К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIMDA INDIVIDUAL YONDASHUV VA UNING O‘QUVCHILARGA TA’SIRI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Masharipova Unsunoy Madamin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ta’limda individual yondashuvning ahamiyati va uning o‘quvchilar ongiga, bilimiga ijobiy ta’siri,individuallikning o‘ziga xos muvaffaqqiyatlari va afzalliklari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Ta’lim, tarbiya, bilim, ko‘nikma, malaka, individual. Jahonda va mamlakatimizda ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy kuch sifatida e’tirof etilib, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini innovatsion tashkil etish, har bir yoshni yanada teran fikrlashga va kerativlikka chorlaydi. Shu bilan birga o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undash ularni kelajakda barkamol shaxs sifatida kamol topshida va shaxsiy hayotda ham o‘z o‘rnini topa olishida ham katta turtki bo‘ladi. Bularning amalga oshishini ta’minlashning zamirida, albatta, ta’lim tushunchasi yotadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobining mazmun-mohiyati va asosiy g‘oyalarida ma’rifatlilik eng ko‘p tilga olingan.Unda O‘zbekiston rivojlanishining 4 ta ustini so‘z yuritilib,1-ustun bu maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, umuman xalq ta’limi va oliy ta’limdagi ustozi murabbiylar, o‘qituvchi professorlar, olimlar ekanligi, ta’kidlandiki, bu zimmamizga juda katta mas’uliyat va ishonchni yuklashi takidlangan [3]. Shu o‘rinda biz har tomonlama yetuk kadr bo‘lib yetishishimiz va yosh avlodga bilim, ko‘nikma va malkalarimizni ishga solgan holatda sifatli ta’lim berishimiz lozim. Keling shu o‘rinda ta’lim, bilim, ko‘nikma va malaka tushunchasiga atroflicha to‘xtalib o‘tsak, ta’lim bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyat jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishni jarayonidir [1.] Bilim-shxsning ongida tushunchalar,sxemalar va ma’lum bir obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmuyi.[2] Ko‘nikma-olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi.[2] Malaka-olingan bilimlarni tanish va notanish vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyati.[2] O‘quvchilarni har tomonlama yetuk va komil inson sifatida tarbiyalashimizda, albatta, ta’lim bilan birgalikda tarbiya ham katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va tarbiya ikkalasi birgalikda olib boriladigan pedagogik jarayon hisoblanadi. Bu ikkala tushunchani bir biridan ayri holda tutishimiz bu ilmsizlik va jaholatga bo‘lgan ilk qadamimiz hisoblanadi. Bu ikki tushuncha har doim va har qachon birgalikda olib borilsa va ijtimoiylashuv jarayonida teng tarzda o‘rinlarda tursa ,unda kelajak avlodni, haqiqatdan ham komil inson qilib tarbiyalay olamiz. Tarbiya-muayyan,aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish,uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini ijobiy tarkib toptiruvchi jarayon.[2] Bunda esa kitobning o‘rni beqiyos. Zero, kitob ilm va tarbiya beruvchi yog‘du. 41 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: “Bolalarimiz kitob o‘qishi kerak,kitob o‘qigan insondan yomonlik chiqmaydi. Kitobsiz-kelajak yo‘q!”. Ushbu so‘zlarning zamirida juda katta ma’no-mazmun bor desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki, qaysidir bir kitobni qo‘limizga olmaylik, ularning hammasida yaxshilik, ezgulik,t o‘g‘ri so‘zlik, insonparvarlik, yomondan yiroqda bo‘lish, kamtarinlik ruhidagi tarbiyaviy jihatlari ko‘p hisoblanadi. Bu bilan shuni anglashimiz lozimki, kitob o‘qigan inson hech qayerda va hech qachon xor bo‘lib qolmaydi. Negaki unday insonlar ma’naviyati to‘yingan, ruhan va jismonan ta’lim-tarbiyaga boy insonlar hisoblanadi. Kitoblar ham insonlarga qarab turlicha ma’no- mazmun kasb etadi. Chunki, insonlar ham kitoblar kabi turli-tuman xarakter, bilim sohibi va nozik ko‘ngil egasidirlar. Shunday ekan ta’limda individuallik tushunchasiga to‘xtalib o‘tishimiz joizdir. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida individual yondashuvni qo‘llash zamonaviy ta’lim tizimining takomillashtirilishi uchun muhim yo‘nalishlardan biridir. Bu o‘z navbatida, shaxsning ijobiy fazilatlarini aniqlash, muntazam psixologik-pedagogik tashxislash, ta’lim- tarbiya jarayonida shaxs xususiyatlarini inobatga olish, shaxs rivojlanishi kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqishi va iqtidorini aniqlagan holatda ularga dars mashg‘ulotlari o‘tilsa samaraliroq bo‘ladi. Shuning uchun ham ta’limda individuallik tushunchasi tobora kengayib bormoqda. Dars mashg‘ulotlari davomida har bir o‘quvchini individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holatda dars mashg‘ulotlari tashkil etilsa, o‘quvchilarning ham, ta’lim jarayonining ham samaradorligi yuqori darajalarga ko‘tariladi. O‘sib-ulg‘yib kelayotgan har bir yosh kundan kunga o‘zgacha fikr egasi, o‘zgacha talant egasiga aylanib bormoqda. Bu yangidan yangi iqtidorlarni kashf bo‘layotganining isbotidir. Individual ta’lim-o‘qituvchining o‘quvchiga pedagogik ta’sirini amalga oshiruvchi o‘quv mashg‘ulotlari shakllaridan biri.Individual ta’lim o‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ta’limda individual yondashuvning ahamiyati va uning o‘quvchilar ongiga, bilimiga ijobiy ta’siri,individuallikning o‘ziga xos muvaffaqqiyatlari va afzalliklari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ta’limda individual yondashuvning ahamiyati va uning o‘quvchilar ongiga, bilimiga ijobiy ta’siri,individuallikning o‘ziga xos muvaffaqqiyatlari va afzalliklari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, ko‘nikma, individual., bilim, malaka, Ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники