Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VIL’YAM SHEKSPIR VA MAQSUD SHAYXZODA DRAMALARIDA TIPOLOGIK O`XSHASHLIKLAR
VIL’YAMSHEKSPIR VA MAQSUDSHAYXZODA DRAMALARIDA TIPOLOGIK (Filologiyafanlari nomzodi, dotsent Buxoro davlat pedagogika instituti)
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
В данной статье произведения великого английского драматурга Уильяма Шекспира и одного из ярких деятелей узбекской литературы Максуда Шайхзоды получили уникальную оценку в мировом и узбекском литературоведении. Произведения Шекспира вызвали интерес узбекских читателей в начале прошлого века, были переведены и предоставлены читателям. Его произведения переводились и издавались несколько раз во времена бывшего Советского Союза. Даже после обретения независимости бессмертные произведения Шекспира переиздавались (в переводе поэта и переводчика Джамаля Камаля). Популяризация произведений Шекспира на этом уровне, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 безусловно, показывает уникальные стороны литературных влияний и связей в узбекской литературе изакономерно,что онанаходится вцентревнимания ученых-литературоведов. Ключевые слова: трагедия, сюжет, концепция, антиквариат, жанр, экспозиция, эстетика, трагическийгерой,экспозиция,литературный критик. Tragediya shiddatli voqealar oqimiga, qiziqarli syujetga, o`lmas badiiy g’oyalarga asoslaniladigan, va ayni paytda, yozuvchi badiiy kontseptsiyasini o`zida ifoda etishda keng imkoniyatlarga ega bo`lgan adabiy janrdir. Mavzuga yondashishdan oldin targediyaning janriy xususiyatlari masalasiga oydinlik kiritib olish, maqsadning yanada aniqroq va teranroq ochilishida yordam beradi.Fojia janri adabiyotning dramatik turiga mansubdir. Tragediya – yunoncha so`z bo`lib, kelib chiqishidagi asl lug’aviy ma`nosi – tragos – echki, oda – qo`shiq, ya`ni “echki qo`shig’i” demakdir. Bugungi kunda u o`zining qadimiy lug’aviy ma`nosidan butunlay uzoqlashib ketgan. Xo`sh, nega endi “echki qo`shig’i”? Bu atama qanday kelib chiqqan?Yunonistonda antik davrda har yili fevral’ oyida hosil xudosi Dionis kiyimidagi kishi tushgan aravaning orqasidan bir to`p qiziqchilar ergashib yurishgan. Ular mavjud odatga ko`ra echki terisini yopinib olishgan. Bularni tragoslar deb atash rasm bo`lgan. Keyinchalik bu termin adabiyotga qo`yib, o`zining asl asarlarga nisbatan ishlatilgan.Eng birinchi tragediyaning vatani Yunoniston bo`lib, bu janrning “otasi” antik adabiyot namoyandasi Esxil (eramizdan oldingi VI – V asr) sanaladi. Uning zamondoshlari va izdoshlari Safokl, Evripid kabilar bo`lib, ular yaratgan fojialar bugungi kungacha tamoshabinlarni qiziqtirib keladi.Odatda, tragediya deganda oxiri o`lim bilan yakunlanadigan yasarlar tushuniladi. Bu xususiyat ko`pchilik fojia asarlariga xos bo`lsa ham, birdan-bir va asosiy belgi emas.Tragediya – qahramonlarning boshiga tushadigan eng og’ir holatlarni bo`rttirib ko`rsatish yo`li bilan hayotda hamisha mavjud bo`lgan fojiaviylikni yorqin tasvirlaydigan asarlardir. Fojia inson hatidagi eng qaltis, eng shiddatli, halokatli holatlar tasvirga asos qilib oladi va ularni dahshatli to`qnashuvlar, tashqi yoki ichki kurashning shiddatli silsilasida tasvirlaydi. Shekspirning “Otello”, “Hamlet”, Pushkinning “Boris Godunov”, Abduratif Fitratning “Abulfayzxon”, Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” fojialarida xuddi ana shunday holatlarni ko`ramiz. Aynan “Mirzo Ulug’bek” asarida Shayxzoda bosh qahramonning hayotiy fojiasini uning o`z zamonasidan juda ham ilgarilab ketgani bilan izohlaydi. Ulug’bek ideallari bilan mavjud jamiyat tarixiy sharoiti o`rtasida hal qilib bo`lmaydigan qarama-qarshilik mavjud va xuddi mana shu qarama-qarshilik qahramon fojiasining asosini tashkil etadi.Fojia janridagi asarlar aksariyat falsafiy ruh bilan yo`g’rilgan, romantik bo`yoqlarga boy, dramatizm eng yuqori nuqtaga olib chiqilganligi bilan ajralib turadi. Bunday asar yaratish oson emas. Shuning uchun ham mukammal fojia asarlari adabiyotimizda kam uchraydigan hodisadir.Tragediya janri namunasida xarakterlarning ulug’vorligi, o`ta mushkul azob o`qubatli jarayonlarni yangi bobida qalblarni fojiali tug’yonlar qa`riga tortuvchi iztiroblarning ikkilanish onlari, noiloj holatlardan chiqish uchun butun vujudi bilan qarshi kurashishlari, o`lim dahshatlaridan tap tortmasliklari kitobxon va tomoshabin qalbini larzaga soladi, hayajonlantiradi, birolam unutilmas estetik ta`sirko`rsatadi. Ko`pincha, qahramonlik ruhi bilan omuxta bo`lib keluvchi fojia ruhi hayajonlantiruvchi kuchi, ta`siri bilan turmushning xunuk va yovuz ko`rinishlaridan uzoq yurishga unday hollarga qarshi beomon kurashishga undaydi, ulug’vorlikka chorlaydi. San`atkorona ko`rsatilgan bunday holatlarni ko`zdan kechirgan qalbidan his etgan tomoshabin va kitobxon o`zini avvalgidan bardamlashgan, ma`naviy kuchi oshgan, yangi kurashlarga chog’langan his etadi. Tragediyaning tarbiyaviy-ta`limiy kuchi, illat va yovuzliklardan qalblarni forig’ etuvchi, fojiaviy larzaga solib ta`sir o`tkazuvchi estetik qudrati xuddi shundadir. Bu janr namunasida, avvalo, tragik g’oya yotishi zarur. U yuksak badiiylik bilan yaxlitlikda namoyon bo`lishi kerak. Unda g’oya chinakam fojiaviy ruh darajasiga ko`tarilishi shart. Bunga tragik koliziyaning mu
Доказательный фрагмент
«В данной статье произведения великого английского драматурга Уильяма Шекспира и одного из ярких деятелей узбекской литературы Максуда Шайхзоды получили уникальную оценку в мировом и узбекском литературоведении.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье произведения великого английского драматурга Уильяма Шекспира и одного из ярких деятелей узбекской литературы Максуда Шайхзоды получили уникальную оценку в мировом и узбекском литературоведении. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tragedy, plot, concept, antique, genre, exposition, aesthetic, tragic hero, exposition, syujet, ekspozitsiya, tragediya, antik, tragik qahramon, adabiyotshunos., kontseptsiya, janr, estetik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026