Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TOLANI TOZALASH JARAYONIDA TOLA TOZALAGICHLARDA TOZALASH SAMARADORLIGINING NAZARIY TAHLILI
SAMARADORLIGINING NAZARIY TAHLILI · Raximov Rashid G‘ulomjonovich
Наука и технология в современном мире · 17 · 57-63 · 2026
Аннотация
Paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishini uni tozalash texnologik tizimlari ta’minlaydi. Tozalash sifatini oshirish uchun, uskunalarning takomillashtirilishidan tashqari tozalash agregatlariga jindan tolani bir me’yorda uzatish katta axamiyatga ega. Paxta tolasini tozalash tsexlarida joriy etilgan tozalash qurilmalarining ish unumdorligini oshirish bilan tozalanayotgan tola sifat ko’rsatkichlarini oshirishga erishish uchun, qurilmalar ishchi organlarini takomillashtirish va yangi qurilmalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu ushning maqsadi bir barabanli tola tozalash mashinasini takomillashtirish orqali uning unumdorligini hamda tozalash samaradorligini oshirish hisoblanadi. Kalit so‘zlar: paxta tolasi, tolani tozlash, bir barabanli tola tozlash mashinasi, kolosnik, jin mashinasi. Ko’plab tadqiqotlarda aniqlanganidek paxta tozalash korxonalari DP-130 tipidagi ish unumdorligi yuqori tola ajratish mashinalariga o‘tgandan so‘ng ular uchun ishlab chiqilgan tola tozalash mashinalari talabga javob bermay qoldi, jumladan 1-2 smenada ishlagandan so‘ng, arrali silindrlari va kolosnikli panjaralar orasidagi oraliq masofalar buzilgan va ularni tabiiyki qayta ko’rib chiqish va moslashtirish ishlarini bajarish talab qilinadi. Paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqariladigan mahsuloti sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonini kuzatish va o‘rganish natijasida tola tozalash jarayonida bir nechta muammolar aniqlandi. Masalan, tola tozalagich masinasi arrali silindrining tebranishi tufayli arra silindrlari va panjara orasidagi masofalarning tez-tez buzilishi, kolosnikli panjaraning noto’g’ri va bo’sh o’rnatilishi natijasida kolosniklar oraliq masofalarning o’zgarishi, tola tozalash vaqtida foydali yuzani oshirish muammolarini nazarda tutish va bularga texnik yechim toppish lozim bo’ladi. Paxta tozalash korxonalari uchun bir barabanli tola tozalash mashinalari bilan ishlash anchagina qulayligi bilan ajralib turadi. Lekin ular bilan ishlaganda yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish lozim bo’ladi. Ushbu ishda bir barabanli tola tozalash mashinasini takomillashtirish orqali uning unumdorligini hamda tozalash samaradorligini oshirish maqsad qilib olindi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda albatta tola tozalash kamerasidagi asosiy ishchi organlarning samarali ishlashini ta’minlashni ham inobatga olish lozim bo’ladi. Kolosniklarning geometrik shaklini oʼzgartirish orqali tolalarga taʼsiri natijasidagi tozalash samaradorligini oshirishga qaratilgan nazariy tadqiqotda asosan kolosniklarning mustahkamligi oʼlchamlari hamda kolosnik panjarining qamrab olish yuzasi koʼpayganligi sababli tolalar oqimini uzatishda undagi iflosliklarni ajratishdagi holatini nazariy tahlili keltirilgan [5-6]. 84 ` Takomillashtirilgan kolosniklar yordamida arrali silindr va kolosniklar orasidagi tolali oqimning harakatlanuvchi massasini taqsimlash va tozalash modelini nazariy tomondan koʼrib chiqamiz (1-rasm). 1-rasm. Takomillashtirilgan kolosnik panjarali tola tozalash kamerasi 1-toza tola chiqarish quvuri, 2-arrali baraban, 3-tozalovchi cho’tka, 4-kolosniklar Аrrali silindr va kolosniklar zonasida xarakatlanayotgan tolalar oqimiga berilayotgan zarba kuchini tozalash samaradorligiga taʼsiri boʼyicha koʼplab nazariy va amaliy tadqiqot ishlari olib borilgan. Lekin tolalarni dastlabki qalinligini maxsus kolosniklar yordamida oʼzgartirib, belgilangan qalinlikdagi tola oqimiga kolosniklar tomonidan yuzaga keladigan bosim, zichlikning oʼzgarishi vaqtida tezlikning oʼzgarishidan tozalash samaradorligiga taʼsiri jarayoni tadqiq qilinmagan. Maʼlumki, arrali jindan kelayotgan tolani birinchi arrali silindr bilan uchrashishida tola oqimining qalinligi oʼzgaradi. Ushbu tola tozalagichning tozalash samaradorligiga taʼsiri jarayonini modellashtirish uchun quyidagi farazlarni qabul qilamiz. 1. Tola massasini, tutash muhit va oqimning xarakatini statsionar deb, qabul qilamiz, u Q holda tola oqimi unumdorligi kolosniklar joylashgan zonada oʼzgarmas boʼlib, 0 ga teng deb olamiz. Tozalash jarayonida oqimdan ajralib chiqayotgan iflosliklar 85 Q 0 unumdorlikka taʼsir qilmaydi. 2. Tola bilan taʼsirdagi kolosniklar sirti qiya tekislik shaklida deb qabul qilamiz. Ular tozalash zonasida bir-biri bilan bir xil masofada joylashgan boʼladi. 3. Ixtiyoriy kolosnik tola oqimi bilan oʼzaro kontaktda boʼlib, ularning oʼzaro taʼsiri Gerts qonuniga asosan yoki tajriba asosida aniqlanadi. Oqimning har bir kolosnik orasidagi tezligini, S bosimini, zichligini va kesim yuzasini mos ravishda i, p i va i bilan belgilaymiz. Bunda ( i 1 ..n ) ), n - kolosniklar soni. Birinchi boʼlib tola tozalagichning birinchi va ikkinchi kolosniklar orasida bosimning oʼzgarish koʼrsatkichlarini aniqlaymiz. Faraz qilaylik oqimning boshlangʼich (kolosniklar zonasidan tashqari) koʼrsatkichlari h S parametrlari 0, 0 0 va 0 boʼlsin (2.9-rasm). Birinchi kolosnik oldida tola oqimining qalinligi `
Доказательный фрагмент
«Paxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishini uni tozalash texnologik tizimlari ta’minlaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюPaxta tolasining sifat ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishini uni tozalash texnologik tizimlari ta’minlaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jin mashinasi., paxta tolasi, bir barabanli tola tozlash mashinasi, kolosnik, tolani tozlash
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021