Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ENG QADIMIY SHAHAR
ENG QADIMIY SHAHAR · Otarbaeva Malika Ongarbaevna
Международный журнал теории новейших научных исследований · 1973
Аннотация
Ushbu moqalada Òzbekiston hududidagi ilk shahar hisoblangan Surxondaryo viloyatidagi Jarqo'ton haqida, uning izlanish tarixi, nomining kelib chiqishi, 1973-yildan boshlabgi, shu bilan birga mustaqillik davriga kelib ham olib borilgan tadqiqotlar va ularning natijalari kòrsatilgan. Kalit sòzlar: Bòstonsay, bronza davri, ark, shahriston, nekropol, Sopolli madaniyati, odam byusti, yevrapoid irqining sharqiy òrtayer dengizi tarmoģi, shaharmonand. Annotation: This article describes the history of Zharkoton in Surkhandarya region, the first city in Uzbekistan, the origin of its name, the research conducted since 1973 and the period of independence, and their results. Key words: Bòstonsay, bronze age, ark, city, necropolis, Sopolli culture, human bust, eastern Mediterranean branch of the Europoid race, city monad. Bilamizki, Òzbekiston davlatchiligi tarixi 3500 yildan kam emasligi haqidagi ma'lumotlarni tarixchi-olimlar tarafidan e'tirof etilgan. Bu fikrga kelishiga sabab ham Jarqòton yodgarligi hisoblanadi. Chunki, yodgarlikdan topilgan materiallar davlatchilik tarixining 3500 yildan kam emasligini isbotlamoqda. Jarqòtan yodgarligi Surxondaryo viloyati Sherobod daryosining kòhna òzani Bòstonsay yoqasidadir. Yodgarlik sopollitepaliklar asos solgan ilk shahar hisoblanadi. U Bo'stonsoyning chap sohilida joylashgan bo'lib, 100 ga maydonni egallagan. Bu erning aholisi ham dehqonchilik bilan shug'ullanib, kamida 500 yil shu erda yashaganlar. Ayirim ma'lumotlarda Jarqo'ton uch qismdan iborat deb kòrsatildi.¹ Uning arki 3 ga maydonni egallagan. Arkning atrofi mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. U erda hukmdorning qarorgohi joylashgan. Mudofaa devori somon qo'shilgan xom g'ishtdan ishlangan. Devor qalinligi 3m, balandligi 5-6m bo'lgan. Hozirda saqlangan qismi I m gacha boradi. Devor kvadrat shaklidagi 92 burjlar bilan mustahkamlangan. Arkka kirish darvozasi janub tomonda joylashgan. Arkda hukmdor saroyi alohida ajralib turadi. Saroyda ko'p oddiy xonalar bo'lib, saroy maydonida 20kv.m supa joylashgan. Arkning sharqiy tomonida bir necha uy- joy massivlari topilgan. Ular 1.5 m qalinlikdagi supa ustiga qurilgan. Bu yerda ko'p xonali hovlilar ochildi. Har bir hovlida 2-3 ta o'choq topilgan. Shaharning janubida 20 ga maydonni egallagan shahar qabristoni topilgan. Jarqo'tonda otashparastlik ibodatxonasi ochildi. Ibodatxonaning atrofi 4.5 m qalinlikdagi devor bilan o'rab olingan. Ibodatxona ikki qismdan muqaddas ziyoratxona va xo'jalik qismlaridan iborat boʻlgan. Ibodatxonaning muqaddas qismi kvadrat shaklida bo'lib, 35x35 metrga teng. Uning tarkibida muqaddas olov, muqaddas quduqlar, altarlar va 4 bosqichga doir tosh yo'laklar bo'lgan. Bular yerga, suvga, olovga sig'inish unsurlari hisoblanadi. Ibodatxonaning ishlab chiqarish-xoʻjalik qismida muqaddas ichimlik- xaoma tayyorlaydigan xona, mozor 71 inventarlari tayyorlaydigan ustaxonalar va ibodatxonaga ajratilgan oziq-ovqat ombori joylashgan. Ibodatxonada hech kim yashamagan, u faqat olovga sig'inish bilan bog'liq boʻlgan urf-odatlar va diniy marosimlar o'tkazish markazi bo'lgan. Lekin, biz Jarqòtonda ikki qismdan iborat degan ma'lumotlarni ham uchiratamiz , ya'ni "Arki a'lo" va "Shahriston" dan iborat.² Arki a'loda shahar hokimining qarorgohi-hukmdor saroyi joylashgan. Arki a'loga tutashgan holda, uning sharqiy va janubiy tomonida, bu shaharning asosiy aholisi- dehqonlar va hunarmandlar yashagan "shahriston" joylashgan. Shahristondan janubda, qadimgi ariq qoldiģining orqa tomanida, Bòstonsay jarlari bòlib, kamida 20 gektar maydonni egallagan nekrapol, ya'ni shahar qabristoni joylashgan. Yodgorligining ochilishining òzi kutilmagan tarzda yuz bergan. Qadimgi shahar madaniyatining yana bir nodir obidalaridan biri- Sopollitepada arxeologik qazishma ishlari yakunlayatgan vaqtda Jarqo'ton haqida xabar keladi. Òsha kezlarda Leningradtan B.M.Masson boshchiligidagi bir guruh arxeologlar 93 Surxondaryoning Angor tumanidagi antik davr obidasi Zartepada qazishmalar olib borgan edi. Òsha yili A.Asqarov Zartepaga B.M.Masson boshchiligidagi guruhning qazishma ishlarini bilan tanishgani keladi. Kutilmaganda arxeologlar joylashgan kolxoz dala shiyponida arxeolog Shokir Pidaev topib kelgan sopol parchalarga A.Asqarovning kòzi tushadi.Sopol parchalarini kòzdan kechirar ekan, ushbu topilma bronza davrining noyab yodgorligi Sopollitepa materillariga òxshashligini eslab, Sh.Pidaevni yangi nayob yodgorlik bilan tabrikladi va darhol yangi obiekt bilan tanishib kelishlikni kasbdoshlariga taklif qilgan. Yodgarlikni òrganish ishlarini iyun oyining jazirama paytidan boshlangan. Qadimgi ko’hna shaharni hozirgi Guliston jamoa xòjaligi tarafidan buzilib, ekinzorga aylandirilgan qismida suv yuvib ketgan jar kesmasida ochilishib qolgan qabrga arxeologlarning kòzi tushdi va bu yodgorliklarni bronza davriga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Ular òrganish mobaynida eng avvalo nimaga yodgorlikning Jarqo'ton deb atalishiga qiziqdi. Keksalarning guvohlik berishiga qaraganda, 1950-yillarning boshlarida bu
Доказательный фрагмент
«Ushbu moqalada Òzbekiston hududidagi ilk shahar hisoblangan Surxondaryo viloyatidagi Jarqo'ton haqida, uning izlanish tarixi, nomining kelib chiqishi, 1973-yildan boshlabgi, shu bilan birga mustaqillik davriga kelib h…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu moqalada Òzbekiston hududidagi ilk shahar hisoblangan Surxondaryo viloyatidagi Jarqo'ton haqida, uning izlanish tarixi, nomining kelib chiqishi, 1973-yildan boshlabgi, shu bilan birga mustaqillik davriga kelib h… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bòstonsay, bronze age, ark, city, necropolis, Sopolli culture, Sopolli madaniyati, shaharmonand, shahriston, yevrapoid irqining sharqiy òrtayer dengizi tarmoģi, odam byusti, bronza davri, nekropol
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026