МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИБадриддин МАКСУДЗОДА2025
OG‘IR BOSH MIYA JAROXATLARINI NATIJALARINI BASHORAT QILISHNING GAZGO KOMA SHKALASIGA BOG‘LIQLIGI
Ibragimov N.K. · Krasnenkova M.B. · Murotov TM. · Fozilov U.N.
Interpretation and researches · 2 · 8-16 · 2026
Аннотация
Maqolada Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko’p tarmoqli kilinikasining intensiv terapiya bo’limiga bosh miyya jaroxati yotqizilgan jami 58 nafar bemordagi birlamchi glazgo koma shkalasi bo’yicha baxolangan bemorlarda uning ko’rsatkichlariga bogliqligi o’rganilgan va o’limga sabab bo’lgan omil o’rganilgan. Olingan ma'lumotlar davolanishning barcha bosqichlarida oʻz vaqtida ixtisoslashtirilgan yordam va nafas olishni yetarli darajada bo’lishini kerakligini tasdiqlaydi, bu bemorlar guruhini davolash natijalarini yanada yaxshilaydi. Annotation. In the article, a total of 58 patients admitted to the intensive care unit of the multidisciplinary clinic of the Tashkent Medical Academy with a head injury were evaluated according to the primary Glasgow coma scale, and its dependence on its indicators and the cause of death were studied. factor has been studied. The obtained data confirm the need for timely specialized support and adequate ventilation at all stages of treatment, which will further improve the results of treatment of this group of patients. Kalit so’zlar: Bosh miya jaroxati (BMJ), Kompyuter tomografiyasi (KT), Og’ir bosh miya jaroxati (OBMJ). Bosh miya jaroxati (BMJ) butun dunyoda juda muhim ijtimoiy va tibbiy muammoligicha qolmoqda. BMJ yoshlar orasida keng tarqalgan bo’lib, yoshlardagi travmalar orasida oʻlim va nogironlikning asosiy sababchilaridan biridir[1,8]. Oxirgi vaqtlarda u bilan kasalanish rivojlangan mamlakatlarda yoshi kattalarda ham ortib bormoqda. BMJ bilan og’rigan bemorlarda uzoq mudatli nogronlik ko’p uchraydi va reobilitatsiya vaqti uzoq davom etadi[10-13]. Bu BMJ bilan og’riganlar va ularning oila azolari hayot sifatiga yomon tasir qiladi. BMJ umumiy aholi soniga nisbatan oʻlim koʻrsatgichining ortishi va oʻrtacha umr koʻrish davomiyligining qisqarishiga olib keladi. Yuqordagilar bemorlar bevosita (sogʻliqni saqlash) va bilvosita (ish 31 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 unumdorligini yoʻqotilishi va bemorni parvarish qilish bilan bogʻliq xarajatlar) tibbiy harajatlarning ortishiga sabab bo’lmoqda[6,7]. Travmatik jarohatlar orasida miya shikastlanishida, o’lim ko’rsatkichi yuqori bo'ladi og’ir bosh miya jaroxatlarida 35-38% ga yaqin, bemorlarning nogironligi esa 50% ga yetadi. Qoʻshma jarohat va BMJ da oʻlim koʻrsatgichi 26% ga yetadi, lekin qoʻshma jarohatlar BMJ siz kechsa umumiy oʻlim koʻrsatgichi taxminan 10% ni tashkil qiladi. BMJ natijasida yuzaga keladigan yuqori darajadagi kasallanish va oʻlim koʻrsatgichi, birinchi navbatda, aholining yosh, mehnatga layoqatli qismida yuz berayotganligi sababli ushbu patologiya tibbiy muammo doirasidan tashqariga chiqib ijtimoiy ahamiyatga ham ega muammo ekanligini takidlash lozim[3,4,9]. BMJ ning oʻlim, kasallanish va kasalxona harajatlarining yuqoriligi kabi iqtisodiy xarajatlari shaxs, oila va jamiyat darajasida muhim iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Shu tufayli, koʻplab tadqiqotlar oʻlim va nogronlik rivojlanishiga olib keluvchi salbiy oqibatlar va xavf omillarining sabablarini aniqlash va profilaktika qilishga qaratilgan. Bemorning yoshi, es-xush darajasi umumiy ahvolining ogʻirligi, kompyuter tomografiyasi (KT) boʻyicha patologik oʻzgarishlarning mavjudligi, tizimli kasalliklari (gipoksiya va arterial gipotenziya) va laboratoriya tekshiruvlarining natijalari prognostik mezon sifatida qabul qilinadi[4,5]. Travmadan keyin yuzaga kelgan birlamchi zararlanishdan soʻng, turli patofiziologik mexanizmlar ikkilamchi organik zararlanishlarning rivojlanishiga olib keladi. Ikkilamchi zarar yetkazuvchi omillar 50% dan ortiq hollarda BMJ bilan ogʻrigan bemorlarning ahvolini og’irlashtiradi[2,8]. Oxirgi yillarda travmadan keyingi davrda yuzaga keladigan patofiziologik mexanizmlar haqidagi bilimlarimiz sezilarli darajada kengayganiga qaramasdan biz koʻp hollarda, dastlab umumiy ahvoli ogʻir deb hisoblanmagan bemorlarda ham oʻlimga olib keladigan oqibatlarning yoki jiddiy zararlanishlarning oldini olishga qodir emasmiz. Bu bizni kelajakda bu hatolarni takrorlanmasligimiz uchun fojiali oqibatlarga olib keluvchi sabablarni sinchkovlik bilan tahlil qilishga majbur qiladi. TADQIQOTNING MAQSADI Ogʻir bosh miya jaroxatlarining (OBMJ) o’tkir davrida kasalxonada oʻlimning bemor hush darajasi bilan bogliqligini va asosiy sabablarini aniqlash. TADQIQOTNING MATERIALLAR VA USULLARI Maqolada izolyatsiya qilingan og'ir bosh miya shikastlanishi bilan kasallangan, zudlik bilan klinikaga yotqizilgan va reanimatsiya bo'limida davolangan 58 ta neyrotravmatologik bemorlarda o'tkazilgan tadqiqot natijalari umumlashtiriladi va taqdim etiladi. Bemorlarning yoshi 18 yoshdan 90 yoshgacha bo'lib asosiy qismini yosh kontingent orasidagi erkaklar tashkil qiladi (1-jadval). 32 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 1-jadval Bosh miya jaroxati bilan og'rigan bemorlarning jinsi va yoshi bo'yicha taqsimlanis
Доказательный фрагмент
«Maqolada Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko’p tarmoqli kilinikasining intensiv terapiya bo’limiga bosh miyya jaroxati yotqizilgan jami 58 nafar bemordagi birlamchi glazgo koma shkalasi bo’yicha baxolangan bemorlarda uni…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko’p tarmoqli kilinikasining intensiv terapiya bo’limiga bosh miyya jaroxati yotqizilgan jami 58 nafar bemordagi birlamchi glazgo koma shkalasi bo’yicha baxolangan bemorlarda uni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Og’ir bosh miya jaroxati (OBMJ)., Bosh miya jaroxati (BMJ), Kompyuter tomografiyasi (KT)
Смежные источники
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИДилором САЛОХИ2025
American Journal of Philological SciencesPAGE NO. -, Khudayberganova Dilafruz Usmanovna2025
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИХолыгит Холмуродов2022