Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
FERDINAND DE SOSSYUR VA VILGELM FON GUMBOLDTNING TILSHUNOSLIKDAGI ASOSIY NAZARIYALARI: FARQLAR VA ÕXSHASHLIKLAR
Erkinova Gulinur Jòrabekovna
Наука и технология в современном мире · 1913
Аннотация
Tilshunoslik fani tarixida Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtning hissasi alohida õrin tutadi va ushbu maqolada Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtning til haqidagi qarashlari,asosiy nazariyalari bõyicha taqqosiy tahlil keltirilgan. Tilshunoslikni ilmiy fan sifatida shakllantirishga ulkan hissa qõshgan strukturalizm asoschisi Ferdinand de Sossyur õzining asosiy asari - ”Umumiy tilshunoslik kursi” orqali tilni strukturaviy tizim sifatida tahlil qilishning tamoyillarini ishlab chiqqan.Gumboldt esa tilni inson va madaniyatini aks ettiruvchi asosiy vosita sifatida kõrgan. Maqolada ushbu yondashuvlarning farqlari, õxshashliklari atroflicha tahlil qilinib, ularning ahamiyati yoritib berilgan. Kalit sõzlar: Gumboldt, Sossyur, nazariya,tilshunoslik, til, hodisa, strukturalizm. Ferdinand de Sossyur ta’limotidagi asosiy nazariyalar. Ferdinand de Sossyur(1857-1913) strukturaviy tilshunoslik asoschilaridan biri bõlib, tilni tizimli va tarkibiy jihatdan õrganish zarurligini ta’kidlagan. Uning asosiy yondashuvlari quyidagilar: 1. Sossyur tilni ijtimoiy hodisa sifatida kõrgan va uni individual nutqdan ajratib õrgangan. Til-jamiyat tomonidan qabul qilingan belgilar tizimi, nutq esa uning amaliy ifodasi va bundan tashqari bu ikki tushunchani yana quyidagicha ifodalaydi: ”Til-ijtimoiy, nutq-individual; til- sistem, nutq-asistem; til-potensial, nutq-real; til-sinxron, nutq-diaxron; til-moxiyat, nutq- hodisa.” 2. Tilni õrganishda uni ayni vaqt kesimida sinxronik yoki diaxronik tahlil qilish mumkinligini ta’kidlagan: Sinxron tahlil-tilda bir vaqtda mavjud bõlgan hodisalarni õrganish. Misol qilib,tilshunoslikni õzida oladigan bõlsak, hozirgi õzbek tilidagi fe’l zamon shakllarini õrganishda: ”boraman”, ”boryapman” kabi sõz shakllarini bir vaqtning õzida tahlil qilish. Diaxron tahlil-tildagi õzgarishlarning tarixiy rivojlanishi. Buni ham misol qilib, tilshunoslikda oladigan bõlsak, õzbek tilidagi fe’l zamon shakllarining tarixiy rivojlanishini õrganishda: qadimgi turkiy tildagi fe’llar bilan hozirgi õzbek tili fe’llarini solishtirish. 3. Til belgilar sistemasidan iborat bõlib, bu belgilar “ishora qiluvchi” va ishora qilingan” qismlardan tashkil topadi. Ishora qilivchi-bu belgi shakli, ya’ni tovush yoki yozma kõrinishi. Masalan, ”daraxt” sõzi tovushlar yiģindisi sifatida. Ishora qilingan-bu belgi anglatadigan tushuncha yoki ma’no. Masalan, ”daraxt” sõzi ongimizda hosil bõladigan õsimlik haqidagi tushuncha. 4. Ferdinand de Sossyur tilshunoslikni ikkiga:ichki lingvistika va tashqi lingvistikaga ajratadi. Ichki lingvistika-tilning ichki tuzilishini,ya’ni grammatika, fonetika, morfologiya, sintaksis va semantika kabi tizimli jihatlarini õrganadi. Bu yondashuv tilni mustaqil, õz qonuniyatlariga ega bõlgan tizim sifatida kõradi. Sossyur buni sinxron ya’ni zamonaviy holatda õrganish mumkinligini ta’kidlagan. Tashqi lingvistika esa tilning ijtimoiy, tarixiy, 154 ` madaniy va psixologik omillar bilan boģliqligini õrganadi. Masalan, tilning jamiyat taraqqiyoti bilan qanday õzgarishi, dialektlar, tarixiy õzgarishlar va sotsiolingvistik omillar tashqi lingvistikaning tadqiqot sohalaridir. Bu yondashuv diaxron ya’ni tarixiy õzgarishlar nuqtayi nazaridan tilni tahlil qiladi. Bu qarashlar zamonaviy tilshunoslikning rivojlanishiga katta ta’sir kõrsatgan. 5. Sossyur til birliklari orasidagi munosabatni, õzaro boģlanishni paradigmatik va sintagmatik munosabatlarga ajratadi: Paradigmatik munosabat-tildagi birliklarning bir xil turdagi boshqa birliklar bilan õzaro boģliqligini ifodalaydi. Bunda birliklar bir-birini almashtirishi yoki variant sifatida tanlanishi mumkin. Paradigmatik munosabatga quyidagilar kiradi: • Sõz turkumlari doirasidagi munosabat. Masalan,”kitob” sõzi “daftar” yoki “qoģoz” sõzi bilan paradigmatik boģlangan, chunki bular bir leksik-semantik maydonga kiradi. • Shaxs olmoshlari. Masalan, “men”,”sen”,”u” bir-birini almashtira oladi. • Fe’l zamonlari. Masalan,”yozdi”,”yozmoqda”,”yozadi” bir paradigmatik qatorda turadi. Sintagmatik munosabat esa tildagi birliklarning bir-biri bilan gap ichida yoki matnda qanday boģlanishini ifodalaydi. Sintagamatik munosabat linearlikka asoslanadi, ya’ni birliklar bir-birining yonida kelishi kerak. Masalan, • Sõz birikmalarida:”chiroyli gul”,”tez yuguradi” bu sõzlar bir-biri bilan sintagmatik boģlangan. • Gapichida boģlanish: ”Õquvchilar darsni diqqat bilan tinglashdi”. Bu gapda “õquvchilar”- ega,”tinglashdi”-kesim,”darsni”-tõldiruvchi bõlib, bir-biri bilan sintagmatik boģlangan. Vilgelm fon Gumboldt ta’limotidagi asosiy nazariyalar. Vilgelm fon Gumboldt(1767-1931) nemis faylasufi, siyosatchi, diplomatchi va til falsafasi va nisbiy tilshunoslik asoschilaridan biri bõlib, u “tilning insoniyatning ruhiy faoliyatining asosiy shakli” ekanligiga ishonib, tilshunoslik va tilning inson hayotidagi rolini chuqur õrgangan. Uning ilmiy qarashlari zamonaviy antropologik lingvistikaning shakllanishiga katta hissa qõshgan. Va uning asosiy nazariyalari quyidagilar: Gumboldt tilni insoniyatning fikr
Доказательный фрагмент
«Tilshunoslik fani tarixida Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtning hissasi alohida õrin tutadi va ushbu maqolada Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtning til haqidagi qarashlari,asosiy nazariyalari bõ…»
Образец извлечения
Демо-превьюTilshunoslik fani tarixida Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtning hissasi alohida õrin tutadi va ushbu maqolada Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtning til haqidagi qarashlari,asosiy nazariyalari bõ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- strukturalizm., tilshunoslik, til, Sossyur, hodisa, Gumboldt, nazariya
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021