Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O‘ZBEKISTONDA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR VA ULARNING O‘QITUVCHILARINI RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINING TAKOMILLASHTIRILISHI HAMDA SAMARQANDLIK O‘QUVCHILARNING XALQARO VA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARIDA ERISHGAN NATIJALARI
O‘QITUVCHILARINI RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINING · Abdulloyev Sherqo‘zi Axmatboboyevich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Mamlakatimizda respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tizimi ilm-fan va ta’lim darajasini oshirish, yoshlarni intellektual rivojlantirishga ko‘maklashish, ularning muvaffaqiyatlarini keng jamoatchilikka taqdim etish kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Ushbu jarayon nafaqat individual yutuqlarni taqdirlashni nazarda tutadi, balki butun ta’lim tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari mamlakatning ilmiy va ta’lim sohasidagi imidjini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi. Mazkur maqolada yurtimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor, xususan respublika va xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari hamda ularning ustozlarini munosib taqdirlash mexanizmining takomillashtirilishi hamda erishilgan natijalar samarqandlik o‘quvchilar misolida bayon etiladi. Kalit so‘zlar: asosiy olimpiada, nufuzli xalqaro olimpiadalar, onlayn olimpiadalar, moddiy rag‘batlantirish, xalqaro Jautikov fan olimpiadasi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida barcha sohalar qatori ilm-fan va ta’limni rivojlantirish maqsadida tub islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini rivojlantirishni yangi pog‘onaga olib chiqish va dunyoda tan olinishiga erishish uchun respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ustozlarini munosib taqdirlash mexanizmini ishlab chiqish yurtimizda Uchinchi Renessansni yaratishning asosiy omillaridan biri sifatida baholandi. Bu davrda mamlakatimiz istiqbolli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida muhtaram Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator muhim qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-mayda qabul qilingan “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-562-son qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-346-son qarorlarining qabul qilinishi natijasida yurtimizda iqtidorli o‘quvchilar va o‘z faoliyatlarida samarali natijalarga erishgan fidoiy ustozlarni munosib rag‘batlantirish mexanizmlari yaratildi. 5 “YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA 2025-YIL YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI” 28-29-MART Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-mayda qabul qilingan “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi.1 Qarorga asosan Xalq ta’limi vazirligi tizimida Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi. Qarorning 1-ilovasiga muvofiq g‘oliblari davlat oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan quyidagi nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ular Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad), Xalqaro fizika olimpiadasi (International Physics Olympiad), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad), Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad) va Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics). Shuningdek, ushbu qarorga binoan 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab yuqorida nomlari sanab o‘tilgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450; 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250; 3-o‘rin (bronza) uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150 baravari miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, qaror asosida yuqorida nomlari keltirilgan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarni tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun oltin, kumush va bronzalari bo‘yicha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lash hamda ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz ustama haqi to‘lanishi tartibi joriy etildi.2 Mazkur qarorning mantiqiy davomi sifatida 2021-yil 9-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xori
Доказательный фрагмент
«Mamlakatimizda respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tizimi ilm-fan va ta’lim darajasini oshirish, yoshlarni intellektual rivojlantirishga k…»
Образец извлечения
Демо-превьюMamlakatimizda respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tizimi ilm-fan va ta’lim darajasini oshirish, yoshlarni intellektual rivojlantirishga k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- asosiy olimpiada, moddiy rag‘batlantirish, xalqaro Jautikov fan olimpiadasi., nufuzli xalqaro olimpiadalar, onlayn olimpiadalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураА. Н. Соловьев1970