К содержанию
РецензированоRU2024

ВОЗРАСТНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ИНТЕЛЛЕКТА И ТВОРЧЕСТВА И АСПЕКТЫ

Shoxsanam Biloldinova (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada intellekt vca kreativlikning nazariy asoslari va yoshga xos bo‘lgan jihatlarini namoyon bo‘lishi haqida ma'lumotlar ko‘zda tutilgan.Shuningdek tafakkur tarixida intellekt to‘g‘risida fikr-mulohazalar turlicha bo‘lgan. O‘rta asrlarda intellekt irodaga bo‘ysunadimi yoki iroda intellektgami degan masala bo‘yicha qizg‘in munosabatlar bildirilgan. Kalit so‘zlar: Intellekt, tafakkur, sun'iy intellekt, kreativlik, iroda, intellekt koeffitsienti, intellekt testi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning 6-noyabr 2020- yildagi '' Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘rosida'gi PQ-4884-son qarorida ta'lim sifatini oshirish, ilm fanni rivojlantirish, bitiruvchilarning bantligini ta'minlash, pedagog xodimlar va olimalarning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan faoliyat ustidan ta'sircham parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish- deb kelyirilgan bandlari ham bevosita kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarimizni aqliy rivojlanishiga qaratilgan. Intellekt - (lotincha intelectus - aql, idrok, zehn) -keng maʼnoda: kishining voqea-hodisa mohiyatini to‘laligicha bilishga asoslangan va u orqali namoyon bo‘ladigan faoliyati; tor ma'noda: insonning tafakkur, fikr yuritish salohiyati. Intellekt kishilarning aql, idrok, zakovat, ma'naviy jihatdan yetuklik darajasini ham bildiradi, tasavvur, idrok, sinchkovlik orqali jamlangan materialni bilish usullari (taqqoslash, obstraksiya, tushuncha, hukm, va hokazo.) orqali asosli bilimga ega bo‘lish yoki mavjud bilimni tanqidiy tahlil etib chiqish qobiliyatini ham anglatad. Masalan: baʼzi insonlar o‘zga joyga tashrif buyurganda, o‘sha joyga va odamlariga ham ko‘nikishi qiyin bo‘ladi. Aksincha ammo ba'zilari bo‘lsa makonga va zamonga tez moslashadi, tengdoshlar davrasida ham tez kirishubchan, muloqot jarayoni ham qiyin kechmaydi.Intellekt - inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashtirish ham hisoblanadi. V. Shterni, J. Piaje va boshqa bir qancha olimlar ham intellektni insonlarning yangi hayotiy sharoitlarga moslashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan.Tafakkur tarixida intellekt to‘g‘risida fikr-mulohazalar turlicha bo‘lgan. O‘rta asrlarda intellekt irodaga bo‘ysunadimi yoki iroda intellektgami degan masala bo‘yicha qizg‘in mulohazalar avjiga chiqqan. O‘sha davrlarda intellekt bilishning eng yuksak - ilohiy usuli sifatida inson tafakkuriga qarshi qo‘yilgan. Birinchi nuqtayi nazar tarafdorlaridan biri Duns Skot va Uilyam Okkam bo‘lsa ikkinchi qarash tarafdorlaridan biri Foma Akviniskiy edi. Hozirgi zamon falsafasida intellekt ham, iroda ham mavjud holatga asoslangan holda namoyon bo‘ladi, yoki Intellekt ma'naviyatga taalluqli boʻlgani uchun ruhiy holat mahsuli sifatida irodadan ustun turadi, degan tasavvurlar mavjud. Intellektual resursinsonlarda bilim, hayotiy tajriba va idrok hamda zehn asosida avvalo o‘z aqliy omilkorlik salohiyatini turmush tarzini turli yo‘nalish va shakllarda yanada boyitish, uning yangi qirralarini ochish mustahkamlash imkoniyatidir. Inson bosh miyasi qobig‘oda o‘n to‘rt milliarddan oshiq neyronlar mavjud. Ilarning vazifasi inson faoliyatini har tomonlama, to‘la boshqarishdan iborat. Kishining qilayotgan har bir harakati neyronlar faoliyati mahsulodir. Bu jahon tibbiyotida chuqur o‘rganilgan va to‘la tan olingan haqiqatdir. Shuning uchun ham, aytish mumkinki, insonning intellektual o‘zligini namoyon qilishda uning imkoniyatlari - resurslarining o‘rni beqiyos. Lekin inson ana shu intellektual imkoniyatlar, ya'ni resurslarning bor yo‘g‘i 4-4,5 foizidan foydalanadi. Shundan 4 foizini 8-11 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi va qolgan yarim foizini butun umri davomida qabul qiladi. Tabiatan iqtidorli kishilar esa o‘sha qolgan yarim foiz ma'lumotni 11 yoshdan keyingi umriga togri taqsimlay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Inson bosh miyasining fiziologik tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, uning miyasidagi intellektual kuch atom yadrosidagi beaiyos kuchga teng bo‘lar ekan. Bugungi kundagi ilm-fan xulosasiga ko‘ra insoniyat tarixida atigi 400 ga yaqin kishi daholik maqomiga sazovor bo‘lgan, xolos. Bu esa daho daho insonlarni tarbiyalash qanchalik qiyin ish ekanini ko‘rsatadi. Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 597 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. Intellekt testi - insondagi aqliy qobiliyatlarni boshqalarning aqliy qobiliyati bilan solishtirish yoʻli orqali amalga oshadi. Aqliy yosh - fanga Bine tomonidan kiritilib, test natijalarining darajasiga mos keluvchi yosh. Stenford-Bine testi - Bine testining amerikacha versiyasi bo‘lib, Stenford universitetida Lyuis Terman tomonidan ishlab chiqilgan. IQ - koeffitsienti - aqliy yoshni xronologik yoshga bo‘lib uni 100 ga ko‘paytirishimizdan hosil boʻladi. Asosan o‘rta

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada intellekt vca kreativlikning nazariy asoslari va yoshga xos bo‘lgan jihatlarini namoyon bo‘lishi haqida ma'lumotlar ko‘zda tutilgan.Shuningdek tafakkur tarixida intellekt to‘g‘risida fikr-mulohazalar tu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada intellekt vca kreativlikning nazariy asoslari va yoshga xos bo‘lgan jihatlarini namoyon bo‘lishi haqida ma'lumotlar ko‘zda tutilgan.Shuningdek tafakkur tarixida intellekt to‘g‘risida fikr-mulohazalar tu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iroda, воля, tafakkur, the will, Intellect, thinking, kreativlik, искусственный интеллект, creativity, мышление, Интеллект, artificial intelligence, sun'iy intellekt, креативность, Intellekt
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники