Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
YOʻSINLAR BOʻLIMI TAVSIFI, OʻZIGA XOS BELGILARI KLASSIFIKATSIYASI
Mamadiminova Muslima Ravshanbek qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
In this thesis, information is given about the description, distinctive features and classification of the Yosin department. Kalit so’zlar: Yo’sinlar turlari, tasniflanishi, klassifikatsiyasi, ahamiyati. Ключевые слова: Виды лишайников, классификация, классификация, значение. Keywords Types of lichens, classification, classification, significance. Yo’sintoifa (moxtoifa) - Bryophyta o‘simliklar Yo‘sintoifa o‘simliklar bo’limiga 25000 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan yuksak o'simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2- o'rinda turadi. Yo‘sintoifa 0‘simliklar ancha oddiy tuzilganligi, ildizi va o‘tkazuvchi sistemasi bo’lmasligi bilan boshqa yuksak o‘simliklardan farq qiladi. Yo‘sintoifa o ‘simlikIarning oddiylari, tallomlilar bo’lib, ulaming tanasi yer bag‘irlab yotadigan tallomdan iborat. Ancha murakkab tuzilgan yo‘sintoifalarning tanasida esa poya va barglar, ildizlar o‘rnida rizoidlar bo’ladi. Yo‘sinsimonlar eng qadimgi yuksak o ‘simlikIar hisoblanadi. Keyingi yillarda Boltiq bo‘yidan ulaming sporalari topilgan. Mezozoy va kaynozoy erasining qoldiqlaridan esa ular ko‘p topilgan. Riniyafitlarning ochilishi yo‘sinsimonlaming kelib chiqishi haqidagi ko‘pchilik olimlarning fikrini o‘zgartirib yubordi. Keyingi fikrlarga ko‘ra, yo‘sinsimonlar riniyafitlar, ya’ni ularda sporafitning reduksiyalanishi va gametofitning jadal taraqqiy etishi tufayli kelib chiqqan. Yo‘sinsimonlaming anatomik tuzilishi ham juda sodda bo‘lib, xilma-xil to'qimalarga ajralmaydi. Yo‘sintoifalaming bo‘yi 20-40 sm dan oshmaydi. Yo‘sinsimonlaming vegetativ qismlarida ko‘p hujayrali jinsiy organlar, ya’ni erkak jinsiy organlari - anteridiy, urg‘ochi jinsiy organlari - arxegoniy hosil bo’ladi. Bularda jinsiy nasi - gametofit ustun turishi bilan aksariyat yuksak o‘simliklardan farq qiladi. Jinssiz nasi, ya’ni sporafit juda reduksiyalangan boMadi va chala parazit holatida gametofitda yashaydi. Yo‘sinsimonlar spermatazoid va tuxum hujayralar yordamida jinsiy yo’l bilan ko'payadi. Jinsiy jarayon yuz berishi uchun suv talab qilinadi, chunki spermatazoidlar faqat suvdagina arxegoniylar tomon boradi. Natijada zigota va undan sporagon taraqqiy etadi. Shundan keyin jinssiz ko‘payish boshlanadi. Ularda sporafitning taraqqiyoti gametofitning taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan. Chunki sporafit suv bilan ozuqani asosan gametofitdan olib turadi. Shuning uchun ham yo‘sintoifalarda gametofit bo‘gim ustunlik qiladi. Yuksak o‘simliklarda sporafit bo‘g’in mustaqil yashaydi. Yo‘sinlarning yer osti kurtaklari vegetativ tanasining bo’lakchasi bilan vegetativ ko‘payishi mumkin. Ularning ko‘payishida doimo nasllarning gallanishi kuzatiladi. Ular sodda tuzilishdagi o‘t o‘simliklar bo’lib, suvo‘tlarga ancha yaqin turadi. Sababi, vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo‘q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Barglari oddiy o‘troq. Yo‘sinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuq tundra zonasigacha bo’lgan hududlarda uchraydi. Ba’zi vakillari daraxtlarning poya qismida, tuproqning ustida 97 yashil gilamlar hosil qiladi. Yo‘sinsimonlaming taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilaridan yana biri yetilgan sporalardan protonemaning o‘sishidir.[1.2.3] Protonema ko‘pchilik yo‘sinlarda ipsimon ko'rinishda, faqat sfagnum va andreya yo‘sinlarida gametofitlar dastlabki fazasida plastinka shaklida bo‘ladi. Jigarsimon yo‘sinIarda protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan qisqa tana ipchadan iborat, Undan plastinkali yoki poyabargli gametofit taraqqiy etadi. Yo‘sinlar ichida funariyaning protonemasi yaxshi o ‘rganilgan. Bir uyli gametofiti bir o ‘simlikda yetishadi. Uning sporasi qulay sharoitda o‘sib, undan shakllangan ipcha hosil bo’ladi. Bu ipcha uchki qismidagi hujayrasining bo’linishi hisobiga o ‘sib boradi. Shundan so‘ng ipcha shoxlanib, unda gametofit kurtaklar hosil bo’ladi. Yo‘sinlaming bunday ipsimon protonemasi tashqi ko'rinishidan yashil suvo‘tlariga juda o‘xshaydi. Shunga ko‘ra yo‘sintoifalarni yashil suvo‘tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar yuzaga kelgan. Lekin bu fikmi tasdiqlovchi asosli dalillar yo‘q. Yo‘sinsimonlar 3 sinfga bo’lib o'rganiladi: 1. Jigarsimon yo‘sinlar sinfi — Hepaticopsida. 2. Poyabargli yo‘sinlar sinfi— Bryopsida. 3.Antofseratsimonlar sinf! —Anthocerotopsida. 1. Jigarsimon yo‘sinlar - Hepaticopsida sinfi gametofitining xilma-xil boMishi va sporofitning deyarli o‘xshash bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu ajdodga 30 ga yaqin turkum va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ulaming ko‘pchiligi tropiklarda tarqalgan bo’lib, asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yo‘sinlarning vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo’llar bilan ko‘payadi. Jigarsimon yo'sinlar deb atalishiga sabab shuki, marshansiya avlodining turlari tallomidan Yevropada (to XIX asming boshigacha) jigar kasalliklarini davolashda dorivor o‘simlik sifatida foydalanib kelingan. Hozirgi klassifikatsiyaga ko‘-ra, jigarsimon yo‘sinlar sinfi 2 ta sinfchaga - marshansiyaka
Доказательный фрагмент
«In this thesis, information is given about the description, distinctive features and classification of the Yosin department.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, information is given about the description, distinctive features and classification of the Yosin department. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Types of lichens, classification, classification, significance, tasniflanishi, Yo’sinlar turlari, klassifikatsiyasi, ahamiyati.
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025