Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUV TIZIMI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Umarova Aziza Sabirovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Buxoro Innovatsiyalar Umiversiteti (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarida (DOTM) boshqaruv jarayonining nazariy asoslari, uning tarixiy rivojlanishi hamda zamonaviy menejment yondashuvlari tahlil etiladi. Qadimgi davrlardan tortib, sanoat inqilobi, ilmiy boshqaruv maktabi, ma’muriy boshqaruv maktabi va byurokratik boshqaruv nazariyasi keltirgan g‘oyalarining oliy ta’lim muassasalari uchun tutgan o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tizimli, miqdoriy, xulq-atvor yondashuvlari va zamonaviy innovatsion boshqaruv tamoyillarining DOTM faoliyatiga tatbiqi ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida DOTMda raqamli texnologiyalar, xalqaro standartlar va ilg‘or menejment usullaridan foydalanishning ahamiyati haqida xulosalar keltiriladi. Kalit so‘zlar: Davlat oliy ta’lim muassasalari (DOTM), boshqaruv nazariyalari, ilmiy boshqaruv maktabi, ma’muriy boshqaruv, byurokratik boshqaruv, tizimli yondashuv, innovatsion menejment, raqamli texnologiyalar, ta’lim sifati. Kirish. Oliy ta’lim muassasalari, xususan, davlat oliy ta’lim muassasalari (DOTM) – jamiyat taraqqiyotining intellektual negizini shakllantiruvchi, ilm-fan va innovatsiya ta’limi markazi hisoblangan muhim institutlardir. Ularning faqatgina bilim berish bilan cheklanmay, ilmiy izlanishlar va amaliy natijalarni jamiyatga keltirishdagi roli tobora ortib bormoqda. Bu jarayonda DOTMda samarali boshqaruvning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv tushunchasi murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning rivoji tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik omillar ta’sirida shakllangan. Qadimgi Yunoniston, Rim va Misrdan boshlab, sanoat inqilobi davriga kelib, Teylor (ilmiy boshqaruv), Fayol (ma’muriy boshqaruv) va Veber (byurokratik boshqaruv) nazariyalari taraqqiy topgan. XX asr o‘rtalariga kelib, tizimli, miqdoriy va xulq-atvor yondashuvlari paydo bo‘ldi, hozirgi paytda esa innovatsion texnologiyalar va raqamli platformalar asosida boshqaruv yanada puxta shakllanib bormoqda. DOTM misolida bu yondashuvlar o‘quv jarayonini rejalashtirish, ilmiy tadqiqotlar, kadrlar siyosati, moliyaviy menejment va boshqa yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topadi. Ta’lim sohasida, xususan, oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv alohida o‘rin tutadi. Davlat oliy ta’lim muassasalari (DOTM) zamon talablaridan kelib chiqib, faqatgina bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, shu bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tadbiq etishi, ilm-fan taraqqiyoti, innovatsion yondashuvlar va yangi texnologiyalarni jamiyatga uzluksiz olib kirishi zarur. Shu ma’noda DOTM boshqaruv tizimi samarali ishlashi, turli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, boshqaruv nazariyalarining ilg‘or tajribalarini qamrab olishi va tizimli integratsiyani ta’minlashi kerak. Boshqaruv – bu murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni o‘rganish tarixiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy o‘zgarishlar kontekstida amalga oshirilishi lozim (Weber, 1922). Qadim zamonlardanoq davlat va jamiyatni boshqarish masalasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, qadimgi Misrda piramidalarni qurish jarayonining muvaffaqiyati samarali mehnat 135 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo taqsimoti va markazlashgan boshqaruvga bog‘liq bo‘lgan (Kieser, 2010). Shuningdek, qadimgi Yunoniston, Rim imperiyasidagi harbiy va siyosiy boshqaruv tizimlari ham dastlabki menejment tamoyillari shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Biroq aynan iqtisodiy va ijtimoiy omillar boshqaruv tizimiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, hunarmandchilikning rivojlanishi, savdo aloqalarining kengayishi, shaharlarda korxonalar sonining o‘sishi boshqaruvning dastlabki shakllariga yo‘l ochgan. O‘rta asrlarda korxonalar, gildiyalar, ustaxona va cehlar o‘ziga xos ma’muriy boshqaruvni talab qilgan. Ustoz-shogird tizimi, mahsulot sifatini nazorat qilish, savdo manfaatlarini himoya qilish kabi funksiyalar bir tomondan professional kasb egalarining malakasini oshirgan bo‘lsa, boshqa tomondan esa korxona doirasida boshqaruv tizimini kuchaytirgan (Johansson, 2015). Pedagogik kontekstda bosqichma-bosqich rivojlangan ta’lim tizimlari, maktablar va madrasalar ham muayyan boshqaruvni talab qilgan. Ayni paytda bu muassasalar jamiyat rivoji uchun muhim kadrlar tayyorlagani sababli, ularning boshqaruvida tarbiyaviy, ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar ham o‘ta muhim o‘rinni egallagan (Герчикова, 2000). XIX asr oxiri va XX asr boshi sanoat inqilobining avj olishi bilan boshqaruv jarayonida samaradorlikni oshirish masalasi kun tartibiga chiqdi (Taylor, 1911). Bu jarayonni ilmiy bosqichga ko‘tarishda Frederik Teylor boshchiligidagi ilmiy boshqaruv maktabi katta hissa qo‘shdi. Teylorning asosiy g‘oyasi – mehnat jarayonini puxta tahlil qilish, vazifalarni mayda bo‘laklarga bo‘lish, ishchi-xodimlarning ixtisoslashuvini oshirish, mehnatni normativlash, rag‘batlantirish tizimini joriy etish edi. Teylorning “Ilmiy boshqaruv tamoyillari” asari (Taylor, 1911) boshqaruv sohasida inqilobiy g‘oyalarni ilgari surdi. Unga ko‘ra, har qanday jarayonni samarali tashkil etish uchun: 1. Mehnat jarayonini ilmiy tahlil qilish; 2. Kasbiy tayyor
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarida (DOTM) boshqaruv jarayonining nazariy asoslari, uning tarixiy rivojlanishi hamda zamonaviy menejment yondashuvlari tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarida (DOTM) boshqaruv jarayonining nazariy asoslari, uning tarixiy rivojlanishi hamda zamonaviy menejment yondashuvlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ilmiy boshqaruv maktabi, ta’lim sifati., tizimli yondashuv, raqamli texnologiyalar, ma’muriy boshqaruv, boshqaruv nazariyalari, byurokratik boshqaruv, Davlat oliy ta’lim muassasalari (DOTM), innovatsion menejment
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025