Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“GLOBAL MAFKURAVIY KONFRONTATSIYA” TUSHUNCHASI: MAZMUN VA MOHIYATI
Adizov Azim Tolibovich · AND ESSENCE
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article scientifically analyzes the concept of global ideological confrontation and its content and essence. Keywords: globalization, ideology, confrontation, ideological aggression, spirituality, national idea, mass culture. КОНЦЕПЦИЯ «ГЛОБАЛЬНОГО ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ПРОТИВОСТОЯНИЯ»: СОДЕРЖАНИЕ И СУТЬ Аннотация. В статье научно анализируется понятие глобального идеологического противостояния, его содержание и сущность. Ключевые слова: глобализация, идеология, противостояние, идеологическая агрессия, духовность, национальная идея, массовая культура. Bugun jamiyatimizda globallashuv jarayonlari shiddat bilan kirib kelayotgan bir vaqtda milliylikni saqlash va milliy mafkura masalasi dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Global mafkuraviy konfrontatsiya masalasiga to’xtalishdan oldin avvalo mafkura va konfrontatsiya atamalariga to’xtalmoqchimiz. Mafkura - (ideologiya) atamasini fransuz faylasufi va iqtisodchisi Destyut de Trassi 1801-yilda ilmiy muomilaga kiritgan bo‘lib, mafkura, siyosat, axloq va boshqalarning qat’iy asosini belgilash uchun, g‘oyalar haqidagi ta’limotni tushungan. Shuningdek faylasuf, vrach, Pver Jan Jorj Kabonis, Fransuz ma’rifatchisi Konstantin Fransua Volney tomonidan ham mafkura haqida fikrlar ilgari surilgan. Fransiyada Napaleon hukmronlik qilgan yillarda ideologlar, mafkurachilar deb jamiyat hayoti va mavjud siyosatdan amaliy ajralib qolganlar tushunilgan [1]. Mafkura tushunchasiga faylasuf olimlar turli ta’riflar bergan bo‘lib, ularning shakli va mazmuni xilma-xildir. 580 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 J.Tulenov, K.Yusupov, Z.G‘afurovlarning qayd qilishlaricha: “Mafkura… keng ma’noga… muayyan bir jamiyatdagi mavjud bo‘lgan har bir sotsial guruh, millat va elat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari manfaatini ifodalovchi va ularga xos bo‘lgan g‘oyalar tizimini tashkil etadi va o‘zining rang-barangligi bilan ifodalanadi… Tor ma’noda mafkura jamiyatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning umumiy muddaolarini ifodalovchi va ularning boshini biriktirib, jipslashtirib bitta asosiy maqsadga, ya’ni Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlashga undaydigan milliy istiqlol haqidagi g‘oyalar, bilimlar yig‘indisini tashkil etadi”. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan farq qiladigan ikki yo‘nalish, tendensiya namoyon bo‘lmoqda: 1.Insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminalashib, universallashib bormoqda. 2.Millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy rivojlanishidagi beqarorlik, ular manfaatlaridagi o‘ziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o‘z millatining kelajagiga xavf tug‘diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm, va narkobiznes hodisalarida namoyon bo‘lmoqda[3]. Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitning 1983-yili - Garvard biznes revyu jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi. Muallif yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday deb atagan edi. Ushbu fanda asosiy e’tibor - global dunyo, - iqtisodiy-moliyaviy globallashuv, tushunchalarni sharxlash, ma’naviy dunѐqarashga kiritish, xamda global transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi, iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, dunyo miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalarga qaratilgan [3]. Ijtimoiy-gumanitar fanlar, siyosatshunoslikda transmilliylashuv jarayonining tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning yordamida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishi har tomonlama chuqur tadqiq etilmoqda. Sotsiologiyada, madaniyatning universallashuvi natijasida turli davlatlar va mintaqa xalqlari yashash tarzining yaqinlashuvi va birxillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Tarix fanida, tarixiy asarlarda globallashuv jarayoni kapitalizmning ko‘p asrlik taraqqiyoti bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Globallashuv sharoitida mafkuralarning ko‘rinishlari mavjud bo‘ladi. A.Yefendiyev ularni uch turga bo‘ladi: butun dunyo insoniyat mafkurasi, aniq bir jamiyat va ma’lum bir ijtimoiy guruh mafkurasi. Mafkuraning o‘zini esa bir necha qatlamlarga bo‘ladi: 581 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 1. Mafkuraning birinchi qatlami – umuminsoniy qadriyatlar. 2. Mafkuraning ikkinchi qatlami – umumxalq, umummilliy qadriyatlar. Ushbu qadriyatlar ma’lum bir jamiyatni jipslashtiradi va larzalardan asraydi. 3. Mafkuraning uchinchi qatlami – ma’lum bir ijtimoiy guruh, sinf manfaatlari, ularni esa siyosiy partiyalar olg‘a suradi. Ularni umumiy maqsad va manfaatlar birlashtirib turadi. Lekin ushbu maqsadlar umummilliy, umuminsoniy qadriyatlarga zid kelmasligi kerak[4]. Globallashuv davrida mafkuraviy konfrontatsiya masalasida shuni ta’kidlash joizki buni 3 jihatd
Доказательный фрагмент
«This article scientifically analyzes the concept of global ideological confrontation and its content and essence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article scientifically analyzes the concept of global ideological confrontation and its content and essence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globalization, ideology, confrontation, ideological aggression, spirituality, mafkura, globallashuv, ma’naviyat, milliy g’oya, mafkuraviy tajovuz, ommaviy madaniyat., konfrontatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026