К содержанию
РецензированоUZ2025

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI O‘QITISHDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSI

SHAKLLANTIRISH MUAMMOSI · O‘roqova Sharofat Bahodirqizi

Научный информационный бюллетень · 6 · 55-59 · 2025

Аннотация

Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va raqamli kompetensiyalarga ega kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Raqamli ta’lim ilg‘or texnologiyalar yordamida individuallashtirilgan o‘qitish jarayonini shakllantiradi. Raqamli didaktika esa o‘qitish metodlari va texnologiyalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, axborot-kommunikatsion texnologiyalar va interfaol o‘qitish usullarini o‘z ichiga oladi. Raqamli ta’lim muhiti ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu jarayon mehnat bozorining talablariga moslashish va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli ta’lim, raqamli didaktika, raqamli kompetensiya, ta’lim tizimi, innovatsion texnologiyalar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, interfaol o‘qitish, mustaqil ta’lim,mehnat bozori,kasbiy kompetensiyalar, zamonaviy pedagogika. Hozirgi kunda iqtisodiyotning kasbiy mobillikka ega bo‘lgan, o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarda ishlay oladigan kompetensiyali mutaxassislarga talab ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida mehnat bozori, ish beruvchilar, umuman butun raqamli iqtisodiyotning talablari bilan belgilanadigan zamonaviy mutaxassislarni o‘qitish sifatini oshirish vazifasi muhimbo‘lib turibdi. Ta’limda raqamlashtirish, o‘qitish jarayonining uzluksizligi (life long learning)ni, shuningdek, o‘z ichiga o‘qitishda katta hajmli ma’lumotlar (big data)dan, virtuallashtirishdan, virtual va to‘ldirilgan realliklardan (VR, AR), mobil texnologiyalarning bulutli hisoblashlari va boshqalardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar (advanced learning technologies) asosida uning individuallashtirilishini ta’minlashga yo‘naltirilganligini ko‘rish mumkin. Ta’limda raqamli texnologiyalardan sifatli foydalanish, ta’lim oluvchilarning mustaqil izlanishlarga jalb qilinishi, axborotlarni tanlab olish, loyihalashtirish faoliyatida ishtirok etish bo‘lajak mutaxassislarda XXI asr kompetensiyalarini, shu jumladan, raqamli kompetensiyalarini shakllantiradi. Ta’lim muassasalaridagi raqamli ta’lim jarayonini yaratish pedagogika fanining yangi tarmog‘i – raqamli ta’lim muhitida o‘qitish jarayonini tashkil etish haqidagi ilmiy fan bo‘lib hisoblanadigan raqamli didaktikaga asoslanishi zarur. Raqamli didaktikaning predmeti bo‘lib raqamli ta’lim vositalarining amal qilishi emas, balki kishining faoliyati sanaladi. Raqamli didaktika ma’lum bir ilmiy g‘oyalar va yondashuvlarning bir sohadan ikkinchi sohaga o‘zaro olib o‘tilishi va ularning 348 integratsiyalashuvi bilan tavsiflanadigan ilmiy bilishning trans-integrativ sohasi sifatida olib qaralishi mumkin. Kasbiy ta’lim va o‘qitishda raqamli didaktikaning predmeti bo‘lib “raqamli ta’lim muhitida tahsil olish jarayonini tashkil etish tizimi sifatida butun o‘qitish jarayonining olinishi” hisoblanadi, bunda u o‘z ichiga o‘qitish maqsadlarini (raqamli iqtisodiyot va raqamli Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue2,Mart 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. jamiyat talablari bilan mos holda), o‘qitish mazmunini va uning shakllantirilishiga talablarni, o‘qitish jarayonini tashkil etish usullarini (raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish asosida), tashkiliy shakllarni, o‘qitish texnologiyasini va metodlarini (raqamli texnologiyalarning didaktik imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish), o‘qitish vositalarini (shu jumladan, raqamli – yagona intellektual majmuaga birlashtirilgan tarmoqli va dasturiy-apparatli), kasbiy ta’lim va o‘qitishdagi raqamli ta’lim jarayonining jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishiga ta’sirinioladi. Shuningdek, olimlar ta’kidlab o‘tganlaridek, raqamli avlod vakillari bilan ishlash strategiyasi shundan kelib chiqishi lozimki, bunga ko‘ra “ularni an’anaviy ta’lim jarayoniga integratsiyalash amalda mumkin emas. Shuning uchun ta’lim jarayonini raqamli avlod imkoniyatlariga qarab sezilarli ravishda transformatsiyalash zarur bo‘lib, buning natijasida yangi raqamli ta’lim jarayoni tuziladi”. Raqamli ta’lim jarayonini tuzishning o‘ziga xosligi bo‘lib raqamli texnologiyalarni joriy qilish va ulardan foydalanish hisoblanib, ularning ko‘pchiligi quyidagi didaktik xossalarga ega bo‘ladi: global tarmoqda har xil axborotlarni izlab topish erkinligi; personallilik (ta’lim oluvchilarning ehtiyojlariga va o‘ziga xosliklariga mos ravishda personal sozlash uchun cheklanmagan imkoniyatlar); interfaollik (o‘zaro o‘quv harakatlari jarayonida ko‘p sub’ektlilikning ta’minlanishi); multimediaviylik (

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va raqamli kompetensiyalarga ega kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va raqamli kompetensiyalarga ega kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kasbiy kompetensiyalar, raqamli didaktika, raqamli iqtisodiyot, interfaol o‘qitish, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, mehnat bozori, zamonaviy pedagogika., mustaqil ta’lim, ta’lim tizimi, raqamli kompetensiya, raqamli ta’lim, innovatsion texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники