Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МНЕНИЯ АБУ НАСР ФАРОБИ ОБ ОБРАЗОВАНИИ СЕГОДНЯШНЯЯ СТОИМОСТЬ В ДОЛЛАРАХ
BUGUNGI KUNDAGI DOLZARBLIGI · Inomjonova Muhtasar Muhiddin qizi · Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya
Универсал международный научный журнал · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada Abu Nasr Farobiyning ma’rifatparvarlik uning chuqur falsafiy kuzatishlari asosida yaratilgan asarlaridagi pedagogik qarashlari fikr va gʻoyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: ta'lim tarbiya, axloq, shaxs, xarakter, komillik, aql-zakovat, individuallik, dunyoviy ilm, «Fozil odamlar shahri», inson, jamiyat. Abu Nasr Farobiy (873-950) o‘rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, falakiyot, tabobat, musiqa, tilshunoslik, falsafa sohalarida ijod qilgan qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ‘ibotchisidir. U Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror (Forob) shahrida tug‘ilgan.U Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o‘rganish bilan shug‘ullandi. U o‘z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. [1] Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, ta'lim-tarbiyaning ta'siri va bu ta'sir natijasida ular o‘zlaridagi ijobiy yoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. “Insonlar tug‘ilganda kamolotli bo‘lib tug‘ilmaydi, ularni orasida aslida farq ham bo‘lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o‘xshash bo‘ladi, keyinchalik esa o‘zgaradi, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadriyatlarni va me'yorlarni qabul qiladilar.Farobiy ta'lim tarbiyaga bag‘ishlagan asarlarida ta'lim- tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma'nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Farobiy o‘z ishlarida ta'lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta'lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida takidlaydi. [1] Farobiy insonning ma'naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aql-idrok ongiga va axloqiga e'tibor beradi. Shuning uchun ta'lim- tarbiya uning fikricha aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk qilib yetishtirishga qaratilmog‘i lozim. Ta'lim tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat, odatiy malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi.Farobiy o‘z qarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u “Fozil odamlar shahri” asarida o‘n ikki tug‘ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bo‘la olishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilar: “Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan, sog‘lom bo‘lish lozim; ikkinchidan, tez fahm so‘zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo‘lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo‘lsin; to‘rtinchidan, zehni tez va o‘tkir bo‘lsin; beshinchidan, nutqi ravon, fikri teran, mulohazalarini yorqin bayon eta olsin; oltinchidan, bilish va o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o‘zlashtira olsin; yettinchidan, nafsini tiya oladigan, qimor o‘yinlaridan jirkanadigan bo‘lsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo‘lsin; to‘qqizinchidan g‘ururli va vijdonli bo‘lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; o‘ninchidan, mol-dunyo yig‘ishga berilmasin; o‘nbirinchidan, adolatli bo‘lsin, odamlarni adolatga targ‘ib etadigan bo‘lsin; o‘n ikkinchidan, adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o‘zbilarmonlikka berilmasin, lekin har Andijon davlat pedagogika instituti universaljurnal.uz 77 “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun. qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo‘lsin, o‘zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat'iylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin”.[2] Xulosa qilib aytganda Farobiyning pedagogik qarashlarida axloqiy tarbiyaning ahamiyati, ta’lim-tarbiyaning o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuvi, insonning o‘z imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish imkonini beradigan tarbiya va tarbiya usullari kabi masalalar bayon etilgan.Farobiy ta’lim faqat bilimlar bilan cheklanib qolmasligini, ta’lim jarayonida axloq va xarakterni rivojlantirish kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalarni ta’kidlab o‘tgan. Farobiyning pedagogik qarashlari bugungi kun ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://azkurs.org/abu-nasr-farobiyning-pedagogika-qarashlari.html 2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 3. Umarjonov, S. (2023). Analysis of the logical views of Fakhr al-Din al-Razi. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 73-80. 4. Y
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Abu Nasr Farobiyning ma’rifatparvarlik uning chuqur falsafiy kuzatishlari asosida yaratilgan asarlaridagi pedagogik qarashlari fikr va gʻoyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Abu Nasr Farobiyning ma’rifatparvarlik uning chuqur falsafiy kuzatishlari asosida yaratilgan asarlaridagi pedagogik qarashlari fikr va gʻoyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- образование и обучение, характер, xarakter, этика, ta'lim tarbiya, ethics, axloq, совершенство, komillik, shaxs, perfection, character, человек, education and training, person
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026