К содержанию
РецензированоRU2026

IV-VIII ASRLARDA XORAZMDA IJTIMOIY HAYOT (ARXEOLOGIK ASHYOLAR VA MANBALAR ASOSIDA)

VA MANBALAR ASOSIDA) · Matyakubova Shahodat Xamidjanovna · Matyakubova Shahodat Khamidjanovna · Матякубова Шаходат Хамиджановна (Teacher of History, Department of “Social Sciences”)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

На одном из серебряных сосудов, найденных в Хорезме, изображен человек с головой козла. Он изображен несущим к костру какое-то растение. Подобные изображения использовались в Хорезмском оазисе с древнейших времен и считаются пережитком мистической идеи, связанной с мировоззрением людей этой древней эпохи. В статье на основе археологических артефактов и источников рассматривается общественная жизнь Хорезма в IV-VIII вв. Ключевые слова: общественная жизнь, археологические артефакты, зороастризм, 34 Токкала, Миздахкон, терракотовые скульптуры. IV-VI asrlarda Xorazm davlati iqtisodiyotida va madaniy hayotida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. IV asrdan ostodonlarning tashqi ko‘rinishida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Antropomorf ostodonlar ishlab chiqilmagan, ular loydan quticha shaklida ishlangan. VII-VIII asrdan alebastrdan tayyorlana boshlagan1. Antropomorf terrakota haykallari bu davrda ishlab chiqilmagan. Terrakota haykalchalar mil. avv. IV- milodiy II asrlargacha bo‘lgan davrda ko‘plab ishlab chiqilgan. Ilk o‘rta asrlardan bunday haykalchalarning ishlab chiqilmaganligini Xorazmliklarning diniy qarashlarida o‘zgarishlar bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Tuproqqal’a yodgorligi tushkunlikka uchragandan keyin, bu yerga kelib joylashgan aholi, tadqiqotchilar fikricha, cho‘l hududlarida yashagan aholi bo‘lishi mumkin. Bu aholidan loydan ishlangan butlar saqlanib qolgan. Bu aholini butparast deb hisoblaganlar2. Aholi o‘rtasida zardushtiylik bilan bog‘liq ma’budlarga e’tiqod davom etgan. Buni Ayozqal’a 2 va “nomsiz qo‘rg‘on” deb atalgan qo‘rg‘ondagi diniy marosim bilan bog‘liq xonadagi otashka oldida qanday ma’bud tasviri bo‘lganligi aniqlangan. Olov shunga bag‘ishlab yoqilgan bo‘lishi mumkin degan g‘oyani ilgari surganlar. Xorazmdan topilgan kumush idishlarning birida echki boshli odam aks ettirilgan. U otashkadaga qandaydir o‘simlik olib borayotgan vaqti tasvirlangan. Bunday tasvirlar Xorazm vohasida qadimgi davrlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan tasvir bo‘lib, bu qadimgi davr insonlar dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lgan mistik g‘oyaning qolig‘i deb ko‘rsatishadi. Shunday tasvirlar, ya’ni echkibosh va qushboshli mahluqotlarning tasvirlari Tuproqqal’a yodgorligi devoriy suratida va II-III asrlarga oid Ko‘xna-Uaz yodgorligidan topilgan loydan ishlangan tarelkada aks ettirilgan3. Yu.A.Rapoport VII-VIII asrlarda xorazmliklarda milodiy I asrda mavjud bo‘lgan mistik dunyoqarash elementlari saqlanib qolganligini ko‘rsatib bergan. S.P.Tolstov echkiboshli mavjudodda Siyovushni ko‘radi, uning ta’kidlashicha, Suyovush e’tiqodi qishloq ho‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lib, u tabiatning tirilishi va o‘limi bog‘liq holda unga e’tiqod qilishgan. Shu bilan birga ajdodlar e’tiqodi bilan turli marosimlar ham mavjud bo‘lgan. Tadqiqotchilar fikricha, bunday e’tiqod So‘g‘d va Chochda ham mavjud bo‘lib, u xitoy yozma manbalarida yozib qoldirilgan4. To‘qqal’a va Mizdaxkonning nekropolidan VII-VIII asrlarga oid rasmlar va xorazm yozuvlari bo‘lgan ostodonlar topilgan. Bu ostodonlardagi turli rasm va yozuvlar orqali ham o‘sha davrdagi aholining urf- odat va dafn marosimlarini aniqlash mumkin.To‘qqal’adan topilgan ostodonlardan birida qizil va qora rang bilan yig‘i marosimi tasvirlangan. Bu marosim keng eshikli qandaydir bino fonida aks ettirilgan. Yig‘i marosimiga yig‘ilgan odamlar yuzlari tirnab, qulog‘ining suprasini kesishmoqda5. Huddi shunday tasvir Panjikent devoriy suratlarida ham aks ettirilgan. Bu esa, O‘rta Osiyodagi ilk o‘rta asrlardagi davlatlarda deyarli bir xil urf odat va marosimlar tarqalganligi ko‘rsatadi. Mizdaxkondan topilgan ostodondagi rasmda dafn marosimining yana bir qismi aks etgan bo‘lishi mumkin. Unda oyog‘li alebastrdan ishlangan 1 Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98. 2 Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98. 3 Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.99. 4 Толстов С.П. Древний Хорезм. -С. 177 5 Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.101. 35 kutichaning to‘rt tomonida odamlar tasvirlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, xorazmliklarning diniy dunyoqarashida olovga e’tiqod muhim o‘rinda turgan. Lekin o‘rta asrlarda diniy e’tiqodida budparastlik yangi kirib kelgan g‘oya bo‘lgan. VII-VIII asrlardagi antik davrdagi terrakotalardan farq qiladigan haykalchalar paydo bo‘lgan. Bular Oltoy va Qozog‘iston cho‘llaridagi turk balballariga o‘xshash qilib ishlangan. Shunday balbal Shohsanam qal’adan topilgan. U pishilmagan loydan ishlanib, alebastr bilan qoplangan va rasmi chizilgan6. Uning tasviri Tuproqqal’adan va boshqa qishloq joylardan topilgan haykalchalardan farq qiladi. Ularda turk balbal tasviri ta’siri kam seziladi. Katta Qirqqiz qal’adan topilgan terrakotada yuz tuzilishi turklarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Bu Xorazm vohasida yagona nusxadir. Bu topilmalarning o‘zi o‘sha davrda Xorazm vohasida boshqa xalqlarning diniy qarashlari kirib kelgani va u mahalliy e’tiqod bilan aralashgan bo‘lishi ehtimoli bor. L

Доказательный фрагмент

«На одном из серебряных сосудов, найденных в Хорезме, изображен человек с головой козла.»

Образец извлечения

Демо-превью

На одном из серебряных сосудов, найденных в Хорезме, изображен человек с головой козла. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social life, archaeological artifacts, Zoroastrian, Toqqal'a, Mizdakhkon, terrakota haykallari., zardushtiylik, arxeologik ashyolar, Mizdaxkon, To‘qqal’a, ijtimoiy hayot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4