МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ СОВРЕМЕННЫХ МОДЕЛЕЙ МЕХАНИЗМА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ
MODELLARINING QIYOSIY TAHLILI · МЕХАНИЗМА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ · GOVERNANCE MECHANISM · Ibragimova Saodat Abdumoʻminovna, professor · I.Karimov nomidagi TDTU · Abdulazizov Feruzbek Dilshodbek oʻgʻli
Interpretation and researches · 1 · 175-176 · 2026
Аннотация
The article analyzes the system of corporate governance and the organizational and economic mechanism of corporate governance in joint-stock companies, the main models of corporate governance, theories and concepts underlying them, considers a comparative classification of insider and outsider corporate governance models, identifies existing trends and evaluates the possibility of convergence of corporate governance models in perspective. 156 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Keywords: Corporate governance, corporate governance models, organizational and economic mechanism, outsider, insider, shareholder, management, board of directors, supervisory board, corporate control, investor, stakeholders, convergence. Bugungi globallashuv davrida jahon iqtisodiyotida korporativ boshqaruv mamlakat ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri boʻlib, hozirda ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda takomillashib bormoqda. Chunki mamlakat korporativ sektorini fond bozoriga mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb qilgan holda rivojlantirish kompaniyalardan xalqaro standartlarga mos darajadagi korporativ boshqaruvni talab qiladi. Qolaversa, jahon hamjamiyati tomonidan iqtisodiy rivojlanishning omili sifatida XIX asrda tadbirkorlik, XX asrda - menejment e'tirof etilgan boʻlsa, XXI asrda mamlakat iqtisodiy rivojlanishini aynan korporativ boshqaruv belgilab berishi tan olingan. Korporativ boshqaruv hozirgi kunga kelib korxonalarni boshqarishning nafaqat zamonaviy falsafasiga, balki samaradorlikni ta'minlaydigan muhim texnologiyasiga aylanib ulgurdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan oʻgkazilgan tadqiqotlarga koʻra, mulkchilik tuzilmasi zich jamlangan mamlakatlarning jahon bozor kapitallashuvidagi ulushi oxirgi yillar ichida 20% dan 34% oshgan, bunga asosan rivojlanayotgan mamlakatlar kapital bozorlarining keskin taraqqiy etishi sabab boʻlgan. Shuning uchun, mamlakat korporativ boshqaruv tizimining sifati uning korporativ sektori raqobatbardoshligi va dinamik rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Korporativ boshqaruvning zamonaviy konsepsiyasi mohiyatan ancha keng boʻlib, buni quyidagi 1-jadvalda koʻrish mumkin. 1-jadval. “Korporativ boshqaruv” atamasiga ta'riflar Mualliflar Korporativ boshqaruv – bu: Cochran and Yuqori menejment, aksiyadorlar, direktorlar kengashlari va Warwick (1988) boshqa korporativ manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlardan kelib chiqadigan oʻziga xos masalalarni qamrab oluvchi atama Shleifer and Moliyaviy ta'minotchilarning investisiyalari uchun daromad Vishny (1997) olishni ta'minlash yoʻllari La Porta, Silanes Tashqi investorlar (aksiyadorlar) oʻzlarini ichki and Shliefer (2000) investorlardan (menejment) himoya qiladigan tizim Oman (2001) Xususiy va davlat muassasalariga taalluqli atama boʻlib, korporativ menejerlar va manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi munosabatlarni boshqarishning qonunlari, tartibga solish va biznes amaliyotlarini qamrab oladi D.Suyunov (2006) Korporativ mulkdorlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qiluvchi amaldagi boshqaruv me'yorlari hamda ma'lum bir tamoyillari asosida korxona maqsadiga erishish 157 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 1 (47) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 uchun amalga oshiriladigan harakatlar majmuidir Sh.Zaynutdinov va Manfaatdor shaxslarning daromad olish maqsadida D.Raximova birgalikdagi harakatlaridir (2007) Shunga qaramasdan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) korporativ boshqaruvga oddiygina qilib “Tashkilotlar boshqariladigan va nazorat qilinadigan tizim” sifatida ta'rif beradi. Korporativ boshqaruv modellari yoki tizimlari ilmiy munozaralar uchun yana bir muhim mavzu hisoblanadi. Hozirda jahon amaliyotida turli mamlakatlar doirasidagi kompaniyalarda korporativ boshkaruvning bir qancha modellari qoʻllaniladi. Korporativ boshqaruvning Kontinental Evropa va anglo-sakson modellari ikki bazaviy modellar hisoblanib, qolgan modellar ma'lum ma'noda shu ikki modeldan kelib chiqqan degan qarashlar mavjud. Masalan, korporativ boshqaruvning islomiy modeli (Islamic model) steykxolder (Kontinental Evropa) modeliga moslashtirilgan boʻlib, anglo-sakson modelining eng yaxshi amaliyotlarini oʻzida mujassamlashtirgan hamda asosiysi shariat tamoyillariga asoslangan model hisoblanadi. Shuningdek, ayrim tadqiqotchilar tomonidan korporativ boshqaruvning yapon modelini Kontinental Evropa modeli sifatida koʻrsatish holatil ham uchrab turadi. Amaliy jihatdan qaralganda ham koʻplab mamlakatlar oʻzlarining korporativ boshqaruv tizimlarini (modellari) anglo-sakson (shareholder) yoki Kontinental Evropa (stakeholder) modeli sifatida, yoxud gibrid model sifatida qayd etadilar. Jahon amaliyotida korporativ boshqaruvning uch asosiy modelini ajratishadi: Anglo- Amerika modeli, kontinental Evropa modeli (yoki Germaniya modeli) va Yapon
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the system of corporate governance and the organizational and economic mechanism of corporate governance in joint-stock companies, the main models of corporate governance, theories and concepts un…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the system of corporate governance and the organizational and economic mechanism of corporate governance in joint-stock companies, the main models of corporate governance, theories and concepts un… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Corporate governance, corporate governance models, organizational, konvergensiya., tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, autsayder, Korporativ boshqaruv, insayder, investor, menejment, aksiyador, kuzatuv kengashi, manfaatdor tomonlar, direktorlar kengashi, korporativ boshqaruv modellari, korporativ nazorat
Смежные источники
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИЛутвия Сулейман кызы Аскерзаде2022
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеНазарова Шаҳло2017