Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
PYTHON DASTURLASH TILIDA TOPLAMLAR VA FAYLLAR
Halimjonov Sunnatillo
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Python dasturlash tilida toplam bilan ishlash, toplamlarning turlari, ularni yaratish va saqlash, matnli fayllar va ular ustida ishlash atroflicha yoritib o‘tilgan, hamda python dasturlash tilida fayllar bilan ishlashning afzalliklari va kamchiliklari, matn va binar fayllar haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Python dasturlash tili, fayllar, txt, open (), read (), ochish, o‘qish, yopish, afzalliklari, kamchiliklari, ikkilik fayl. KIRISH. Hozirgacha biz asosan bitta toplam ichida ishladik, ya’ni bizning barcha kodimiz bitta .py faylida saqlangan va o‘sha fayldan ishlaydi. Biroq, haqiqiy dunyoda bizning ko‘plab dasturlarimiz bir nechta fayllarda saqlanadi. Bundan tashqari, biz ba’zi sevimli kod parchalari va funksiyalarini keyinchalik foydalanish uchun fayllarda saqlashimiz mumkin. Python dasturlash tili fayllar bilan ishlash uchun juda qulay vositalardan biridir. U bizga fayllarni ochish, o‘qish, yozish va yopish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Python fayllar bilan ishlashda sizga turli xil xususiyatlar, qulayliklar va imkoniyatlarni taklif etadi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Pythonda turli xil fayl turlari bilan ishlash imkoniyati mavjud bo‘lib, shartli ravishda ularni ikki turga bo‘lish mumkin: matn va binar fayllar. Matn fayllari, masalan, kengaytmasi cvs, txt, html, umuman, matn shaklida ma’lumot saqlaydigan barcha fayllarlarni o‘z ichiga oladi. Binar fayllar tasvirlar, audio va video fayllar va boshqalardan iborat. Fayl turiga qarab u bilan ishlash biroz farq qilishi mumkin. Python dasturlash tili tarkibida fayllarga murojat qilish uchun fayl nomiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojat qilib bo‘lmaydi, fayllarga murojat qilish uchun fayllarni dastur bilan bog‘lash uchun alohida o‘zgaruvchi qabul qilinadi. Fayllarni faollashtirish.Python dasturlash tilida fayllar bilan ishlashda .txt kengaytmali fayllardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dastur tarkibida fayllarga murojat qilish uchun albatta oldin .txt kengaytmali faylni yaratib alohida joyga saqlab quyish kerak bo‘ladi. Dasturlash tilida ishlatiladigan fayllar nomi ikki turda bo‘ladi. 1) Fizik nomi; 2) Mantiqiy nomi. Faylning fizik nomi kompyuterda .txt kengaytmali nom bilan saqlangan nomi hisoblanadi. Faylning mantiqiy nomi esa dastur tarkibida faylning fizik nomi bilan bog‘lashga xizmat qiladigan nomi hisoblanadi.Python dasturlash tilida faylni ochish uchun “open ()” funksiyasi ishlatiladi. Bu funksiya fayl nomi va ochish rejimini qabul qiladi. Python fayllarni turli xil rejimlarda ochishi mumkin: faqat o‘qish uchun, yozish uchun, qo‘shish uchun, binary rejimda, va hokazo. Quyida fayllarni ochishning usullari ko‘ramiz: a) “r”- O‘qish - Standart qiymat. Faylni o‘qish uchun ochadi, agar fayl mavjud bo‘lmasa, xatolik beradi. b) “a”- Qo‘shish - faylni qo‘shish uchun ochadi, agar u mavjud bo‘lmasa, uni yaratadi. c) “w”- Write - faylni yozish uchun ochadi, agar u mavjud bo‘lmasa, uni yaratadi.d) “x”- Yaratish - Belgilangan faylni yaratadi, agar fayl mavjud bo‘lsa, xatoni qaytaradi. Fayl ochish quyidagicha bo‘ladi. Agar bizda qandaydir .txt fayl bo‘lsa, uni o‘qish rejimida ochish bunday qilamiz: 44 ` f=open (“fayl_nomi.txt”). Eslatma uchun aytish kerakki, fayl nomini yozib unga murojaat qilmoqchi bo‘lganimizda fayl papkada joylashgan bo‘lsa, manzilini to‘liq ko‘rsatishimiz maqsadga muvofiq. f=open(“D:\fayillarim\fayl_nomi.txt”). Hozir biz faylni ochib o‘qish uchun ochib ko‘ramiz. Avval .txt kengaytmali biror faylga 4 – 5 qatorli matn kiritamiz, uni python faylimiz joylashgan papkaga bitr nom bilan saqlaymiz. Uni open () funksiyasi bilan ochamiz va read () funksiyasi bilan o‘qiymiz: f=open(“fayl_nomi.txt”,”r”) print(f.read()). Agar fayldan ma’lum bir qismni o‘qish kerak bo‘lsa, read () funksiyasi fayldagi butun matnni o‘qiydi. Ammo bizga uning faqatgina ma’lum bir qismi kerak bo‘lsa, uni belgilab ko‘rsatishimiz kerak. Quyidagi misolimizdagi kod matnning dastlabki 10 ta harf yoki belgisini ekranga chiqaradi: f=open(:fayl_nomi.txt”,”r”) print(f.read(10)). Python dasturlash tilida fayl elementlarini teskari tartibda o‘qish imkoniyati mavjud, bu imkoniyatni reversed () funksiyasi amalga oshiradi. Python dasturlash tilida ma’lumotlarni ikki turda yozish mumkin. Python dasturlash tilida birinchi tur bo‘yicha faylga ma’lumot yozish uchun =open(‘fayl fizik nomi’, ‘w’), ikkinchi tur bo‘yicha faylga ma’lumot yozish uchun =open(‘fayl fizik nomi’, ‘a’) buyruqlari oldin yozilishi shart undan so‘ng uning tarkibiga ma’lumot yozish mumkin. Python dasturlash tilida faylga ma’lumot yozishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: .write(o‘zgaruvchi) Fayl tarkibiga ma’lumot yozilganda uning oldingi ma’lumotlari o‘chirilib, yangi ma’lumotlar yoziladi yoki fayl oxiridan yoziladi. Hozir biz faylni ochib o‘qish uchun faylni ochib ko‘ramiz. Avval .txt kengaytmali biror faylga 4-5 qatorli papka kiritamiz. Uni python faylimiz joylashgan papkaga biror nom bilan saqlaymiz. Uni open () funksiyasi bilan ochamiz va read () funksiyasi bilan o‘qiymiz: f=open(“fayl_nomi.txt”,”a”) f.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Python dasturlash tilida toplam bilan ishlash, toplamlarning turlari, ularni yaratish va saqlash, matnli fayllar va ular ustida ishlash atroflicha yoritib o‘tilgan, hamda python dasturlash tilida faylla…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Python dasturlash tilida toplam bilan ishlash, toplamlarning turlari, ularni yaratish va saqlash, matnli fayllar va ular ustida ishlash atroflicha yoritib o‘tilgan, hamda python dasturlash tilida faylla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fayllar, kamchiliklari, txt, ochish, read (), afzalliklari, ikkilik fayl., o‘qish, Python dasturlash tili, open (), yopish
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021