К содержанию
РецензированоUZ2026

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KONSTRUKSIYALASH VA MODELLASHTIRISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Haydarov Mirjalol Shog‘dorovich · Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, konstruksiyalash asoslari va modellashtirish turlari hamda ushbu yangilik mamlakatimiz ta’lim tizimiga qanchalik rivojlanish berishi mumkinligi haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, konstruksiyalash va modellashtirish, kompetensiyaviy yondashuv, konstruksiyalash va modellashtirishga asoslangan ta’lim. “Hamma ishlarimiz, islohotlarimiz O‘zbekistonning ertangi kuni uchun. Kelajagimiz zamini esa – siz, yoshlar. Ko‘zlaringdan ko‘rib turibman: sizlar bilimli, Vatanimizga munosib farzand bo‘lib yetishmoqchisizlar. Buning uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz”.[1] Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Yurtboshimiz ta’kidlaganidek mamlakatimizning ertangi kunda jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va xalqaro o‘rnini yanada yuqorilashi uchun eng avvalo yoshlarimizga keng imkoniyat yaratilib berilishi kerakdir. Ayni vaqtda prezidentimiz tomonidan har bir saxoda bo‘lgani kabi ta’lim tizimizda ham katta o‘zgarishlar integratsiya va innovatsiyalar jadal tusda ta’lim samaradorligini oshirib bormoqda deb bemalol ayta olamiz. Shunday, rivojlanish jarayonida asosiy masala sifatida prezidentimiz maktabgacha ta’limga jiddiy e’tibor berishi bu o‘z navbatida yosh avlodni maktab yoshigacha bo‘lgan intellektini yanada rivojlantirishdan iboratdir. Yosh avlod maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyati bilan shug‘ullansa dastlabki maktabga qatam qo‘yish kunlaridan boshlan ilmiy faoliyatga kirishishni boshlaydi, shundan ham ko‘rib turibdiki kichik maktab o‘quvchilari uchun o‘yin faoliyatdan ilmiy faoliyatga o‘tish bosqichlari yengil o‘tmasligi aniq, bunda qanday choralar va tartibni joriy etish talab etadi degan savol turadi. Aynan shunday savollar uchun hozirgi zamonaviy ta’lim tizimiga mos bo‘lgan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashimiz talab etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nima uchun? Ilk ta’lim qo‘rg‘oni bo‘lgan maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kichik avlod uchun dastlabki ta’siroti birlamchidir, ya’ni yosh o‘quvchilar psixologik jihatdan ko‘rgan narsasini boricha qabul qilishi, ularda tahlil -sintez jarayonlari kechishi pastligi sababli aniq va yeatralicha o‘ziga mos -xos jihatni ko‘rsatib o‘tish talab etiladi. Demaki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kelajakda qanday kasbni egallashi va kim bo‘lib yetishi aynan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga katta mas’uliyat yuklaydi. Yuqoridagi fikrlar yuzasidan kelib chiqqan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish hamda shakllantirish bo‘yicha nazariy -amaliy ishlarni olib borishimiz maqsadga muvofiq bo‘lishi joizdir. Hozirgi vaqtda yoshlarning ertasi va mamlakatning ravnaqi yanada yuqorilashida ta’limmiz tizimida innovatsion metodlar hamda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun esa konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarining rivojlanishi bu o‘z 75 navbatida faoliyat davomida kasbiy tayyorgarligida asosiy maqsad sifatida ko‘riladi. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda quyida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida konstruksiyalash va modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish va kompetensiyalarini rivojlantirish metodlarini nazariy jihatlarda tahlil etamiz. Konstruksiyalash va modellashtirishning ta’lim tizimidagi mohiyati: Konstruksiyalash va modellashtirish - bu o‘quv jarayonida dars turidan kelib chiqqan holda turli pedagogik texnologiyalar va zamonaviy metodlardan foydalangan tarzda maktab ta’lim jarayonini natijaviy taraflama ishlab chiqish va tashkil etish imkoniyatini yaratib beruvchi asosiy o‘rindagi kompetensiyalardan biridir. Bunday jarayonlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlari, kreativ yondashishlari hamda nazariy bilimlarni amalda qo‘llash darajasidagi bilimlarni egallashida keng zamin yaratadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarining dars mobaynida ahamiyati quyidagicha tariflanadi.  Ta’lim jarayonining interaktivligini oshirish – O‘quvchilarning darsga hamda fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning kreativlik bila (O‘z xohishlari bilan) faol ishtirokini ta’minlash.  Darslarni natijaviy jihatlarini inobatga olgan holda rejalashtirish – Fan oid holda konstruksiyalash orqali darsning borishini oldindan loyihalash va tahlilga yo‘naltirilgan hollarda natijalarni prognozlashni rivojlantirish.  Kichik yoshdagi o‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish – Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarning o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan o‘quv materiallarini ishlab chiqish kompetensiyalarini shakllantirish va amalda qo‘llash.  Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llash – kommunikatsion axborot texnologiyalaridan hamda vizuallikni amalga joriy etish holda darslar jihozlanis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, konstruksiyalash asoslari va modellashtirish turlari hamda ushbu ya…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, konstruksiyalash asoslari va modellashtirish turlari hamda ushbu ya… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompetensiyaviy yondashuv, konstruksiyalash va modellashtirishga asoslangan ta’lim., konstruksiyalash va modellashtirish, Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники