К содержанию
РецензированоRU2025

BUXORO AMIRLIGIDA DASTLABKI ARXIVLARNI SHAKLLANISHI

Muyiddinov Bekali

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article discusses the history of the formation and development of archival documents in the Bukhara Emirate, their study by local and foreign researchers. Keywords: Bukhara Emirate, Qoshbegi Archive, Russia, Bukhara Council of People's Observers, Khiva, Kokand, Library, Amir Olimkhan, Mirzo Nasrullo, V.V. Bartold, V.L. Vyatkin. ОБРАЗОВАНИЕ ПЕРВЫХ АРХИВОВ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ Аннотация. В статье рассматривается формирование и развитие архивных документов в Бухарском эмирате, а также история их изучения отечественными и зарубежными исследователями. Ключевые слова: Бухарский эмират, Архив Кошбеги, Россия, Бухарский совет народных наблюдателей, Хива, Коканд, Библиотека, Амир Олимхан, Мирзо Насрулло, В.В. Бартольд, В.Л. Вяткин. 1920-yil 2-sentyabrda Buxoro amirligi Rossiya qo’shinlari hujumi tufayli ag’darildi. Amirlikdagi asori-atiqalar, amir xazinasi, turli boyliklar, nodir kitoblar Markazga jo’natildi. Biroq, Buxoro amirlining arxivi ark yerto’lasida saqlanib qolgan edi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi I-126-jamg’armada saqlanayotgan Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan “Qo’shbegi arxivi” XIX – XX asr boshlarigacha bo’lgan davrni qamrab oladi va ulardagi ma’lumotlar, asosan, Buxoro amirligiga oiddir. Qo’shbegi arxivining mavjudligi Xiva va Qo’qon xonligi arxivi ochilgunga qadar, “O’rta Osiyo xonliklarida hech qanday arxiv bo’lmagan” kabi e’tirozlarga o’rin qoldirmaydi. Bu arxivlarning 1930-yildan keyin ochilishi natijasida, nafaqat Buxoro amirlgida, balki O’rta Osiyo mintaqasida xonliklarda XIX – XX asr boshlaridagi davlatchilik tarixiga oid qimmatli yozma manbalar vujudga keldi. Natijada, ushbu yozma 7 19 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ manbalar orqali hujjatlardagi ma’lumotlarni to’ldirish, ayrim sohalarni qayta ko’rib chiqish imkoniyatlari ham tug’ildi. 1931-yilda Buxoro muzeyi xodimlari tomonidan Ark yerto’lasidan topilgan Qo’shbegi arxivi 1933-yilda Toshkentga – Markaziy davlat arxiviga olib kelingan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ma’naviy ishlar noziri Musojon Saidjonov tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra Buxoro amirligida ikki turdagi arxiv hujjatlari mavjud bo’lib, ular: 1) amirlik devonxonasi arxiv hujjatlari; 2) Buxoro amirligi qo’shbegisi arxividan iborat bo’lgan. Amirlik devonxonasi arxiv hujjatlarini hukmdorlar o’z qarorgohlarida saqlagan. Masalan, amir Muzaffar ularni Shirbudunda saqlangan bo’lsa, uning o’g’li Abdulahad arxiv hujjatlarini o’zi bilan Karmanadagi qarorgohiga olib ketgan edi. Amir Olimxon davrida esa hujjatlar Buxoro shahriga olib kelingan. Amir devonxonasiga parvonachi javobgar bo’lgan. Tadqiqotchi M.A. Abduraimovning fikriga ko’ra Buxoro amirligi devonxonasi hujjatlari Buxoro bosqini vaqtida qizil askarlar tomonidan olib ketilgan va uning keyingi taqdiri noma’lumligicha qolib ketgan. Bugungi kunga kelib, O’zbekiston Respublikasi MDAning “Buxoro amirligi qo’shbegi boshqarmasi” I-126 fondida Buxoro amirligi devonxonasi arxiviga tegishli 5000 ga yaqin hujjat saqlanib, ularning hammasi qo’shbegi nomiga yuborilganligi uchun qo’shbegi arxivi hujjatlari tarkibiga kiritilgan. Buxoro amirligi Qo’shbegi arxivi o’z davrining ilg’or kishisi bo’lgan qo’shbegi Mirzo Nasrullo davri (1910–1917yy.)dan boshlab tizimlashtirib, tartibga solinib ikki qismga: ichki va tashqi (xorijiy) ishlarga doir hujjatlarga bo’lingan. Hujjatlar yerto’lada sandiqlarda saqlangan. Biroq, undan keyingi qo’shbegi. Usmonbek hujjatlarni saqlashga sovuqqonlik bilan yondashgani to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Buxoro amirligi sovet hokimiyati tomonidan bosib olinishi vaqtida militsiya va ChK organlari tomonidan Ark yerto’lasidan bir necha hujjatlar saqlangan sandiqlarni topganlar. Hujjatlarning bir qismi tokchalar va yerda yotgan bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra mazkur hujjatlar amir amaldorlari tomonidan tashlab ketilgan davlat hujjatlari bo’lgan. Nazorat organlari ushbu hujjatlarni tartibsiz hamda hech qanday ro’yxatsiz qutilarga joylab, Buxoro Xalq Nozirlar Kengashiga yuborgan. Ushbu hujjatlar BXSR tashqi ishlar nozirligi binosining yerto’lasida O’zSSR tuzilgunga qadar saqlangan. 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanish paytida Muso Saidjonov raisligida hujjatlarning ma’lum qismi dalolatnoma tuzilib, Buxoro Davlat kutubxonasiga topshirilgan. Dalolatnomaga 69 ta bog’lam, 52 ta daftar, 50 ta kitob shaklida sharq hujjatlari kiritilgan. Davlat kutubxonasida saqlanib kelingan qo’shbegi arxivining bir qismi M.R. Hakimov tomonidan tartibga solingan. 1932-yil 1-dekabrida Kutubxona Sharq sho’basi vakili Nurullaev tomonidan Buxoro viloyat arxiv byurosiga topshirilgan. 7 20 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keyinchalik Buxoro viloyat arxiv byurosi mudiri Haydarov yuqoridagi hujjatlarga qo’shimcha tarzda qo’shbegining yana ikki daftarini Buxoro Davlat muzeyiga topshirgan. Arxivning ikkinchi qismi Buxoroda sovet hukumati o’

Доказательный фрагмент

«This article discusses the history of the formation and development of archival documents in the Bukhara Emirate, their study by local and foreign researchers.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the history of the formation and development of archival documents in the Bukhara Emirate, their study by local and foreign researchers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara Emirate, Qoshbegi Archive, Russia, Bukhara Council of People's, Xiva, Rossiya, V.V. Bartold, Qo’qon, Qo’shbegi arxivi, V.L. Vyatkin., Mirzo Nasrullo, Buxoro amirligi, Buxoro Xalq Nozirlar Kengashi, Kutubxona, Amir Olimxon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники