К содержанию
РецензированоUZ2026

JANGOVAR HARAKATLARDA PIYODALARGA QARSHI TO‘SIQLARDAN YO‘LAK OCHUVCHI MINASIZLANTIRISH ZARYADLARI

Maxmudov Maqsud Ibroximovich · O‘R QK Akademiyasi o‘qituvchisi

Interpretation and researches · 2 · 2026

Аннотация

As you know, the successful fulfillment of the tasks set in combat operations depends on the main tasks of support. This article examines the situation in which engineering units found themselves, the system of opening corridors in anti- personnel barriers with their available forces and means. Keywords: Combat, explosive, barrage, mine, active, engineering, divisional, charging, field. Jangovar harakatlarda yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda muhandislik ta’minoti muhim ahamiyatga ega. Jangovar harakatlarda muhandislik ta’minotining asosiy vazifalaridan biri mina portlovchi to‘siqlardan yo‘laklar ochish va ularni qo‘shinlar o‘tishi uchun soz holatda saqlab turish hisoblanadi. Ushbu vazifalarni muhandislik bo‘linmalari yuzaga kelgan vaziyat, o‘zlarida mavjud bo‘lgan kuch va vositalardan kelib chiqib turli usullar va vositalar bilan bajarishadi. Bunday usullardan biri portlatish yo‘li bilan mina maydonidan yo‘lak ochish hisoblanadi. Portlatish usuli bilan mina maydonidan yo‘lak ochishda asosan bo‘linmalar o‘zlari bilan olib yuradigan kichik o‘lchamdagi uzaytirilgan zaryadlardan, katta o‘lchamdagi texnikalarga o‘rnatiladigan uzaytirilgan zaryadlardan va ayrim 91 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 davlatlarning armiyalarida raketali minasizlantirish tizimidan ya’ni snaryadlardan foydalaniladi. To‘siqlardan yo‘lak ochishga mo‘ljallangan dastlabki uzaytirilgan zaryad Bagalor shahrida muhandislik polkida xizmat qilgan ingliz harbiy muhandisi Mak- Klinton tomonidan 1912-yilda yaratilgan. Zaryad uzunligi 5,5 metr bo‘lgan metal trubaga 27 kg og‘irlikdagi piroksilin to‘ldirilgan. Zaryadni nomi “Bangalor torpedasi” deb nomlanib, asosan simli to‘siqlardan piyodalar uchun yo‘lak ochish uchun mo‘ljallangan. Ushbu zaryad birinchi va ikkinchi jahon urushi yillarida qo‘llanilgan hamda keyinchalik takomillashtirib borilgan. “Bangalor torpedasi” ikkinchi jahon urushi yillarida faol qo‘llanilgan, truba uzunligi 200 m.ni tashkil etgan, trubalar bir-biriga maxsus quluf yoki rezbali mufta bilan mahkamlangan. Bunday zaryad mina trali bilan birga tankka mahkamlanib mina maydonidan boshqa tanklar uchun yo‘lak ochish vazifasini bajargan. APOBS (Anti-Personnel Obstacle Breaching System - piyodalarga qarshi to‘siqlardan yo‘lak ochish tizimi) uzaytirilgan zaryaddan iborat bo‘lib, dushmanning piyodalarga qarshi mina maydonidan va simli to‘siqlaridan o‘t ochish vaqtida yo‘lak ochish uchun mo‘ljallangan. Piyodalarga qarshi to‘siqlarni yo‘lak ochish tizimi AQSh armiyasi muhandislik maktabi tomonidan nashr etilgan operatsion talablar hujjati sifatida paydo bo‘ldi. Qo‘shma talablar to‘g‘risidagi hujjat 1994-yil aprel oyida armiya va dengiz piyodalari tomonidan imzolangan. Tizim AQSh armiyasining tadqiqot, ishlab chiqish va muhandislik qo‘mondonligi – qurollarni tadqiq qilish, rivojlantirish va muhandislik markazi (RDECOM-ARDEC), Pikatinni Arsenal, Nyu-Jersi va Ensign- Bickford Aerospaceand Defence tomonidan ishlab chiqarilgan. Keyinchalik taklif qilingan va juda muvaffaqiyatli to‘qilgan neylon o‘rash hozirda 2002-yilda chiqarilgan Mk 7 Mod 1 va 2006-yilda chiqarilgan Mod 2 da qo‘llaniladi [3]. Ushbu tizim olib yurishga qulay bo‘lganligi sababli, ikkita askar ryukzakda ko‘tarib yurishi va 2 daqiqa ichida ishga shay holatga keltirishi mumkin. 92 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 22 (44) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Zaryad Konteyner Raketa APOBS tizimi raketasi o‘rnatilgandan so‘ng ishga tushiriladi. Raketa uchish jarayonida uzaytirilgan zaryadni mina maydoni tomonga havo orqali tortib ketadi va parashyut tizimi ochilib raketa to‘xtatiladi va zaryadni mina maydoniga tushib portlashi ta’minlanadi. Zaryad portlashi natijasida piyodalarga qarshi mina maydonida uzunligi 45 m va eni 1-1,5 m yo‘lak hosil bo‘ladi. “Bangalor torpedasi”ni barcha seksiyalarini yig‘ish va qo‘llashga ko‘p vaqt ketadi va dushman bilan to‘qnash kelgan vaziyatlarda qo‘llash imkoniyati yo‘q. Shu sababli APOBS tizimi “Bangalor torpedasi”ni almashtiradi. Bu tizim olib yurish va qo‘llash uchun zarur bo‘lgan askarlar sonini qisqartiradi. AQSh armiyasi va AQSh dengiz piyodalari korpusi APOB-dan Afg‘oniston janubidagi qo‘lbola portlovchi moslamalarni zararsizlantirish uchun foydalangan. ZRP-2 “Tropa” uzaytirilgan zaryad piyodalarga qarshi mina maydonidan portlatish usulida yo‘lak ochish uchun mo‘ljallangan. Hosil qilingan yo‘lak piyodalarning bir kolonna bo‘lib o‘tishini ta’minlaydi. Zaryadning portlashi piyodalarga qarshi bosganda harakatga keluvchi minalarining (PMD-6m, PMN, PMN-2, PMN-4 kabi) portlatkichlalarini ishonchli ishga tushirishni ta’minlaydi. Zaryad portlashining ta’siri rastyajka (sim tortqi) bilan o‘rnatilgan oskolkali minalarning simini uzilishiga yoki portlashiga olib keladi. ZRP-2 zaryadi ixchamligi va olib yurishga qulayligi sababli bir yoki ikkita askar uni olib yurishi mumkin. UP-6U0 zuacyhtiirriislgha q

Доказательный фрагмент

«As you know, the successful fulfillment of the tasks set in combat operations depends on the main tasks of support.»

Образец извлечения

Демо-превью

As you know, the successful fulfillment of the tasks set in combat operations depends on the main tasks of support. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Combat, explosive, barrage, mine, active, engineering, divisional, zaryad, portlovchi, muhandis, mina, to‘siq, bo‘linma, maydon., Jangovar, faol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3