К содержанию
РецензированоUZ2026

INNOVATSION INVESTITSIYALAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI ASOSIY OMILI SIFATIDA

INNOVATSION INVESTITSIYALAR IQTISODIYOTNI · Samanov Abdurashid Andamovich

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik berilgan. Kalit so‘zlar: texnik yangilash, jahon bozori, raqobatdoshlik, innovatsiya, aqliy qobiliyat, tadbirkorlik, kasbiy daraja, yalpi ichki mahsulot, ishchi kuchi, texnologiyalar, resurslar, kapital. Annotation In this article, priority is given to the implementation of targeted projects for the modernization and technical renewal of the main sectors of our economy in our republic, the introduction of modern innovation technologies that provide a strong impetus for the country's new milestone acquisition and ensure its competitiveness in the world market. Keywords: technical update, world market, competitiveness, innovation, mental ability, entrepreneurship, professional level, gross domestic product, labor force, technology, resources, capital. Innovatsiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning jadal sur’atlar bilan rivojlanishini va raqobatbardoshligini ta’minlash, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Shu sababli bugungi kunda har bir davlat o‘z iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash, aholi farovonligini oshirishda innovatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanishga katta e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik berilgan. Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish investitsiyalar bilan bevosita bog‘liqdir. Bu esa iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish imkonini beradi. Shu sababli mamlakatimizda innovatsiya siyosatini olib borishda investitsiyalarning samarali ishtirokini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqdaki, buning natijasida milliy 247 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi, ular yordamida ishlab chiqarishga joriy etilayotgan zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan loyihalarning sonining yil sayin ortib borishini, shuningdek, yalpi ichki mahsulotning yuqori su’ratlar bilan o‘sishini ta’minlamoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Biroq, bugungi tezkor o‘zgarish va yangilanishlar davrida mazkur yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, yangidan-yangi, bugungi hayotimiz talabiga asoslangan innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu masalalar yuzasidan tadqiqotlar olib borish va ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarbligicha qolmoqda. Innovatsiya faoliyati, uni tashkil etish, innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirish, boshqarish hamda u bilan bog‘liq xorij tajrbalari yuzasidan xorijlik iqtisodchi-olimlar ilmiy-tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, Y.Shumpeter, I.T.Balabanov, A.B.Borisov, V.G.Medinskiy, V.V.Glushchenko, I.I. Glushchenko, V.L.Popova, A.N.Folomev, V.V.Glushchenko, I.I.Glushchenko, V.F.Baynev, V.V.Saevichlar ilmiy-tadqiqotlari bilan bir qatorda innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning nazariy asoslari, uni moliyalashtirishning ahamiyati, milliy xususiyatlari va amaliyotiga oid masalalar mamlakatimiz iqtisodchi- olimlaridan F.M.Matmurodov, B.E.Toshmurodova, N.Jiyanova, D.X.Suyunov, M.N.Ravshanov, A.M.Kadirov, A.T.Axmedova, B.Mamatov, D.Xo‘jamqulovlarning ilmiy ishlari va asarlarida tadqiq etilgan va keng yoritilgan.[3,4,5,6] O‘zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi. Buning uchun bazaviy sohalarda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangi va zamonaviy texnologiyalarni faol joriy qilish va modernizatsiyalashni jadallashtirish orqali tarmoqlar va hududlarda tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va mutanosiblikni ta’minlash, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish lozimdir. “Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdosh…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdosh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
technical update, world market, competitiveness, innovation, mental, ishchi kuchi, innovatsiya, aqliy qobiliyat, kapital., texnik yangilash, tadbirkorlik, texnologiyalar, kasbiy daraja, resurslar, yalpi ichki mahsulot, jahon bozori, raqobatdoshlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти