olamni yaratdi. Bu olam hozirda shu darajada rivojlandiki, insoniyat o‘z olamidan kechib, virtual dunyoda o‘zini baxtiyor his qilmoqda. Endilikda bolalar bolalikning beg‘ubor pallalarini ekranlarga termulish bilan o‘tkazibyubormoqdalar. Hali ijtimoiy dunyoqarash, hayotiy hodisalarni tahlil qilish ko‘nikmasigaega bo‘lmagan bolalarni virtual olam turli yo‘llar orqali o‘z domiga tortib ketmoqda. Bugungi kunda yoshlar hayotida virtuallashuv nihoyatda keng ommalashib bormoqda. Internet tarmoqlari turlari shunchalik ko‘pki, ulardan foydalanish uchun har bir odamda imkoniyatlar yetarlicha mavjud. Chunki har bir inson uchun hozirgi paytda smartfon o‘zining ikkinchi yarmiga aylanib ulgurgan. Smartfonlar xuddi suvhavodek ehtiyoj manbai hisoblanadi. Har bir oilada o‘sib kelayotgan farzandlar uyali aloqa vositalaridan foydalanishni yaxshi tushunadilar va qiziqishlari ham shunga yarasha yuqori suratlarni tashkil qiladi. Bularning barchasi bolalar rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshishiga xizmat qilibgina qolmay, balki ma’naviy kamolotiga salbiy ta’sirlarni vujudga keltirmoqda. “Ma’naviy tahdid” deb yuritiluvchi holatlarga ko‘plab misollar mavjud. Bu tushunchaning tub mohiyati shundaki, ma’naviy tahdid bu –insonni o‘ziga sezilmagan holda ruhiy olamini tubanlashuviga yetaklaydi. Xususan, I.Karimov shunday ta’rif bergan: “ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutishi lozim” Shularni inobatga olgan holda yoshlarni virtual olam qurboniga aylanishini oldini olish har bir ota-onadan ta’lim-tarbiyada ogihlikka chorlaydi. Buning uchun esa, avvalo, g‘oyaviy ongni yot unsurlardan tozalash, yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etishda ulardan kelayotgan foyda va zarar nisbatini aniq baholay olish talab qilinadi. Internetningfoydali tomonlari juda ko‘p va uni XXI asrda tanqid ostiga olib bo‘lmaydi. Chunki, internet orqali butun dunyoda axborot almashinuv jarayoni amalga oshirilmoqda. Masofaviy tarzda ta’lim olish jarayonidan tortib muhim strategik ahamiyat kasb etuvchi butunjahon doirasidagi loyihalar taqdimotlari amalga oshirilmoqda. Bugungi zamon yoshlarini internet tarmoqlaridan foydalanish jarayonini nazorat qilish orqali hech qanday tarbiyaviy natijaga erishish mumkin emas. Shuning uchun e’tiborni faqatgina yoshlar ma’naviyatini o‘stirish, e’tiqodini mustahkamlash, yot xurujlardan mustaqil Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 460 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. himoyalana olish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratish kerak bo‘ladi. Internetning yoshlar hayot tarzidagi salbiy jihatlari quyidagicha: -real muloqotning virtual shaklga aylanishi;-internet o‘yinlariga bog‘lanib qolish;- sog‘likka zararli tomonlarining kengligi;-noxolis ma’lumotlarning mavjudligi; -pornografik saytlar;-inson ongiga ta’sir etadigan saytlar (sektalar, terroristlar, pul bilan o‘ynaluvchi virtual o‘yinlar, internet mahsulotlari va h.k.) -turli giyohvand va terroristik klublar, o‘z joniga qasd qilishga olib boruvchi, o‘smirlar ruhiyati buzilishiga sabab bo‘luvchi virtual saytlar kabilardir.Bugungi zamon har bir ota-onadan pedagog- psixolog bo‘lishni talab etmoqda. Chunki yosh avlod barkamol rivojlanishiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar shunchalik turli-tumanki, ulardan bolalarni himoyalash har bir ota- onadan doimiy hushyorlikni talab qiladi. Pedagogika nima? Odamni insonga aylantirish ilmi. Fanlar orasida eng qadimiysi. Pedagogikaning ta’rixi yer yuzida birinchi go‘dak yig‘isi eshitilgan kundan boshlangan. U farzandlarimizni o‘qitadi, tarbiyalaydi, O‘zbekistonimizni –ozod va obod Vatan, hayotimizni –erkin va farovon qilishga o‘rgatadi. Pedagogikada akseleratsiya jarayoni pedagogik nuqtai nazardan tezlashuvning bolalar tarbiyasidagi aqliy rivojlanishni nazarda tutadi.[3] Aqliy rivojlanishning o‘ta ketgan tezlashuvi esa tarbiyasi qiyin o‘smirlar guruhini vujudga keltiradi. Bunday yoshlar orasida virtual olamga chuqur k
Доказательный фрагмент
«Maqolada yoshlar, xususan, o‘smirlik davridagi bolalar virtuallashuv sabablari, omillari va bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada yoshlar, xususan, o‘smirlik davridagi bolalar virtuallashuv sabablari, omillari va bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- akseleratsiya, Virtual world, социализация, ускорение, Virtual olam, dunyoqarash, ijtimoiylashuv, ma’naviy tahdid, моральная угроза, socialization, мировоззрение, moral threat, Виртуальный мир, outlook, acceleration
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026