К содержанию
РецензированоUZ2024

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillardan samarali foydalanish chora- tadbirlari

Shadmankulova Dilnoza Abdusaidovna

Значение цифровой экономики и технологий искусственного интеллекта в развитии общества · 2023 · 2024

Аннотация

Jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o‘sishi butun iqtisodiyotning ulushida yuqori ekanligi, raqamli muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqib, maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qiladi. O‘zbekistondagi raqamli iqtisodiyotga ta’sir etuvchi omillarga oid statistik ma’lumotlar asosida rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi va samarali foydalanish choratadbirlari yuzasidan xulosalar keltiriladi. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli infrastruktura, raqamli texnologiyalar, inson kapitali, innovatsiya, huquqiy muhit, raqamlashtirish siyosati. KIRISH. So‘nggi yigirma yil ichida raqamli texnologiyalarning tez sur’atlarda rivojlanishi, jahon iqtisodiyotida yangi bosqich – raqamli iqtisodiyot bosqichini boshlab berdi. Bu bosqichda raqamli texnologiyalar va internet AKT sohasi bilan chegaralanmagan holda, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari uchun iqtisodiy o‘sishning muhim drayveriga aylandi. Raqamli iqtisodiyotning ulushi allaqachon jahon yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 15,5% dan ortig‘ini tashkil qilmoqda. Mamlakatlarda raqamli transformatsiya global tendensiya bo‘lib, kelgusi o‘n yil ichida iqtisodiyotda yaratilgan yangi qiymatning taxminiy 70 foizi raqamli platformadagi biznes modellariga asoslanadi. [1] Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish har qanday davlatning raqobatbardoshligini oshirish, ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, aholi turmush darajasini yaxshilash va boshqa muhim masalalarni hal qilishdagi rolini oshirmoqda. Bu esa iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlaridan samarali foydalanishning ahamiyatini oshiradi. ADABIYOTLAR TAHLILI. 1970-yillardagi uchinchi global sanoat inqilobi kompyuter texnologiyalari va internet aloqa texnologiyasiga asoslangan yangi iqtisodiy shakllar paydo bo‘la boshladi. Buning natijasida aksariyat rivojlangan mamlakatlarda avtomatlashtish, elektron tijorat, raqamli platformlar, elektron hukumat, raqamlashtirish kabi yangi tushunchalar kirib keldi. Keyinchalik ushbu tushunchalar raqamli iqtisodiyotning bir qismiga aylandi. Raqamli iqtisodiyot – axborotlashgan jamiyat a’zolarining cheksiz ehtiyojlarini tezkor va toʻlaqonli qondirish maqsadida iqtisodiy jarayonlarda raqamli koʻrinishdagi katta 40 “Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali tovarlarni ishlab chiqarish, ularni saqlash, sotish hamda yetkazib berish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatdir. [2] Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan bir qator ishlar olib borilgan. Tadqiqotlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va unga ta’sir etuvchi omillarning samarasi haqida ilmiy ishlar qilingan. Mavjud tadqiqotlarga ko‘ra, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari toʻliq amal qiladigan demokratik davlat qurishga hamda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion gʻoyalar realizatsiyasiga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir. [3] Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadi butun milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat bo‘lib, raqamli iqtisodiyot zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni birlashtirgan yangi iqtisodiy shakldir. Shu bois ilmiylik va tizimlilik raqamli iqtisodiyot rivojlanishini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichdir. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida sanoat tuzilmasini optimallashtirish va raqamli texnologiyalarni qo‘llash o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bu nafaqat an’anaviy tarmoqlarning raqamlashuvi va intellektini oshiribgina qolmay, balki raqamli iqtisodiyot rivojiga yangi kuch-quvvat bag‘ishlaydi va ishlab chiqarish ko‘lamini yanada kengaytiradi.[4] Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi mintaqaviy omillardagi shahar darajasi, iqtisodiy rivojlanish holati, sanoat tuzilmalari darajasi, texnogiyalarga ochiqlilik darajasi, fan va texnologiya darajasi ijobiy rol o'ynaydi.[5] Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda institutsional va siyosiy omillarni ta’sirini e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Qonun ustuvorligi va ta’lim tizimlari internetning qamroviga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.[6] Rivojlanishga ta'sir ko'rsatadigan ichki omillar asosan raqamli infratuzilma darajasi, raqamli ko’nikmalar holati va raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar, ommalashtirish va qo'llashni o'z ichiga oladi. Ular orasida raqamli infratuzilmani rivojlanishining asosi hisoblanadi. Raqamli infratuzilma qanchalik yaxshi bo'lsa, rivojlanish uchun shunchalik qulay bo'ladi. Oyeyinka va Lal (2005) 1995 yildan 2000 yilgacha bo'lgan ma'lumotlarga aso

Доказательный фрагмент

«Jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o‘sishi butun iqtisodiyotning ulushida yuqori ekanligi, raqamli muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o‘sishi butun iqtisodiyotning ulushida yuqori ekanligi, raqamli muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
человеческий капитал, политика цифровизации, innovation, инновации, правовая среда, huquqiy muhit, raqamli iqtisodiyot, цифровая инфраструктура, digital infrastructure, digital technologies, inson kapitali, digital economy, raqamli infrastruktura, цифровые технологии, цифровая экономика, raqamli texnologiyalar, innovatsiya, digitalization policy, raqamlashtirish siyosati, legal environment, human capital
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники