К содержанию
РецензированоUZ2025

FERMER XO’JALIKLARINING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA ROLINI OSHIRISH BORASIDAGI SA’Y-HARAKATLAR

OSHIRISH BORASIDAGI SA’Y-HARAKATLAR

Научный информационный бюллетень · 6 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola fermer xo’jaliklarining jamiyat hayotida tutgan o’rni va rolini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar borasidagi fikrlar yoritilgan. Mamlakatimizda dehqonlar va fermer xo’jaliklarining jamiyat miqyosidagi o’rnini oshirish borasidagi hukumat ishlar haqidagi ma’lumotlarkeltirilgan. Kalit so’zlar: Fermer xoʻjaligi, Dehqon xoʻjaligi, chorva moli, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, mahsulotsotish vaeksportga chiqarish. Fermer xoʻjaligi xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va sharhi bo’lib hisoblanadi. Bu faoliyat o’ziga xos tamoillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligilari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. XX asrning 1920—1930-yillari AQSH, Kanada, Buyuk Britaniyada, 1950—1960-yillarda esa rivojlangan. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindosh urugʻlari va mavsumda yollanma ishchilarmehnat qiladi. Oʻzbekistonda dastlabki fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 1990-yillarning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonuni (1998-yil 30-aprel; yangi taxrirda 2004-yil 26avgust) bilantartibga solinadi. Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer 104 maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 6,issue1,Fevral 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor)yerlarda esa kamida2ga ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi(2004-yil 1-yanvar). Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi ham jamiyat hayotida fermer xo’jaligi faoliyatini yuksaltirishga qaratilgan birlashma hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi — OʻzRdagi dehqon va fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy uyushmasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi "Xususiy tadbirkorlikni, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi qaroriga koʻra tashkil etilgan. Uyushma boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Uyushmaning asosiy vazifalari: dehqon va fermer xoʻjaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish; xoʻjaliklarni shartnoma asosida urugʻlik, oʻgʻitlar, koʻchatlar, nasldor mollar va b. resurelar bilan taʼminlash; xoʻjaliklarga ishlab chiqarish, texnologiya, transport, yuridik, axborot, marketing xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish; yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish;

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola fermer xo’jaliklarining jamiyat hayotida tutgan o’rni va rolini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar borasidagi fikrlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola fermer xo’jaliklarining jamiyat hayotida tutgan o’rni va rolini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar borasidagi fikrlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fermer xoʻjaligi, mahsulot sotish va eksportga chiqarish., Dehqon xoʻjaligi, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, chorva moli
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники