Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YURAK GLIKOZIDLARINI O’ZIDA SAQLOVCHI O’SIMLIKLARNI BIOLOGIK FAOL MODDALARINI O‘RGANISH
Vaqqosova Sh · Ismoilova M · Axmedova Z.Q
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Study of biologically active compounds in some plants containing cardiac glycosides and get acquainted with their use in medicine and other features. Key words: Folia digitalis, Digitalis purpurae, digitalis grandiflora; cowtails, Scrophulariaceae, Digitalis purpurae Kirish: Angishvonagul bargi – Folia digitalis ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor barchasi zaharli o’simliklardir. Angishvonaning poyasi tikka uzunligi 40– 150 sm. Qizil angishvona va sariq angishvonaning bargidan purpurea A, purpurea B, digitoksin, gitoksin va yurak kasalliklariga qarshi ishlatiladigan boshqa glyukozidlar olinadi. O’simlikning nomi. Angishvonagul o’simligining quyidagi ikki turidan foydalanilanadi: qizil angishvonagul – Digitalis purpurae va yirik gulli angishvonagul – digitalis grandiflora; sigirquyruqdoshlar - Scrophulariaceae oilasiga mansub o’simlik. Qizil angishvonagul ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, bo’yi 30-120 sm ga yetadi. Ildizidan birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar, ikkinchi yili esa poya o’sib chiqadi. Poyasi bitta yoki bir nechta tik o’suvchi bo’lib, tuklar bilan qoplangan. Ildizoldi barglari cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, to’mtoq tishsimon qirrali, uzun bandli 292 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 2 bo’lib, uzunligi 12 -25 sm. Poyaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, uzunligi 12-20 sm. Barg poyasining yuqori qismiga chiqqan sari kichiklashadi, bandi esa qisqara boradi. Poyaning hamma qismidagi barglari to’mtoq tishsimon qirrali, barg bandi esa qanotli bo’ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to’q yashil, pastki tomoni esa kulrang, sertuk, to’rsimon tomirlangan. Barg plastinkasining pastki tomonidagi tomirlari juda yaxshi taraqqiy etgan, ular aniq bilinib turadigan mayda to’r hosil qiladi. Barg plastinkasi pastki tomoning sertuk bo’lishi va tomirlarining o’ziga hos to’r hosil qilishi bu o’simlikning asosiy xarakterli belgilaridan biridir. Gullari egilgan bo’lib, bir tomonli shingilga to’plangan. Gulkosachasi qo’ng’iroqsimon, asos qismiga qadar 5 bo’lakka qirqilgan. Tojbargi 5 ta, angishvonasimon yoki naychasimon – qo’ng’iroqsimon birlashgan, pastki qismi ingichkaroq, usti qizil, ichi oq, ikki labli, yuqori labi sal qirqilgan 2 bo’lakli, pastki labi 3 bo’lakli bo’lib, to’toq uchburchak shakliga ega. Otaligi 4 ta, onalik tuguni 2 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – ikki xonali, ko’p urug’li ko’sakcha. Iyun – iyul oylarida gullaydi, urug’i iyul – avgust oylarida yetiladi. O’simlikning hamma qismi zaxarli! Yirik gulli angishvonagul ko’p yillik, bo’yi 40-100 sm ga yetadigan o’t o’simlik. O’simlikda birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar, ikkinchi yili esa poya hosil bo’ladi. Poyasi tik o’suvchi, shoxlanmagan. Bargi lansetsimon yoki cho’ziq lansetsimon, o’tkir uchli , bir oz o’tkir arrasimon qirrali. Poyaning pastki qismidagi barglari keng qanotsimon bandli, yuqori qismidagilari esa bandsiz. Barg plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangga bo’yalgan. Tuklar bargning pastki tomonidagi tomirlar bo’ylab joylashgan. Barg uzunligi 7-25 sm, eni 2-6,5 sm, tomirlari kam shoxlangan. Gullari egilgan bo’lib, bir tomonli shingilga to’plangan. Gullari sariq, gulkosachasi 5 bo’lakli, tojbargi 5 ta, birlashgan – angishvonasimon. Mevasi – ko’p urug’li, ikki xonali ko’sakcha. Iyun – iyul oylarida gullaydi. Kimyoviy tarkibi. Angishvonagul o’simligining hamma qismi tarkibida yurak glikozidlari bo’ladi. Qizil angishvonagul o’simligining bargida purpureaglikozid A, prupuraglikozid B, 0,25-0,3% digtoksin, gitoksin, 0,11% gitaloksin va boshqa yurak glikozidlari bor. Purpureaglikozid A ferment ta’sirida glyukozaga va digitoksin glikozidiga, digitokzin glikozidi esa kislota ta’sirida 3 molekula digitoksozaga va digitoksigenin aglyukoniga parchalanadi. Shuningdek, purpureaglikozid B glyukozaga va gitoksin glikozidiga, so’ngra 3 molekula digitoksozaga hamda gitoksigenin aglikoniga parchalanadi. O’simlik urug’i tarkibida digitalinum verum, gitoksin va boshqa yurak glikozidlari bo’ladi. 293 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 2 Barg va urug’ tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari, steroid saponinlar, flavonoidlar hamda organik kislotalar bor. Qo’llanilishi. Angishvonagul o’simliklarining preparatlari yurak porogi hamda yurak kompensatsiyasi buzilishi natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishini, gipertoniya va yurakning tebranuvchi aritmiyasini davolashda ishlatiladi. Ular strixnin, kofein va kamfora bilan birlikda og’ir yuqumli kaslliklardan keyingi yurak va qon tomirlarining zaralanishidan kelib chiqqan yurak faoliyati susayishini davolashda ishlatiladi. Angishvonagul o’simligining bargi, glikozidlari, shuningdek bargdan tayyorlangan preparatlar kumulyats
Доказательный фрагмент
«Study of biologically active compounds in some plants containing cardiac glycosides and get acquainted with their use in medicine and other features.»
Образец извлечения
Демо-превьюStudy of biologically active compounds in some plants containing cardiac glycosides and get acquainted with their use in medicine and other features. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Folia digitalis, Digitalis purpurae, digitalis grandiflora, cowtails
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026