Авторефераты диссертацийYavmutov Dilshod ShoyimardonkulovichНомер УДК:330.332.1(575.146)2026
Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish
Allaberganova Adolat Bekimmatovna
Значение цифровой экономики и технологий искусственного интеллекта в развитии общества · 1 · 2024
Аннотация
Ushbu maqola Moliya, moliyaviy rejalashtirish, ahamiyati va roli haqida fikr-mulohaza yuritadi. Moliyaviy reja - davlat, xo'jalik subyektlari daromad va xarajatlarini bog'lovchi, oldindan qo'yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Kalit so’zlar: Moliya, iqtisodiyot, resurs, obligatsiya, investitsiya, bank, aksiyalar, ko’chmas mulk, byudjet, kredit, daromad. Rejalashtirish moliyani boshqarishning funksional elementlarni ichida asosiysini tashkil qiladi, chunki aynan rejalashtirish jarayonida subyekt o'ziningmoliyaviy holatini har tomonlama baholay oladi, ya'ni moliyaviy resurslarning qanday holatdaligi, ularni oshirish imkoniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo'nalishlarini belgilab oladi. Turli adabiyotlarda moliyaviy rejalashtirish tushunchasiga turlicha ta'riflar berilgan. Umuman olganda, moliyaviy rejalashtirish deganda moliyaviy rejalarni tuzish va ularni bajarish jarayoni tushuniladi. Moliyaviy reja - moliyaviy ko'rsatkichlarni tahlil qilish, umumlashtirish va o'zaro bog'lash natijasidir. [1] Moliyaviy rejalashtirishning obyekti bo'lib xo'jalik subyektlari va davlatning moliyaviy faoliyati bo'lib hisoblanadi. Har bir xo'jalik subyekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya'ni bu alohida muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig'ma moliyaviy balansigacha qamrab oladigan muhim jarayonidir. Rejalashtirish, bir qator o'zining xususiyatlari ega bo'lib, ular quyidagilarni hisoblanadi: a) ma'lum tartibga solingan jarayonligi, b) axbirotlarbi qayta ishlash bilan bog'liqligi, d) aniq maqsadga yo'naltirilganligi, e) vaqtinchalik harakterga egaligi. Rejalashtirish deganda - miqdoriy va sifatida tavsifidagi ma'lum bir maqsadlarni o'rnatish va unga erishishning samarali yo'lini aniqlash jarayonidir. Moliyaviy reja moliyaviy rejalashtirishning natijasidir. Moliyaviy rejalashtirish - moliyaviy resurslar va pul mablag'lari fondlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanishni rejalashtirishdir. Moliyaviy reja - davlat, xo'jalik subyektlari daromad va xarajatlarini bog'lovchi, oldindan qo'yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlarini aniqlanadi, korxonaning joriy moliyaviy holatida o'rnatilgan maqsadlarning muvofiq kelishi darajasi o'rganiladi, o'rnatilgan maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan faoliyat ketma-ketligi shakillantiriladi. Umuman olganda moliya tizimining barcha sohalarini va bo'g'inlarida faoliyatidan kelib chiqib moliyaviy rejalar tuzuladi. Masalan: tijorat asosida faoliyat ko'rsatadigan 90 “Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston xo'jalik subyektlari daromadlar va xarajatlar balansi, byujetdan moliyalashtiriladigan notijorat tshkilotlarda xarajatlar smetasi tuziladi. Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosatini aniqlash beradi. Ular tarkibiga quyidagilarni kiradi: rejali topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslar miqdori va ularning manbalari; xarajatlarni iqtisod qilish va daromad zahiralarini shirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan fondlar o'rtasidagi taqsimlashning optimal yo'llarini qidirib topish va boshqalar. Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladigan. Shulardan asosiylari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Ekstrapolyatsiya usuli; 2. Normativ usuli; 3. Matematik modellashtirish usuli. Ekstrapolyatsiya usulining mohiyati shundaki, o'tgan hisobot davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzushni ko'zda tutadi. Moliyaviy ko'rsatkichlarning prognoz va rejali hisob hitoblari turli usullardan foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko'rsatkichlar va ularning dinamik o'zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy ko'rsatkichlar hisobot yilidagi ko'rsatkichlar asosida amalga oshiriladi. Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko'zda tuziladi. Masalan: byujetdan moliyalashtiriladigan ta'lim muassasalarida o'quvchilar kontingenti va boshqalar. Matematik modellashtirish usulida, real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslani manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli hisoblanadi. Rejalashtirish miqdoriyva sifatida tavsifidagi maqsadlarni ishlab chiqish va qabul qilish hamda ularga erishishning samarali yo'llarini aniqlash jarayonlarini o'zida aks ettiradi. "Maqsadlar daraxti" shaklida ishlab chiqarilgan maqsadlar boshqarishning mazkur darajasida muhim hisoblangan ko'rsatkichlar tizimida hisob kitoblar imkoniyati bo'yicha tavsiyalanadi. Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlarni tahlil qilish natijalari asosida qabul qilinadi. [2] Moliyaviy tartibga solishning sub’yekti davlat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Moliya, moliyaviy rejalashtirish, ahamiyati va roli haqida fikr-mulohaza yuritadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Moliya, moliyaviy rejalashtirish, ahamiyati va roli haqida fikr-mulohaza yuritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- resource, income, Финансы, credit, obligatsiya, ресурсы, доход, недвижимость, Moliya, Finance, ko’chmas mulk, банковское дело, real estate, byudjet, investitsiya, stocks, economy, bank, бюджет, кредит, investment, daromad, инвестиции, bond, resurs, облигации, budget, экономика, акции, kredit, aksiyalar, iqtisodiyot
Смежные источники
Цифровая экономикаMARKETING STRATEGIES, Shadieva Madina Djaloliddin kizi2026
Экономика и инновационные технологииБОШҚАРИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ, Мухитдинов Шухрат Зиявитдинович2018
Экономика и инновационные технологииБаходиржон Байхонов, Мансуржон Бустонов +12018