К содержанию
РецензированоUZ2000

RA’NOKABILAR SINFCHASINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI

G’ofurova Odinaxon Mirzohidjon qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2000

Аннотация

Ra’nokabilar (Rosidae) ajdodchasi ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha hisoblanadi. Shu bilan birga bir muncha qadimgi va rivojlangan turlarni o‘z ichiga oladi. Hayotiy shakli daraxtdan tortib o‘t o‘simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har xil organik kislotalar, vitaminlar va efir moylari uchraydi. Juda ko‘p turlari qadimdan madaniylashtirilgan. Shuningdek bir qancha turlari tibbiyotda dori tayyorlashda, ishlatiladi. Kalit so’zlar: aktinomorf, zigomorf, androtsey, ginetsey, yelkancha, qayiqcha, vitaminlar, efir moylar, alkoloidlar. Ra’nokabilar (Rosidae) ajdodchasi ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha hisoblanadi. Shu bilan birga bir muncha qadimgi va rivojlangan turlarni o‘z ichiga oladi. Hayotiy shakli daraxtdan tortib o‘t o‘simliklargacha. Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida tarqalgan. Gullari ikki jinsli, ba’zan ayrim jinsli. Tugunchasi ustki, ostki va o‘rta. Ushbu sinfcha 40 ta qabila, 60 ta oila, 2800 turkumga mansub 5500 turni o’z ichiga oladi. Ra’nonamolar (Rosales) qabilasi 3ta oilani ( Rosaceae, Chrysobalanaceae, Neuradaceae) o‘z ichiga oladi. Ra’nodoshlar (Rosaceae) oilasiga 120 ta turkum va 2000 dan ortiq tur kiradi. Ular daraxt, buta, chala buta, ko‘p yillik, ba’zan bir yillik o‘simliklar bo‘lib, ayniqsa shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Barglari poyada ketma-ket joylashgan oddiy yoki murakkab bo‘lib, ko‘pincha yon barglarga ega. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yakka, ba’zan tupgullarni hosil qiladi. Gulqurg‘oni murakkab, 5 lik tipida bo‘ladi, erkin yoki ma’lum darajada qo‘shilgan. Changchilari ko‘pincha ko‘p sonli. Urug‘chisi 1, 5 yoki bir necha mevabarchaning qushilishidan hosil bo‘lgan. Mevasi har xil tipda bo‘ladi. Ra’nodoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jihatidan 6 ta kichik oilachaga bo‘linadi. Tubulg‘udoshchalar (Spireoidaeae) oilachasi vakillari buta o‘simliklardir. Barglari oddiy yoki murakkab, gullari qalqonsimon to‘pgulga yig‘ilgan. Mevasi to‘p, yoyma meva. Gulining formulasi: *♀♂ Ca Co A~ G . Oilachaning asosiy turkumi tubulg’i 5 5 (5) (Spiraea). Itburundoshchalar (Rosoidaeae) oilachasiga o‘t, yarim buta va buta o‘simliklar kiradi. Barglari toq patsimon murakkab yoki oddiy chetki qirralari uyilgan, yon bargchali. Poyasi ko‘pincha tikanli. Mevasi yong‘oqcha yoki murakkab danakchali meva. Gul formulasi: *♀♂ Ca Co A~ G . Oilacha vakillari: Itburun na’matagi (Rosa canina), Fedchenko (5) 5 (5) na’matagi (R.fedtchenkoana), Samarqand na’matagi (R.moracndica), Zangori maymunjon (Rubus caesius), Oddiy maymunjon (R.idaeus), qulupnoy (Fragaria), g‘ozpanja (Potentilla). Olmadoshlar (Maloidaea) oilachasi vakillari: daraxt va buta o‘simliklardir. Ularning barglari, oddiy, ba’zan murakkab, yong‘bargchali. Mevasi sersuv soxta meva. Gul formulasi: *♀♂ Ca Co A~ G ba`zan . Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi olma (5) 5 (1) (2-5) (M.sylvestris), nok (Pyrus), bexi (Cydonia), sariq dulana (Crataegus pontica). Olxo‘ridoshchalar (Prunoidaeae) daraxt va buta o‘simliklar. Bularning gul tuzilishi yuqoridagilarga o‘xshab ketadi. Mevasi quruq yoki sersuv danakcha. 89 Gul formulasi: *♀♂ Ca Co A , ~, G . Oilacha vakillari: Shirin bodom (Amygdalus 5 5 5 1 communis), o‘rik (Armeniaca vulgaris), shaftoli (Persica vulgaris), olcha (Cerasus vulgaris), gilos (Cerasus avium), olxuri ( Prunus domestica). Oilaning ko‘pchilik vakillari oziq-ovqat o‘simligi hisoblanadi. Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har xil organik kislotalar, vitaminlar va efir moylari uchraydi. Juda ko‘p turlari qadimdan madaniylashtirilgan. Shuningdek bir qancha turlari tibbiyotda dori tayyorlashda, ishlatiladi. Burchoqnamolar (Fabales) qabilasi faqat burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasini o‘z ichiga oladi. Oilaning 500ga yaqin turkumi, va 12000 turi, butun yer yuzida tarqalgan. Ular daraxt, buta, chala buta, va o‘t o‘simliklardir. Poyasi tik, o‘rmalovchi va yotib o‘suvchi. Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, toq va juft patsimon, ba’zan oddiy, yon bargchalarga ega. Murakkab patsimon barglarni uchki tomonidagi yaproqchalari ba’zan shaklini o‘zgartirib, gajaklarga, yon bargchalari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli, (zigomorf), ba’zan aktinomorf bo‘lib shingil, boshcha, soyabon, boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Changchisi va urug‘chilari hasharotlar yordamida, yoki o‘z o‘zidan changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab, kosacha bargi 5 ta, ko‘pincha qo‘shilib o‘sgan, tojbargi ham 5 ta. Ustki tojbargi yirikroq bo‘lib, «yelkan», ikkita ostkisi esa, changchilarni o‘rab turgani «qayiqcha» deb ataladi. Changchilar soni odatda 10ta ulardan bittasi erkin, qolgan 9 tasining chang iplari o‘zaro qo‘shilib o‘sgan. Ba’zi xollarda 10ta changchining chang iplari, hammasi bir-biri bilan qo‘shilib, ketadi, yoki erkin holda bo‘ladi. Urug‘chisi 1ta meva bargchadan tashkil topgan. Tugunchasi ustki. Mevasi dukkak. Urug’lari endospermsiz. Gul formulasi: ↑ ♀♂ Ca Co A G . Oila vakillari: No‘xatsimon burchoq (5) 1

Доказательный фрагмент

«Ra’nokabilar (Rosidae) ajdodchasi ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ra’nokabilar (Rosidae) ajdodchasi ikki pallalilar ajdodidagi eng katta ajdodcha hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
efir moylar, zigomorf, aktinomorf, vitaminlar, alkoloidlar., androtsey, ginetsey, qayiqcha, yelkancha
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники